Akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti akt sohasida iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 199,24 Kb.
səhifə4/5
tarix27.11.2022
ölçüsü199,24 Kb.
#70855
1   2   3   4   5
P'eron-Ruzer metodikasi
Metodika qurish-yasash xususiyatlari, maqsadga yo‘nalgan ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlarini, harakatlarning yangi usullarini o‘zlashtirishni o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika yordamida ixtiyoriy diqqat hajmi, uning barqarorligi haqida bilib olish mumkin. Tajriba o‘tkazish uchun 10 qatordan geometrik figuralar chizilgan maxsus qog‘oz varag‘i oldindan tayyorlanadi (1-ilova).
Yuqoridagi to‘rtta figuraga turli belgilar qo‘yib chiqilib, qog‘ozdagi boshqa figuralarga ham xuddi shunday belgilar qo‘yib chiqish sinaluvchiga taklif etiladi. U o‘z harakatlarini namuna bilan solishtirishi mumkin. Olingan natijalarni tahlil qilish va qayta ishlashda 100 ta figurani chizishga ketgan vaqt, ehtimoli bo‘lgan xatolar soni, topshiriqni bajarish xarakterini tahlil qilishda yosh me'yorlarini hisobga olish zarur (1-jadval).
1-jadval
7-8 yoshli bolalar uchun P'eron - Ruzer metodikasi bo‘yicha qog‘ozni to‘ldirish normalari (M.P.Kononova natijalari).

To‘ldirish vaqti

Xatolar soni

Sifati(%) ()

1 daqiqa 15 soniya

-

100

1 daqiqa 45 soniya

2

60

1 daqiqa 50 soniya

3

50

2 daqiqa 10 soniya

6

20

Diqqat psixodiagnostikasida korrektur sinov va Gorbov Shulte jadvallaridan foydalanish masalalari
Bu metodikadan diqqatning ko‘chish va bo‘linish xususiyatlarini, sensomotor reaktsiyalar tezligini o‘rganish uchun foydalaniladi. Sinaluvchilarga 1 dan 25 gacha sonlar ixtiyoriy joylashtirilgan 5 ta jadval ketma - ket ko‘rsatiladi
(2-ilova).
U sonlarni tartib bilan izlab ko‘rsatishi va ovoz chiqarib aytishi kerak. Har bir topshiriqni bajarish vaqti tadqiqot qaroriga yozib boriladi (2-jadval).
Sinaluvchi faoliyatini miqdoriy baholashdan tashqari sensomotor reaktsiyalar tezligining sifatiy tahlili ham amalga oshiriladi. «Topshiriqni bajarish xususiyatlari» bo‘limiga sinaluvchi o‘zini qanday tutganligi, verbal va emotsional reaktsiyalari yozib boriladi. 6-7 yoshli bolalar uchun bitta jadvalni 1-1,5 daqiqa qarash me'yoriy hisoblanadi, o‘rtacha o‘quvchilar uchun 45 soniyadan 1 daqiqagacha me'yor hisoblanadi. Katta bog‘cha davridagi bolalar va 1-2-sinf o‘quvchilari ba'zi sonlarni chalkashtirib Yuboradilar. 10-12 yoshli bolalar uchun sensomotor reaktsiyalar tezligi oshishi, harakatlarning avtomatlashuvi xarakterlidir.

Yüklə 199,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin