Akt sohasida iqtisodiyot” kafedrasi Bajardi: 130-20 guruh talabasi Xudoyberganov Ilhomjon Fond bozorida biznes fanidan Mustaqil ishi Mavzu: Qimmatli qog'ozlarning texnik tahlili Kirish



Yüklə 22,98 Kb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü22,98 Kb.
#161860
  1   2   3
fond bozorida biznes 1 mustqail ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AKT sohasida iqtisodiyot” kafedrasi


Bajardi: 130-20 guruh talabasi
Xudoyberganov Ilhomjon
Fond bozorida biznes fanidan
Mustaqil ishi


Mavzu: Qimmatli qog'ozlarning texnik tahlili

Kirish

Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo‘nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkdorlar sinfini shakllantirishdan kelib chiqqan holda bir qancha sohalarni, jumladan moliya va qimmatli qog‘ozlar bozorini ham isloh qilishni taqozo etadi. Chunki, so‘nggi yillarda jahonda hukm surgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz natijasida dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarning iqtisodiyoti, jumladan qimmatli qog‘ozlar bozori chuqur retsessiyani boshidan kechirdi. Shuni alohida qayd etish lozimki, rivojlangan mamlakatlarning fond bozorida keskin pasayish ro‘y bergan bir paytda davlatimiz olib borgan oqilona siyosat natijasida moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va undan keyingi davrda O‘zbekiston iqtisodiyotida makroiqtisodiy jihatdan barqaror o‘sish sur’atlari saqlanib qolindi. Ushbu fikrni tasdiqlash uchun 2010-yil yakunlari bo‘yicha mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti (YaIM)ning o‘sishi 108,5% ni tashkil etganligi bilan izohlashimiz mumkin.1 Ushbu barqarorlik qimmatli qog‘ozlar bozorida ham kuzatildi. Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirish hamda ular faoliyatini isloh qilish, undagi barcha muammolarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat olib borilmoqda. Moliya bozori, ayniqsa uning qimmatli qog‘ozlar sektorini rivojlantirish davlatimizning strategic ustuvor yo‘nalishlari sirasiga kiradi, xususan, “...jahon iqtisodiy inqirozining oqibatlarini bartaraf etishda bank-moliya tizimini mustahkamlash...”1 ga doir vazifalarni amalga oshirish sohadagi muhim masalalardan hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, qimmatli qog‘ozlar bozori — davlatning iqtisodiy holatini baholaydigan muhim ko‘rsatkich, ya’ni barometr hisoblanadi. Chunki aksariyat horijiy mamlakatlar moliya bozorining aylanmasi ular iqtisodiyotining salmoqli qismiga to‘g‘ri keladi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlaridagi iqtisodiy ixtisoslik bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga qimmatli qog‘ozlar bozori fanidan mazkur o‘quv qo‘llanmani yaratishga qaror qildik. Yaratilgan ushbu o‘quv qo‘llanma talabalarga qimmatli qog‘ozlar bozori sohasidagi bilimlarni chuqur o‘rganishga xizmat qilishiga va kelajakda ularni o‘z sohasining bilimdoni bo‘lib yetishishlariga turtki bo‘luvchi qo‘llanmalardan biri bo‘lib qolishiga umid qilamiz.



Yüklə 22,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin