6.3 Belarus Respublikasida auditorlik faoliyati
Belarus Respublikasida auditorlik faoliyati 1994 yil 8 noyabrda Respublika
Oliy Kengashida qabul qilingan “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Belarus
Respublikasi qonuni (2007 yilda 25 oktyabrda tuzatish, o’zgartirish va
qo’shimchalar kiritilgan), milliy audit standartlari, Belarus Respublikasi Moliya
vazirligining auditorlik faoliyati qoidalarining qayta ishlangan shakllariga muvofiq
zamonaviy sharoitlarda amalga oshirilmoqda.
Qonunga ko’ra, auditorlik faoliyati – buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlari,
buxgalteriya hisobi va tashkilotning boshqa hujjatlarini mustaqil tekshirish
bo’yicha faoliyat bo’lib, qonunchilikning tegishli moliyaviy (xo’jalik) operatsiya
va ishonchli buxgalteriya (moliyaviy) fikrlarini ifodalash maqsadida, xo’jalik
guruhi, bank guruhi, bank xoldingi, oddiy sherikchilik (birgalikda faoliyat yuritish
bo’yicha qatnashchilar kelishuvi), yakka tadbirkorlar kabi ularni alohida qismlarga
112
ajratish, zaruriyat yuzasidan va yoki faoliyat yuzasidan buxgalteriya (moliyaviy)
hisobotlarida aks etishi kerak.
Auditorlik tashkilotlari va auditorlar Respublikada auditorlik faoliyati
sub’ektlari sanaladi. Auditor mavjud qonunchilikka muvofiq oliy iqtisodiy yoki
huquqiy ma’lumotga ega va uch yildan kam bo’lmagan mos keluvchi
mutaxassislik bo’yicha ish staji, shu bilan birga malakani belgilovchi talablarga,
auditorlar uchun o’rnatilgan qonunchilikka va auditorik sertifikatiga ega bo’lgan
jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin.
Ayni vaqtda banklar, moliya-kredit tashkilotlarida tashqi auditni amalga
oshirish uchun Belarus Respublikasi Milliy Banki tomonidan berilgan va sug’urta
tashkilotlarida tashqi auditini olib borish uchun esa Belarus Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan beriladigan sug’urta tashkilotlarida auditorlik faoliyatini olib
borish uchun qo’shimcha litsenziya zarur bo’ladi. Auditorlik faoliyatini
litsenziyalash, shu jumladan, auditorlik faoliyatida litsenziyalarni to’xtatish va
bekor qilish “Litsenziyalash to’g’risida”gi qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
Auditor auditorlik tashkilotining xodimi (fuqarolik-huquqiy kelishuv asosi
bo’yicha audit o’tkazishga jalb qilingan holda yoki tashkilot shtatida bo’lgan
holatda), yakka tadbirkor sifatida ham faoliyat olib borish mumkin. So’nggi
holatlarda, auditor, umumiy talablar bilan bir qatorda sertifikatdan tashqari
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda Belarus Respublikasi Moliya vazirligining
litsenziyasini olishi lozim.
Auditorlik faoliyatini auditorlik tashkiloti ham amalga oshirishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti – tijorat tashkiloti ham bo’lib, auditorlik faoliyatini amalga
oshirish bilan bir qatorda audit xizmatini ko’rsatishi mumkin. Amaldagi
qonunchilikka muvofiq auditorlik tashkilotida shtatlar uchta auditordan kam
bo’lmasligi kerak. Bundan tashqari auditorlik tashkilotining 50 % xodimlari tarkibi
Belarus Respublikasida doimiy yashayotgan respublika fuqarolaridan tashkil
topishi kerak, auditorlik tashkiloti boshqaruvchisi xorijiy fuqaro bo’lgan hollarda -
75% dan kam bo’lmasligi kerak. Auditorlik tashkilotlari boshqaruvchilari auditor
sertifikatiga ega bo’lgan istalgan jismoniy shaxs bo’lishi mumkin.
113
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini amalga oshirishda, o’z faoliyatini
amaldagi qonunchilikka muvofiq Belarus Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Auditorlik tashkilotlari va auditor – yakka tadbirkorlarga auditorlik faoliyati,
hamkorlikda audit xizmatini ko’rsatish, o’qituvchilik va ilmiy faoliyatdan tashqari
boshqa tadbirkorlik ko’rinishidagi faoliyat bilan shug’ullanish ta’qiqlanadi.
Sudlangan, qonunlarda belgilangan tartiblarni buzgan shaxslar auditorlik
faoliyatini olib borish huquqiga ega emas.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti – litsenziya berish
haqidagi moliya vazirligining qaror qabul qilishi uchun auditning barcha
sub’ektlari davlat auditorlik tashkilotlari va auditorlar ro’yxatidan o’tishi kerak.
Banklar va bank bo’lmagan moliya-kredit tashkilotlarida auditorlik faoliyatini
amalga oshirish uchun litsenziya oluvchi auditorlar va auditorlik tashkilotlari
haqida ma’lumot Belarus Respublikasi Milliy bankidan olgan axborotlar asosida
Moliya vazirligi tomonidan auditorlar va auditorlik tashkilotlari Davlat ro’yxatiga
kiritiladi. Auditorlar va auditorlik tashkilotlari o’z vazifasini bajarish davomida
idoraning buxgalteriya hisobi, hisobotning tuzilishiga, tashkilotdagi tartib-qoida,
instruktiv materiallarga, me’yoriy hujjatlarga, qonunchilikning boshqa rasmiy
hujjatlariga, ishlab chiqarish xo’jalik sub’ektlari va moliyaviy-iqtisodiy
masalalarga tayanib ish ko’radi.
Belarus Respublikasi qonunchiligiga binoan auditorlik faoliyatiga davlat
boshqaruvini Belarus Respublikasi prezidenti, Vazirlar Kengashi, Moliya
Vazirligi, Milliy bank va vakolatga ega bo’lgan boshqa tashkilotlar amalga
oshiradi.
Davlat boshqaruvi bilan auditorlik faoliyati topshiriqlarini bajarish uchun,
auditor davlat boshqaruvi bo’yicha majburiyat Belarus Respublikasi Moliya
vazirligiga yuklanadi. Vazirlik tizimida 1988 yil 8 oktyabrdan Bosh audit
boshqarmasi tashkil etildi. Hozirgi kunda – Audit boshqarmasi deb nomlanadi.
Belarus Respublikasi Prezidenti auditorlik faoliyati davlat boshqaruvida
umumiy tartib o’rnatadi. Belarus Respublikasi Prezidentining 28.07.1999 yilgi №
114
30 farmoni bilan Belarus Respublikasida auditorlik faoliyati davlat boshqaruvi
tartibiga o’zgartirish kiritildi. Bu farmon auditorlik faoliyati davlat boshqaruvi
vakolatini jamoat tashkilotlari (Auditorlik palatasi)dan Belarus Respublikasi
Moliya vazirligiga o’tkazdi.
Bugungi kunda auditorlik faoliyati mavjud qonunlar asosida boshqariladi.
Mazkur qonunlarda majburiy audit olib borishi lozim bo’lgan tashkilotlar
belgilangan. 25.06.2007 yilgi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunning 22-
moddasida auditorlik faoliyati davlat boshqaruvi sohasida Moliya vazirligining
vakolati aniq ko’rsatilgan. Tegishli moddalarga muvofiq Moliya vazirligi:
-
Audit metodologiyasini ishlab chiqadi;
-
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar
qabul qiladi;
-
Auditorlik faoliyatining davlat qoidalarini o’rnatadi (Bank va bank
bo’lmagan moliya-kredit tashkilotlarida auditorlik faoliyatidan tashqari);
-
Auditorlarni attestatsiyadan o’tkazadi;
-
O’z vakolati doirasida auditorlik faoliyati qonunchiligi to’g’risida
tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;
-
Auditorlik faoliyati, litsenziya bo’yicha talablar va shartlarni amalga
oshirishni nazorat qiladi;
-
O’rnatilgan tartibda auditorlik tashkilotlari va auditorlarni davlat ro’yxatiga
kiritadi.
Qonunchilikda o’rnatilgan tartibda auditorlik faoliyati masalalari bo’yicha,
xalqaro tashkilotlarda, Belarus Respublikasi manfaatlarini Moliya vazirligi himoya
qiladi. Mazkur vazifani bajarish uchun Moliya vazirligi tarkibida Audit
boshqarmasi shakllantirilgan. Moliya vazirligida vazifalarni sifatli bajarish uchun
auditorlik faoliyati bo’yicha Metodologik kengash tashkil etilgan.
Xalqaro auditorlik tashkilotlari, xorijiy davlatlar auditorlari va auditorlik
tashkilotlari bilan audit sohasida moliya vazirligi Belarus Respublikasi
qonunchiligini takomillashtirish va unifikatsiyalash maqsadida hamkorlikni amalga
oshiradi.
115
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunning 23-moddasida auditorlik
faoliyati davlat boshqaruvi sohasida Milliy bank vakolatlari aniqlab berilgan.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya berish va faoliyatini
uzaytirish auditorlik faoliyatini litsenziyalash to’g’risidagi qarorda ko’rsatib
o’tilgan. 12.10.2003 da tasdiqlangan Vazirlar Kengashining 1346-sonli qarorida
auditorlik faoliyatini jismoniy shaxslar va auditorlik tashkilotlari amalga oshirishi
belgilangan. Litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
Auditorlik faoliyati boshqaruvi bo’yicha Belarus Respublikasi qonunchiligida
o’rnatilgan tartib shart va talablariga rioya qilish. Bank sohasida auditorlik
faoliyatini amalga oshirishda litsenziya berish, uzaytirish, to’xtatish va bekor qilish
to’g’risida 02.07.03 dagi Milliy bankning №123 qarorida belgilab qo’yilgan.
Moliya vazirligi malaka sertifikatini jismoniy shaxslarga imtihondan so’ng,
yuridik shaxslarga esa suhbat o’tkazilganidan so’ng beradi.
Birinchi imtihonda quyidagi sohalar qamrab olinadi:
Buxgalteriya hisobi va hisobot, xo’jalik faoliyati tahlili, tashqi iqtisodiy
faoliyat va valyuta operatsiyasi, qimmatli qog’ozlar va qimmatli qog’ozlar bozori,
soliq va boshqa majburiy to’lovlar, davlatning maqsadli byudjet fondi.
Ikkinchi imtihonda quyidagi sohalar qamrab olinadi:
Belarus Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solish, auditorlik
faoliyati qoidalari, auditorlik tekshiruvi o’tkazish va auditorlik xizmati ko’rsatish
metodikasi, mehnat va mulk munosabatlari boshqaruvining huquqiy asoslari,
davlat mulkini xususiylashtirish, mulklarni baholash.
Dostları ilə paylaş: |