Aksioma. Metrologiyaning asosiy postulatlari


- Aksioma. O‘lchash amalidan olingan natija tasodifiydir



Yüklə 29,03 Kb.
səhifə3/3
tarix07.05.2023
ölçüsü29,03 Kb.
#109241
1   2   3
Metrologiya toʻgʻrisidagi, standartlashtirish toʻgʻrisidagi, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi oʻzr qonuni boʻyicha tushunchalar berish.

3- Aksioma.
O‘lchash amalidan olingan natija tasodifiydir.
Bir uchi ochilmagan qalam olamiz va shu qalamning 10 marta chizg‘ich yordamida uzunligini aniqlaymiz. Natijalarni yozib boramiz. SHunda eng kami bilan ikki yoki uch marta olgan qiymatlarimiz boshqacharoq bo‘ladi. Xo‘sh, nima uchun bunday bo‘lyapti? Axir ob’ekt va sub’ekt o‘zgargani yo‘q-ku!
Bu narsa tasodifiylik degan tushuncha bilan bog‘liq. Bu tushuncha xususida bir oz keyin izoh beriladi.
Biz yuqorida qayd etilgan aksiomalarni faqat oddiygina o‘lchashlar vositasida tushuntirishga harakat qildik. Agar nisbatan murakkabroq o‘lchashlarga o‘tadigan bo‘lsak bu aksiomalarning kuchini yaqqolroq sezishimiz, ko‘rishimiz va anglashimiz mumkin bo‘ladi.
Metrologiyaning asosiy postulatlari
Ushbu mavzuni ko‘rib chiqishdan oldin birgalikda oddiygina bir tajriba qilib ko‘ramiz:
Bir dona chiroyli olma olamiz (haqiqiy, iste’mol qilinadigan olma). Uni biror bir tarozida, masalan savdo do‘konlaridagi o‘lchash tarozisida tortib ko‘ramiz. Aytaylik massasi 74 g chiqdi. So‘ngra uni kattaroq, masalan qoplangan mahsulotlarni tortadigan erga qo‘yiladigan tarozida o‘lchab ko‘ramiz. Endi olgan qiymatimiz 75 g. Keyin xuddi shu olmani yuk avtomobillarining massasini (10 tonnagacha) o‘lchaydigan katta tarozida o‘lchaymiz. Bu tarozi olmaning massasi yo‘q deb uning og‘irligini sezmaydi. Endi oxirgi tajriba, olmani bir necha bo‘laklarga bo‘lib, laboratoriya tarozisida har bir bo‘lakni tortamiz va yakuniy natijani hisoblaymiz. Olingan qiymatimiz quyidagicha bo‘lishi mumkin - 74,3718 g. Qaranga, to‘rt xil o‘lchash vositasida to‘rt xil qiymat oldik.
Xo‘sh, qaysi bir qiymatni haqiqiy deb olishimiz mumkin. Aslida, olmaning massasi qanday? Albatta, tajribada ko‘rilayotgan olmaning aynan olingan qiymati mavjud. Bu qiymatni biz chinakam qiymat deb ataymiz.
CHinakam qiymat kattalikni miqdor jihatdan har tomonlama, bekami-ko‘st va butkul tavsiflaydigan qiymat hisoblanadi. Ammo, uni aniq o‘lchash imkoniyati mavjud emas. SHuni ko‘rib chiqamiz:

Xulosa
Kattalikning chinakam qiymatini o‘lchab bo‘lmaydi. Modomiki, chinakam qiymatni o‘lchash imkoni yo‘q ekan, o‘lchash amalida qiymati unga yaqin bo‘lgan va uni o‘rniga ishlatilishi mumkin bo‘lgan boshqa qiymat, ya’ni haqiqiy qiymat qo‘llaniladi. Bu xususda metrologiyaning uchta asosiy postulatlari mavjud:


1-postulat - o‘lchanayotgan kattalikning chinakam qiymati mavjuddir.
2-postulat - kattalikning chinakam qiymatini aniqlash mumkin emas.
3-postulat - o‘lchash amalida kattalikning chinakam qiymati doimiydir.
Tabiiyki, hakiqiy qiymatni qaerdan olamiz degan savol tug‘ilishi mumkin. Yuqorida keltirgan misolimiz bo‘yicha, olmani savdo do‘koni tarozisida bir necha marta takroriy o‘lchab, natijalarning o‘rtacha qiymatini olsak, shu haqiqiy qiymat deb olinishi mumkin.


Yüklə 29,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin