Aksiyodorlik jamiyatlari va ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o’rni


Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlari himoya qilish to’risisda



Yüklə 86,63 Kb.
səhifə4/11
tarix21.06.2023
ölçüsü86,63 Kb.
#133555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aksiyodorlik jamiyatlari va ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o1114542524

Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlari himoya qilish to’risisda


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI AKSIYADORLIK JAMIYATLARI VA AKSIYADORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA


I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR


      1. modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi.
Qishloq xo‘jaligi, bank, investitsiya va sug‘urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat korxonalarini xususiylashtirish chog‘ida aksiyadorlik jamiyatlari tuzish va ular huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
      1. modda. Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy holati


Ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish chog‘ida huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qo‘lga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Jamiyat belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida bankda hisobvaraqlar ochishga haqlidir.
Jamiyat o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan manzili ko‘rsatilgan yumaloq muhriga ega bo‘lishi lozim. Muhrda ayni paytning o‘zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.
Jamiyat o‘z nomi yozilgan shtampi va blankalariga, o‘z timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa o‘z belgi-alomatlariga ega bo‘lishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat qonun hujjatlarida man etilmagan va ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan istalgan faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shug‘ullanishi mumkin. Jamiyat muassislari ta’sis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarinigina sanab o‘tishga haqlidir.

      1. Yüklə 86,63 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin