Aksioma. Metrologiyaning asosiy postulatlari



Yüklə 29,03 Kb.
səhifə1/3
tarix07.05.2023
ölçüsü29,03 Kb.
#109241
  1   2   3
Metrologiya toʻgʻrisidagi, standartlashtirish toʻgʻrisidagi, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi oʻzr qonuni boʻyicha tushunchalar berish.

Metrologiya toʻgʻrisidagi, standartlashtirish toʻgʻrisidagi, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi oʻzr qonuni boʻyicha tushunchalar berish.


Reja:

  1. Metrologiyaning aksiomalari

  2. Aksioma.

  3. Metrologiyaning asosiy postulatlari

  4. Xulosa

  5. Adabiyotlar

Metrologiya – so’zi yunoncha so’zdan olingan bo’lib, o’lchash haqidagi fandir, ya’ni o'lchash, o’lchash usullari va vositalarning birligini talab qilingan aniqlikka erishish yo’llarini ta'minlaydigan fan.


Har bir narsaning sifati bo‘lganligi kabi o‘lchashlarning ham sifati va uning mezonlari mavjud. Bu mezonlar qatoriga quyidagilar kiritilgan:
Aniqlik - bu mezon o‘lchash natijalarini kattalikning chinakam qiymatiga yaqinliligini ifodalaydi. Miqdor jihatdan aniqlik nisbiy xatolik moduliga teskari tarzda baholanadi.
Ishonchlilik - o‘lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi mezon hisoblanadi. O‘lchash natijalariga nisbatan ishonchlilikni ehtimollar nazariyasi va matematik statistika qonunlari asosida aniqlanadi. Bu esa aniq holat uchun xatoligi berilgan chegaralarda talab etilgan ishonchlilikdagi natijalarni olishni ta’minlovchi o‘lchash usuli va vositalarini tanlash imkonini beradi.
To‘g‘rilik - o‘lchash natijalaridagi muntazam xatoliklarning nolga yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni.
Mos keluvchanlik - bir xil sharoitlardagi o‘lchashlarning natijalarini bir-biriga yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni. Odatda, o‘lchashlarning mos keluvchanligi tasodifiy xatoliklarning ta’sirini ifodalaydi.
Qaytaruvchanlik - ushbu mezon har xil sharoitlarda (turli vaqtda, har xil joylarda, turli usullarda va vositalarda) bajarilgan o‘lchashlarning natijalarini bir-biriga yaqinligini bildiradi.
O‘lchash xatoligi - o‘lchash natijasini chinakam (haqiqiy) qiymatdan chetlashuvini (og‘ishuvini) ifodalovchi o‘lchashning sifat mezoni.

Yüklə 29,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin