Aksiyodorlik jamiyatlari va ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o’rni


Bozor munosabatlarida aksiyalarning roli



Yüklə 86,63 Kb.
səhifə10/11
tarix21.06.2023
ölçüsü86,63 Kb.
#133555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aksiyodorlik jamiyatlari va ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o1114542524

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

Bozor munosabatlarida aksiyalarning roli


Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritilishi O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish uchun qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratdi. Bizning diyorimizda bozor munosabatlari yangilik emas. Ming yillar davomida ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan ajoyib mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyoning to‘rt tomonga chiqarib savdogarlik qilgan, mol almashgan.


O‘zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib o‘zimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘limizni belgilash dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi bo‘lib qoldi. O‘zbekiston tanlagan islohot yo‘li ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi.


Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilib dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o‘zining hayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:




iqtisod siyosatdan ustun turib, mafkuraviy tazyiqlarsiz, o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog‘i kerak;


davlat bosh islohotchi o‘rnida bo‘lib, u islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim;


bozor munosabatlariga o‘tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart;


bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o‘tkazish;
ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo‘nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tish evolutsion yo‘l bilan, bosqichma- bosqich amalga oshirilishi zarur.

Yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tish tamoyillari asosida g‘oyat ma’suliyatli va murakkab vazifa-iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning boshlang‘ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir. Bu vazifa markazlashtirilgan, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o‘tishdan iboratdir.


Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko‘ra ustuvor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi.


Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o‘tish davridagi bir-biriga bog‘liq, ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to‘g‘ri keldi: ma’muriy buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning g‘oyat muhim yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berildi:




o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy- huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;


qishloq xo‘jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;


ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish.

Iqtisodiy islohotlarni huquqiy asoslovchi qonun-qoidalar yuridik tashkilotlar va yetuk olimlar tomonidan tayyorlandi va jahonning yirik mutaxassislari tomonidan quvvatlanib tan olindi.


Dastlabki vaqtning o‘zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilingan. Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo‘yicha Prezident huzurida maxsus Idoralararo kengash tuzildi.

Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy shartlaridan biri mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma’muriy buyruqbozlik tizimi buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy mulkdorlarning keng qatlami shakllantirildi va xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali aholining turmush darajasi yaxshilana boshladi.


Dastlabki davrda agrar sohada ham islohotlar amalga oshirildi. Natijada qishloq xo‘jaligida 770 kolxoz va davlat xo‘jaliklari xususiylashtirildi, jamoa va ijara xo‘jaliklariga aylantirildi. Lekin qishloqda bu jarayon sekin va qiyinchliklarni bartaraf etishga to‘g‘ri keldi. I.A.Karimov ta’kidlaganidek, agrar sohadagi byurokratik boshqaruv tizimining har xil to‘siqlari qishloqda islohotning borishiga xalaqit berardi. Mulkning davlat tasarrufidan chiqarish jarayonining birinchi bosqichidagi eng muhim xulosa mulkdorlar sinfining shakllana boshlagani, xususiylashtirish mexanizmining ishlab chiqilishi, iqtisodiy islohotlarga nisbatan kishilar psixologiyasi va munosabatining o‘zgarishi bo‘ldi. Mustaqillik yillari yuz bergan tub o‘zgarishlardan biri mamlakatda ikki yo‘l bilan mulkdorlar sinfi shakllana boshladi. Birinchidan, kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish, ikkinchidan, pul mablag‘larini omonat kassalari yoki banklariga qo‘yish, qimmatbaho qog‘ozlarga aylantirish yo‘li bilan. Iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lgan mulkdor “o‘z boyligini ko‘paytirishdan manfaatdor bo‘libgina qolmay, balki butun mamlakatni boyitishga ham qodir bo‘ladi”-deydi Prezident Islom Karimov.


Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy


islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq shakldagi aksiyadorlik jamiyat qurish, korxonalar aksiyasining chiqarish, auksion (kim oshdi) savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish va xususiylashtirishni yoppasiga olib borish uchun sharoit yaratish ishlari amalga oshirildi.

Aloqa, transport, geologiya qidiruv yoqilg‘i-energetika komplekslari xususiylashtirilmadi. Ayrim sohalarda-kimyo, oltin qazish, paxta tozalash, tog‘- kon sanoatida 51% aksiya davlat ixtiyorida qoladigan bo‘ldi.


1994-yil oxirigacha 54.000 korxona mulk shaklini o‘zgartirdi. Xususan, 34%- xususiy, 48% aksiyadorlik, 16%-jamoa, 1% ijara xo‘jaligiga aylandi. Iqtisodiy islohotlarning borishi, uning to‘rt yil davomidagi muvaffaqiyatlari va muammolariga respublika Oliy majlisining IV sessiyasi (1995-yil dekabrda) va Vazirlar mahkamasining majlisida (1996-yil fevral), Prezident I.A. Karimovning nutqlarida keng yoritildi.


1995-yil mamlakatning barcha sohalarini isloh qilishda tub burilish yili bo‘ldi. Eng muhimi islohiy jarayonlarga kishilarimizning ishonchi ortdi. Ishlab chiqarishning pasayishi keskin to‘xtadi, jamiyatimizda iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy barqarorlik yuz berdi. Moliyaviy vaziyat o‘nglanib, inflyatsiyani 1994-yilga nisbatan uch barobar kamaytirishga erishildi. Narxning o‘sishi yil boshida 16,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, yil oxirida 2,2 foizni tashkil qildi. Valyuta bozorida joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 11 marta ko‘p, ya’ni 1,3 mlrd dollar sotildi.


Ichki yalpi mahsulot 1995-yilda 1994-yilning darajasiga nisbatan 96 foiz o‘rniga 98,8 foizni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan milliy daromad 98,5 foizga yetdi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi shu yili o‘tgan yilga nisbatan 100,2 foizga teng bo‘ldi.


Respublikada kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish va rivojlantirishni ta’minlovchi zaruriy huquqiy asos yaratilgan. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida, Respublika Prezidentining farmonlarida, xususiy tadbirkorlikdan soliq olish, unga moliyaviy yordam ko‘rsatish borasida imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar ajratish, moddiy-texnika va xom ashyo resurslari bilan ta’minlash borasida ko‘maklashish nazarda tutilgan.

Ana shu sa’yi harakatlar natijasida 1995-yil o‘rtasida Respublika xalq xo‘jaligida 30770 kichik korxona va kooperativ, 20115 xususiy korxona ishlab turdi. 15600 fermer xo‘jaligi tashkil etildi, ularga 200 ming gektarga yaqin yer biriktirib berilgan bo‘lib, 67,5 ming kishi mehnat qilmoqda edi. Fermer xo‘jaliklarining tasarrufida 190 mingga yaqin qoramol va boshqa hayvonlar mavjud. 1995-yilning faqat birinchi choragidagina fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘tgan yilning tegishli davridagiga nisbatan ikki barobar ko‘p go‘sht va sut mahsulotlari tayyorlandi..


1998-yil ayrim rivojlangan mamlakatlardagi moliyaviy krizis, jahon bozorida O‘zbekistonning muhim eksport mahsulotlari-paxta tolasi, rangli metallarning narxini tushib ketishi mamlakatimizning iqtisodiy va moliyaviy ahvoliga ta’sir qilmay qolmadi. Jahon iqtisodiy krizisi sharoitida Respublika rahbari qayd etganidek, muhim strategik vazifani hal qilishga muvaffaq bo‘lindi. Jahon bozorida oltin, paxta, mis narhiniing tushib ketishiga qaramasdan mamlakatimizning oltin valyutasi zahirasi o‘tgan yilgi darajasida saqlanib qoldi. Bu borada Navoiy, Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatlari, “Zarafshon-Nyumont” qo‘shma korxonasining hal qiluvchi rolini ko‘rsatish o‘rinlidir.


Endilikda jahondagi eng yirik konlardan hisoblangan Qizilqumning oltin va uran boyliklari malakatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. Sobiq SSSRning parchalanib ketishi oqibatida Rossiya korxonalari hamda O‘zbekiston uran va oltin qazib olish sanoati o‘rtasidagi kooperativ aloqalarning uzilishi natijasida harbiy sanoat kompleksining Navoiy viloyatidagi 50 ming nafar injener va malakali


ishchilari qiyin ahvolda qoldilar. O‘zbekiston Prezidenti yirik, iqtisodchi mutaxassis I.A.Karimov vaziyatni har tomonlama o‘ylagan holda Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinatini tiklash va rivojlantirish ishlarini davlat zimmasiga o‘tkazdi. Kombinatni qayta qurish maqsadida xorijdan olingan qarzdan tushgan foydalarni besh yil davomida korxona ixtiyorida qoldirildi. Xorijiy davlatlar korxonalari bilan bitim tuzish, qarz olish, investitsiyalardan foydalanishda kombinatga to‘la mustaqillik berildi. Hisob-kitoblar, katta jamoaning mehnati o‘z natijalarini berdi. Besh yildan keyin Muruntovdan tonnalab olingan oltinlar davlatni valyuta zahirasini to‘ldirdi. Arzon va sifatli uran olish ham yo‘lga qo‘yildi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosat amalga oshirilmoqda. 1994-yili eng kam maosh 150 so‘m bo‘lsa, 2004-yili bu ko‘rsatkich 6400 so‘mni tashkil qildi. Ayni bir vaqtda narx-navoning oshib ketmasligi choralari ko‘rilmoqda. 1995-yili kam ta’minlangan oilalarga 6 mlrd. so‘m nafaqa to‘langan edi, 2000-yili bunday oilalarga 54.3 mlrd. so‘m nafaqa to‘landi.

1998 yili 10 noyabrda sog‘liqni saqlash tizimini islohot qilish to‘g‘risida Prezident farmoni chiqdi. Davlat sog‘liqni saqlash muassasalari bilan bir qatorda nodavlat, shaxsiy tibbiy muassasalarni rivojlanmoqda. 1991-2001 yillarda 19,5 ming o‘rinli shifoxonalar ishga tushirilib, 2001-yili ularning soni 1500 ga yetdi. Bundan tashqari jami 5700 nodavlat shaxsiy tibbiy muassasalari ishlamoqda. 2001- yil mart oyidan 1-Respublika klinik shifoxonasi Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziga aylantirildi. Kardiologiya, xirurgiya, oftalmologiya, onkologiya respublika markazlari tashkil etildi.


Amerikaning Kolorado shtatidagi “Nyumont” firmasi bilan Muruntovda qo‘shma korxona qurilishi bilan ishlar yana qizib ketdi. “Zarafshon-Nyumont” qo‘shma korxonasiga firma tomonidan ajratilgan 200 mln. dollar investitsiya yordamida oddiy sharoitdagi yarim asrlik ishlar ikki yilda o‘z natijalarini berdi. Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati oltin rudasini qazib olishdan to zargarlik bezaklarini tayyorlaydigan jahonda siklda ishlaydigan yagona korxonaga aylandi.


O‘zbekiston istiqloli mashinasozlik sanoatini, ayniqsa, uning muhim tarmog‘i-avtomobilsozlikning rivojlanishiga bog‘liq. 1992-yilning avgust oyida Janubiy Koreya Respublikasi bilan O‘zbekiston o‘rtasida tuzilgan bitim asosida “UzDEU avto” qo‘shma korxonasi tashkil etildi va Asaka shahrida yengil avtomashinalar ishlab chiqarishga kirishildi. 1996 yilning mart-iyul oylarida “UzDEU” avtokorxonasi “NEKSIYA”, “TIKO”, “DAMAS” yengil avtomashinalarini chiqara boshladi. 1999 yilni 1 iyuniga qadar, uch yil davomida 87 mingdan ko‘proq “NEKSIYA”, 51 mingdan ko‘proq “TIKO”, 40 mingdan ortiq “DAMAS” avtomashinalari ishlab chiqarildi. Endilikda yengil avtomashinalari jahon bozoriga chiqa boshladi. Faqat Rossiyaning o‘zida 18 mingdan ortiq mashinalar sotildi. Moskva, Sankt-Petrburg, Novosibirsk, Saratov, Tyumen va boshqa shaharlarda “O‘zbekiston avtomashinalar”ga servis xizmatini ko‘rsatuvchi tarmoqlar qurilmoqda. So‘nggi yillarda Rossiyada xorijiy avtomashinalari o‘rtasida “NEKSIYA” mashinamiz yetakchi o‘rinni egallab turibdi. Endilikda “DEU” korxonasi bilan shartnomaga ko‘ra bu mashinalarning yangi modellarini ishlab chiqarila boshladi. 2004-yilning o‘zida «UzDEUavto» korxonasi jami 70.070 avtomashina ishlab chiqardi. 35659 donasi xorijiy davlatlarga sotildi. Jami 39.079
«Neksiya», 9495 «Damas», 19856 «Matiz», 1139 «Tiko» va 507 «Lasetti» tashqi bozorga chiqarildi.

1993-yilda GFRdagi “Mersedes Bens AG” korporatsiyasi bilan Xorazmda yuk avtomashinasini chiqarish uchun shartnoma tuzildi. 1994-yili “Do‘stlik” avtomobil zavodida dastlabki 350 “Mersedes Bens” yuk avtomobili ishlab chiqildi. 1995-yili “O‘zavtosanoat” uyushmasi bilan Turkiyaning mashhur “Kochxolding” kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida Samarqandning So‘g‘diyona mavzesida qad ko‘targan avtobus zavodi 1999-yil mart oyida o‘zining mahsulotini bera boshladi.


Prezidentning 1992-yil 28-yanvardagi farmoniga muvoffiq “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tashkil etildi. 1993-yildan boshlab,


aviakompaniya zamonaviy A-310, BOING-767, BOING-757, RL-85
samolyotlariga ega bo‘ldi. 1991-yili Xalqaro avia yo‘li Dehli va Karachigacha uchgan bo‘lsa, endilikda MDH va AQSh marshrutlari yo‘nalishida O‘zbekiston samolyotlari uchmoqda.

O‘zbekiston “Milliy havo yo‘llari” kompaniyasi jamoasining mustaqillik yillarida olib borgan samarali faoliyati natijasida bu sohada o‘tkazilgan islohotlar ko‘zga ko‘rinarli natijalarga olib keldi. Fuqarolar aviakompaniyasidagi ko‘p yillik qoloqlikka barham berildi va jahon bozorida o‘z o‘rnini egalladi. Havo yo‘llarida g‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlar foydalana boshlandi, mamlakatda turistik markazlar, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva aeroportlari qayta qurildi. Yoqilg‘i tanqisligiga bog‘liq ayrim reyslarning qisqartirilganiga qaramasdan 2000 yili 1 mln. 800 ming yo‘lovchilar tashildi, o‘tgan yilga nisbatan bu ko‘rsatkich besh foizga ko‘p bo‘ldi. Shu vaqt davomida Ukrayina Havo Kompaniyasi 500 ming, Qozog‘iston 230 ming yo‘lovchilar tashigan xolos. Eng muhimi yo‘lovchilar xavfsizligi ta’minlandi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Xalqaro aviatsiya xavfsizligi jamg‘armasi tomonidan faxriy diplom bilan mukofotlanganligi buning guvohidir.


Istiqlol yillarida iqtisodiyotda amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar quyidagi jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarga olib keldi:




Yonilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyojini O‘zbekiston o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan bo‘ldi;


G‘alla mustaqilligiga erishildi;


Ishlab chiqarishda sanoat mahsulotlari hissasi oshdi;


Sanoatda yuksak texnologiyaga asoslangan istiqbolli tarmoqlarning hissasi oshdi;
O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik davom etmoqda. Hatto, 1998-yili ichki yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi 4,4 foiz, shu jumladan, sanoat ishlab
chiqarishi 5,8 foizga ortdi. Iste’mol mollarini ishlab chiqarish 7,2 foiz ko‘paydi. Avvalgi yillardagi kabi qat’iy moliya-kredit siyosati amalga oshirildi. Natijada inflyatsiya darajasini pasayishiga olib keldi.O‘zbekiston iqtisodiyotidagi islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda. Ichki va tashqi sarmoyalarning muntazam ravishda o‘sib borishi natijasida 2004-yil yalpi ichki mahsulot 7.7 foizga, sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 9.4 iste’mol mollarini ishlab chiqarish 13.4 foizga oshdi. Inflyatsiya 3.7 foizni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkichlarni 2003-yil bilan taqqoslansa, iqtisodiyotdagi o‘sish yana ham ko‘zga tashlanadi. Yalpi ichki mahsulot 4%ga, sanoatni ishlab chiqirish 6.2%ga, ijtimoiy maxsulot8.4 %ga o‘sgan edi. MDHning boshqa davlatlarida 2004-yili inflyatsiya darajasi quyidagicha bo‘ldi:

Qozog‘iston 6.7%, Rossiya 8.5%, Ukrayinada 9.7%, Belorussiyada 14.1%ni tashkil qilgan.


Iqtisodiyotdagi barqarorlik O‘zbekistonning tashqi savdo aloqalarida, eksport va import tuzilmasida katta sifat o‘zgarishiga olib keldi: agar 1991-yilda eksport tarkibida paxta tolasining ulushi 77,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1998-yilda uning ulushi 38,6 foizga tushdi.


Eksportda yoqilg‘i va sanoat mahsulotlarining ulushi ortib bormoqda. 1991- yilda xorijga sotilgan tovarlarda mashina va jihozlarning ulushi 1 foizga ham yetmagan bo‘lsa, 2000-yili bunday mahsulotlar deyarli 23 foizni tashkil qildi.


Mustaqillik davridagi O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari iqtisodiy ahvoli bilan taqqoslansa, faqat O‘zbekistondagina 90-yillar boshidagi darajadan oshib bir tekis rivojlanmoqda. Bu holatni jahonning ko‘plab yirik rivojlangan mamlakatlarning davlat rahbarlari, taniqli mutaxassislar tan olmoqda.


Xulosa


Aksiyadorlik jamiyatining turli toifadagi rahbarlari, yetakchi mutaxassislari va xodimlari mehnatini eng yangi texnologiyalarni, shuningdek, hisoblash texnikasini qo'llash orqali maksimal darajada mexanizatsiyalash va avtomatiashtirish zarur. Moliyaviy strategiyaning to'g'ri belgilanishi va o'z vaqtida to'liq amalga oshirilishi korporativ tuzilmalaming kelajakda ham raqobat kurashida ustun bo'lishini ta'minlaydi. Umuman, tijorat tashkilotlari strategik muvaffaqiyatini ta'minlashda moliyaviy strategiya muhim rol o'ynaydi. Korxonalarda o'z faoliyat sohasiga ko'ra turli xil moliyiy strategiyalarni joriy qilishi va qo'llashi mumkin. Tavsiya etiladan muhim strtegiyalardan alohida ajratib ko'rsatish mumkin:



  • moliyaviy rejalashtirishiga ko'ra




  • moliyaviy maqsadlariga ko;ra




  • maqsad belgilanishiga ko'ra

8 Aksiyadorlik jamiyatining biznes rejasi asosida ishlab chiqildi.





  • davriyligiga ko'ra

Koxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqishda o'zining xususyatlaridan va moliyaviy boshqaruvchilaridan kelib chiqqan holda tanlashi va amalga oshirishi mumkin.


Ma'lumki, bozor munosabatlari sharoitida har bir xo'jalik yurituvchi subyekt, xususan, aksiyadorlik jamiyatlari ham kuchli raqobat sharoitiga moslashishi, bozorda o'z o'rnigi ega bo'lishi va uzoq yillar mobaynida samarali faoliyat yuritishi uchun uzoqni ko'zlangan va tashqi vositalar o'zgaruvchanligi sharoitida uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirish, ular muvaffaqiyatini ta'minlashning eng samarali yo'llarini tanlash, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish yo'nalishlarini samarali tashkil etish yo'lida moliyaviy faoliyat va moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning barcha asosiy yo'nalishlarini belgilab olishi zarur. bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlarda, ayniqsa, sanoat sohasida mulkchilikning bunday shakli muhim o'rin tutadi. Korxonalar faoliyati davomida moliyaviy munosabatlarning to'g'ri tashkil etilishi qo'yilgan maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda asosiy e'tiborni korxonalar moliyasini boshqarishni to'g'ri tashkil etishga qaratish maqsadga muvofiq. Korporativ moliyani boshqarishni to'g'ri tashkil etish esa bevosita korporativ moliyaviy strategiyaga bog'liq. Aynan shu xususiyati bilan korporativ moliyaviy strategiyaning o'rni muhim ahamiyat kasb etadi. Korporativ koliyaviy strategiya iqtisodiy faoliyat sub'ektlarning kelajakdagi faoliyat barqarorligi ta'minlab beradi. Shuningdek, ham makro darajada ham mikro amalga oshiriladigan istalgan masala ijobiy hal bo'lishi uchun oldindan strategik rejalar ishlab chiqish va ularni samarali amalga oshirish zarur.
Respublikamizda korporativ tuzilmalarning eng keng tarqalgan turlaridan biri sifatida aksiyadorlik jamiyatlari keltiradigan bo'lsak, 2017-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 659 tani tashkil etgan bo'lsa, keying yillarda ularning soni 613 gacha qisqargan bo'lib, buning sababi sifatida aksiyadorlik jamiyatlari soni pasayishiga qo'yilgan talablar yuqoriligini ko'rsatish mumkin. Shuningdek samarasiz ishlayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining tugatilayotganligi bilan izohlashimiz mumkin

Yüklə 86,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin