Metrologiya toʻgʻrisidagi, standartlashtirish toʻgʻrisidagi, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi oʻzr qonuni boʻyicha tushunchalar berish.
Metrologiyaning aksiomalari 1-Aksioma. Aprior ma’lumotsiz o‘lchashni bajarib bo‘lmaydi. 1-aksiomani izohlashdan boshlaymiz. Eng avvalo "aprior ma’lumot" nima o‘zi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Aprior so‘zi arriori - oldin keluvchi, dastlabki (lotincha) ma’nosini bildirib, boshlang‘ich, muayyan voqea, voqelik yoki tajribagacha bo‘lgan ma’lumotlar, bilimlar majmuini anglatadi. Bu so‘z bilan ketma-ket keluvchi yana bir tushuncha bor - aposteriori, (a rosteriri) ya’ni keyingi, orqadagi, tugallanuvchi degan ma’nolarni bildiradi. Bu so‘zlarni ilk bora qadimgi grek faylasuflari kiritganlar. Ularning talqinicha, har bir inson anglaydigan ilm, ma’lumot yoki axborot muayyan bir tajribadan, voqelikdan yoki amal (saboq olish, yodlash, o‘qish va shu kabilar) dan so‘ng mujassamlashadi. Hosil qilingan axborot keyingi amallar mobaynida ortib boradi va ma’lum bir davrdagi aposterior ma’lumot aprior ma’lumotga aylanadi.
SHunday qilib, o‘lchashlar nazariyasi nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, muayyan o‘lchashni amalga oshirishdan oldin shu o‘lchashga tegishli bo‘lgan ma’lum doiradagi ma’lumotlar aynan aprior ma’lumotni bildiradi. Agar bizda mana shu ma’lumotlar bo‘lmasa, u holda umuman o‘lchash to‘g‘risidagi tushunchaning o‘zi shakllana olmaydi ham.
Albatta, bu aytilgan gaplar shartlidir, ya’ni hozircha, vaqti kelib 4 yashar bola elektr kuchlanishi u yoqda tursin, hatto EHM qanday tarkibiy birikmalardan tashkil topganligini, ham aytib berib, ko‘z oldingizda shaxsiy kompyuterni yig‘ib berishi ham mumkin.
SHunday qilib, tajriba o‘tkazishdan (o‘lchashdan) oldin bizda aynan shu o‘lchashga tegishli bo‘lgan muayyan ma’lumotlar va ko‘nikmalar bo‘lishi lozim bo‘ladi.
2- Aksioma. Har qanday o‘lchash - taqqoslash (solishtirish) demakdir. O‘lchash degani, sodda qilib aytganda olingan ob’ektda tekshirilayotgan kattalik qanchalik ko‘p yoki kam tadbiq etganligini aniqlash hisoblanadi. Masalan, ko‘z oldimizda turgan ixtiyoriy bir narsani, aytaylik stolni olaylik. Uning tomonlarining uzunligini aniqlash kerak bo‘lsa, bizning ko‘z oldimizga bir metrga teng bo‘lgan uzunlik keladi va unga nisbatan qiyos qilib taxminiy tarzda eni va bo‘yi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Lekin bu shunday tez va g‘ayri oddiy bir tarzda yuz beradiki, biz bu haqda o‘ylashga ulgurmaymiz ham, ko‘z oldimizga keltira olmaymiz ham. Boshqa bir kattalik, masalan, tanavvul qilayotgan ovqatning mazasini ko‘raylik.
Bu kattalik hozircha o‘lchab bo‘lmaydigan kattaliklardan. Uni odatda faqat baholanadi. Baholash esa, individual tarzda bo‘lib muayyan mezon asosida amalga oshiriladi. Bunda mezonlarni soni birdan tortib, bir nechtagacha bo‘lishi mumknn. Masalan, "yaxshi" va "yomon" (2 mezon); "yaxshi", "yomon" va "o‘rtacha" (3 mezon); "yaxshi", "yomon", "o‘rtacha", "juda yaxshi" va "juda yomon" (5 ta mezon) va hokazolar. Agar ovqatning faqat mazasi yoki soddaroq bo‘lishi uchun tuzning yaxshi-yomonligini ko‘rib chiqaylik. Bunda biz xuddi shu kattalikiing (ya’ni tuz mikdorining) yaxshi bo‘lgan qiymatini olamiz va shu qiymatga nisbatan yuqorida yoki pastda bo‘lgan holatga shahodat keltiramiz.