Akseleratsiya nazariyalari. Glossary Individuallik - insonning individ, faoliyat sub’ekti va shaxs sifatidagi betakror xususiyatlari tizimidir. Individuallikning mavjud bo’lishi insonning ta’lim, tarbiya, u bilan faol munosabatidagi individual yondashuvining asosi hisoblanadi. «Har bir kishigacha yetib borish» - bunday yondashuvning idealidir. Individuallikni inkor etish (nodonlik, ishonch yoki kam anglangan harakat tufayli, masalan, texnik yoki umumilmiy g`oyalarning oddiy formulalariga sig`inish oqbatida) zaruriy tarzda bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi (shaxslararo va shaxslar ichidagi keskinlik, ixtirolar, ruhiy jarohatlar, nizolar ishtirok etganlarning asabiy holatlari va ta’lim, tarbiya, mehnatdagi past samaradorlik natijalari sifatida).
Intellekt, aql – inson hayoti davomida bilish faolligiga tegishli bo’lgan barqaror o’ziga xos va rivojlanib boruvchi xususiyatlar va sifatlar tizimi, uning ichki va tashqi hayotiy holatlar, jumladan, ijtimoiy muhitda ham oqilona mo’ljal ola bilishdir. Odatda sub’ektning faoliyat sohasiga bog`liq holda sotsial intellekt, texnik intellekt, gumanitar intellekt, verbal, ya’ni og`zaki, noverbal intellektlarni farqlashadi.
Ilmiy psixologiya – inson va hayvon psixikasi taraqqiyoti, paydo bo’lish va mavjud bo’lishi qonuniyatlarini aniqlashda foydalaniladigan texnologiya va murakkab tarmoqlangan belgilar tizimidir. Ilmiy psixologiyaning asosiy vazifasi – yangilikni aniqlash emas, balki bir tomondan ishonarli bilimlari egallash, boshqa tomondan esa, qaysi o’rinda ular ishonarli, qay holda esa yolg`on va noaniq ekanligini ayniqlashdan iboratdir.
Ijtimoiy ustanovka - shaxsning atrof muhitida sodir bo’layotgan ijtimoiy xodisalarni, ob’ektlarni, idtimoiy guruxlarga ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o’rnatishga ruxiy ichki hozirlik sifatida odamlardagi dunyoqarashni ham o’zgartirishga aloqador kategoriya.
Inson– tushunchasiga aniq tarif berish uchun olamda mavjud bo’lgan boshqa biologik mavjudodlardag ajralib turuvchi eng muxim xususiyatlarni aniqlash zarur.
Insonporvarlik– gumanizm odamlarga mehr – muxabbat bilan qarash, ularni xurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilardayuksak ma’naviy fazilatlarni rivojlantirishga g`amxo’rlik qilish g`oyalari bilan sug`orilgan dunyoqarash.