158
-
mijoz professional me’yorlariga qarama-qarshi ravishda auditorga nisbatan
harakatda bo’lsa.
8.
Soliq munosabatlari
. Mijoz uchun eng ko’p qulaylik rejimini yaratish
soliqqa tortish sohasida kasbiy xizmat ko’rsatuvchi
auditorning vazifasi
hisoblanadi. Taqdim etiladigan xizmatlar kasbiy bilimdonlik bilan amalga
oshirilishi, hech qanday vaziyatda halollik va xolislik
tamoyillarini buzmasligi
kerak. Auditor soliqqa tortishning hamma sohalari bo’yicha qonunchilikka rioya
etishi zarur: o’zining yoki boshqa shaxslarning
manfaatidan kelib chiqib,
daromadlarni oshirmasliklari lozim.
Professional xizmat ko’rsatish davrida auditor mijozning qiziqishlari bo’yicha
ish olib boradi. Shunday holatda auditor mijozning soliqlarni to’lash va soliq
inspektsiyasini aldash bo’yicha hatti-harakatlariga qonunchilik
nuqtai-nazaridan
javob berishi lozim.
Majburiy audit davomida auditor soliqqa tortish bo’yicha xatoliklarni
aniqlasa, mijoz tashkilotning rahbariyatiga va ichki nazorat bo’limi (taftish
komissiyasi) ga xatolarni to’g’rilash bo’yicha yozma ravishda ma’lumot
berishi
lozim. Auditor soliq bo’yicha har qanday ko’rsatmalarni faqat yozma ravishda
berishi lozim.
9.
Dostları ilə paylaş: