Erkin bozor narxlari – bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narxlaridir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda erkin narxlar jamiyat va bozor munosabatlari barcha sub’ektlari manfaatlarini eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirishga imkon beradi.
Narx diapazoni narxlar oralig‘ining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, o‘rta va yuqori narxlarni o‘z ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik katta bo‘lsa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, chunki talab bilan narx o‘zaro bog‘lanadi.
Bozor ko‘lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro narxlar mavjud bo‘ladi. Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo‘lib, u shu hudud doirasidagi omillar ta’siridan hosil bo‘ladi. Milliy bozor narxi bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxlardir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-harajatlarni, milliy bozordagi talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi. Jahon bozori narxi muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
Narx xilma-xil turlardan iborat bo‘lsada, ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati degan tushuncha bor, u narx pariteti deb ham yuritiladi. Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir-biriga bog‘liq bo‘lganidan narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi.
Narxlarni erkinlashtirish – iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‘p jihatdan shu muammoning hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Narxlarni erkinlashtirish xom-ashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu yondashuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo‘llar bilan erkinlashtiriladi:
a) narxlarni birdaniga, yoki «esankiratadigan» tarzda qo‘yib yuborish;
b) narxlarning o‘sishini sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yish;
v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada saqlab qolish.
Bozor munosabatlariga o‘tayotgan har bir mamlakat, shu yo‘llardan birini tanlashda ulardan har birining mavjud real shart-sharoitlarga qanchalik mos kelishi, aholi asosiy qismining moddiy ahvoliga qanday darajada ta’sir ko‘rsatishi, isloh qilishning tanlab olingan yo‘liga qanchalik darajada javob berishi va kutiladigan salbiy oqibatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o‘ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo‘li tanlab olindi. Shu yo‘l bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi bo‘lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga o‘tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo‘yildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi.
Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tortibga solish to‘xtatildi. Qat’iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil oktabr-noyabr) xalq iste’mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo‘yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, respublikada iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni bosqichma-bosqich (uch bosqichda) to‘liq erkinlashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli kompensatsiyalar maqsadidagi jamg‘armalar tuzildi, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam miqdori muntazam suratda oshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam ko‘rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi.
«Barchamizga bir holat yaxshi ma’lum, deb o‘ylayman. Keyingi vaqtda qo‘shni mamlakatlarda va jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin ko‘tarilib borayotgani kuzatilmoqda. Bunday vaziyatda respublikamiz ichki bozorining, aholimizning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishonchli ta’minlanishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan bizning 90-yillardanoq g‘alla mustaqilligiga erishish, aholining un va nonga, boshqa hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlariga bulgan talabini to‘la ta’minlash vazifasini o‘z oldimizga qo‘yganimiz va uni muvaffaqiyatli hal etganimiz uzoqni o‘ylab qilingan oqilona ish bo‘lganini eslash o‘rinlidir.
Bugungi kunda O‘zbekiston bug‘doy, un, paxta yog‘i, meva-sabzavot, quruq mevalar va uzum, poliz mahsulotlari kabi o‘ta zarur oziq-ovqat tovarlari bilan nafaqat o‘z ichki ehtiyojlarini to‘liq ta’minlamoqda, balki ularni yurtimizdan tashqariga ham eksport qilmoqda.
Hozirgi paytda go‘sht va sut mahsulotlari, guruch, kartoshka va boshqa muhim oziq-ovqat mollariga bo‘lgan talabni o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar hisobidan to‘liq qoplanmokda va bunday holatni o‘zimizning ulkan yutug‘imiz deb hisoblaymiz»4.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi hamda barqarorligini oshirishda narxning ahamiyati oshib bormoqda. Jumladan, O‘zbekistonda qat’iy tejamkorlik tizimini rag‘batlantirish orqali korxonalarning raqobatdoshligini oshirish ko‘p jihatdan mahsulotlar tannarxini pasaytirishga bog‘liqdir. Shunga ko‘ra, «Inqirozga qarshi choralar dasturida 2009 yilda barcha turdagi energiya manbalari va kommunal xizmatlarning asosiy turlari bo‘yicha narxlarning ko‘tarilishini cheklash, ya’ni ularni 6-8 foizdan oshirmaslik mexanizmi ishlab chiqilgan»5 bo‘lib, mazkur choralar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardosh mahsulotlar yaratish va eksport qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda bozor munosabatlarini rivojlantirishning asosiy elementi bo’lgan raqobat, bilamiski raqobatsi rivojlanish bulmaydi biz kup takidlab utdig raqobat mamlaktni, davlatni rivojlantruvchi kuch desag mubolag’a bo’lmaydi.
Shu o’rinda aytishimiz mumkunki biznig O’zbekistonimizda olib borlayatgan isloxatlar yangi qarorlar shu jumladan bozur sharoyiti uchun ishlab chiqilgan qonunlar bular xammasi davlaltimizning rivojlanishi uchun qilnayotgan sayin xarakatlar desag mubolag’a bulmaydi.
Raqobat bozoming muhim xususiyatlaridan biri boiib hisoblanadi. U bir tomondan, ishlab chiqarish munosabati sifatida namoyon boisa, ikkinchi tomondan esa ijtimoiy ishlab chiqarishni muvofiqlashtiruvchi mexanizm sifatida namoyon boiadi. Raqobatli bozor ishlab chiqarish samaradorligiga erishish va iqtisodiy resurslami optimal taqsimlashga imkon yaratadi. O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat eng avvalo ikki turga - tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida
ajratilib ko‘rsatiladi. Bular sof raqobat, monopollashgan raqobat, sof monopoliya va oligopoliyadir. Raqobat - xo‘jalik yuritishning asosiy usuli hisoblangani uchun raqobat muhitining shakllanishi bozor iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga bog‘liqdir. Raqobat muhiti deb bozor munosabatlari ishtirokchilarining xo‘jalik yuritishda teng imkoniyatlami ta’minlaydigan iqtisodiy, qonuniy, tashkiliy va siyosiy sharoitlar majmuasiga aytiladi. Raqobat muhitining mayjudligi - alohida olingan firmaning bozor sharoitida erkin harakat qilib hukmronlik mavqeiga
erishishiga halaqit beruvchi asosiy omildir.
Monopoliyani tartibga solish - miqdoran hisoblash imkoniyati kam boigan juda murakkab jarayondir. O‘zbekistonda davlatning monopoliyaga qarshi chora-tadbirlari nafaqat monopoliyani cheklash, balki monopoliyadan chiqarish jarayoni bilan uzviy ravishda olib borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |