Akt sohasida kasb taʻlimi bakalavriat taʻlimi yo‘nalishi talabalari uchun oʻquv qoʻllanma sifatida tavsiya etilgan



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/58
tarix20.11.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#166392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
BULITLI TEXNOLOGIYALAR.Delov

 
 



Bulut infrastrukturasi taqdim etadigan xizmatlar 
“Bulut” so‘zi axborot texnologiyalar tarafidan ishlatilganda xizmatlarni internet 
orqali taqdim etuvchi texnologiya, infratuzilma tushuniladi. Maʻlumotni bir 
kompyuterdan boshqa joyda, boshqa mamlakatda joylashgan kompyuterga 
yuborilganda, u maʻlumot yetib borishi uchun juda ko‘p tarmoqlarni bosib o‘tadi. 
Bunda maʻlumot yuboruvchining kompyuteridan chiqib uning provayderi tomon, 
provayderdan uning tarmoqlari bo‘ylab boshqa tarmoqlardan o‘tib ulkan internet 
tarmog‘i bo‘ylab yo‘l bosib o‘tadi va mo‘ljallangan kompyuterga yetib boradi. 
Bulut infratuzilmasi bir-biri bilan ulangan juda ko‘p, har xil tarmoqlar 
qurilmalaridan, kommututorlar, marshrutizatorlar, serverlar va boshqa har xil 
qurilmalardan tashkil topgan bo‘ladi. Mana shu butun boshli infratuzilmani 
umumiylashtirib bulut deb ataladi. Bulutdan faqatgina maʻlumot yuborish uchun 
foydalanilmaydi, balki maʻlumot almashinuvi bulutdan foydalanish imkoniyatlaridan 
biri xolos. Bundan tashqari bulutda, yaʻni infratuzilmada joylashgan serverlarda 
ishlovchi maxsus dasturlar bo‘ladi. Ular bulutda joylashgan dastur xizmatlarini taklif 
etadi. Bulutli servislarning eng keng tarqalgani bu Dropbox – fayllarni saqlash xizmati, 
GoogleDocs – ofis ilovalari, SalesForce – CRM hamda ERP tizimlaridir. Bulutli 
servislardan foydalanish uchun ko‘p hollarda foydalanuvchida internet tarmog‘i va 
brauzer bo‘lsa bas, baʻzida esa foydalanuvchi qurilmasiga ushbu servisni ishlatishda 
qulay bo‘lishi uchun maxsus dastur ilovalar o‘rnatiladi. Masalan, Word, Excel 
dasturlarida qilinadigan ishlarni GoogleDocs orqali bemalol bajarish mumkin, buning 
uchun kompyuterda ofis ilovalari bo‘lishi shart emas. 
Bulut infrastrukturasi taqdim etadigan xizmatlardan yana biri bu maʻlumotni 
saqlash xizmati. Bunday xizmatlarga Dropbox, Microsoftning Skydrive va Google 
drive xizmatlari yorqin misol bo‘la oladi. Bu xizmatlardan tashqari masalan biron bir 
murakkab jarayonni bajarish uchun kompyuterning resurslari kamlik qilishi mumkin. 
Bunday holatda bulutdan foydalanish mumkin. Murakkab jarayonlar bulut 
resurslaridan foydalangan holatda bulutda bajarilish imkoniyati ham mavjud. 


10 
Obvibase Google Drive va Dropbox bilan birlashganda buni juda osonlashtiradi. 
Masalan, yuqoridagi "Tekshirish" ustunidagi fayl ikonkalari Google Drive-da 
saqlangan PDF-fayllarni anglatadi va ularni bosish yangi ichki oynada oldindan 
ko‘rishni ochadi. 
Bu bir necha sabablarga ko‘ra salqin. Birinchidan, mehnat taqsimoti mavjud: biz 
hech qachon ixtisoslashgan xizmatlar kabi fayllarni saqlashni amalga oshira olmaymiz. 
Ikkinchidan, Obvibase singari, Google Drive va Dropbox-da juda kuchli bepul rejalar 
mavjud. Va nihoyat, hech qanday bog'liqlik yo‘q: agar siz Obvibase-dan foydalanishni 
to‘xtatish to‘g'risida qaror qabul qilsangiz, CSV formatiga ma'lumotlarni eksport 
qilishingiz kerak va bu ma'lumotlar Google Drive yoki Dropbox-ga ilova qilingan 
doimiy havolalarni o‘z ichiga oladi. ma'lumotlar bazasi yozuvlariga 
1.1- rasm. Google Drive va Dropbox birlashishi. 
Bugungi kunda, bulut xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha dunyo yetakchilari, 
axborot-kommunikatsiya sohasidagi kabi Google (GoogleDrive), Yandex (Yandex 
disk), Microsoft (OneDrive), Apple (iCloud), DropboxInc, Cisco, Oracle va 
boshqalardir. 
Bizning respublikada ham asosiy eʻtibor bulutli hostingni rivojlantirishga 
qaratilgan, misol uchun UZDisk ni keltirish mumkin. UZDisk - bu o‘zimizning 
Dropbox analogimizdir. UZDisk TAS-IX xududida joylashgan fayllarni saqlash bulutli 
xizmati hisoblanadi. Bu xizmat uchun trafik butunlay bepul ekanligi muhim faktordir. 
Xuddi shunga o‘xshash TAS-IX xududida joylashgan bulutli xizmatlardan yana biri bu 
filecloud.uz. Bu bulutli xizmat turida maʻlumotlarni saqlash hamda office dasturlarida 
ishlash imkoniyati ham mavjud. 


11 
Shuningdek, ushbu xizmat turlarini maʻlum vaqt davomida bu turdagi 
xizmatlarni ko‘rsatadigan firmalar ham mavjud; Ulardan VDS xosting, VPS xosting, 
virtual xosting va bulutli xosting kabi xizmatlarni taqdim etuvchi “AtiveCloud” TM, 
hamda, VDS xosting, VPS xosting, virtual xosting, bulutli xosting va sollotsation 
xizmatlarini taqdim kiluvchi “SHARKTELECOM” MChJ [6]. 
Bulutli xizmatlar va platformalarning bozordagi ulushi muntazam ravishda o‘sib 
bormoqda, chunki bulut foydalanuvchilar va tashkilotlar uchun bir qator afzalliklarga 
ega bo‘lib, ular orasida birinchi navbatda quyidagilarni sanash mumkin: maʻlumotlarni 
qayta ishlashda tizimda mavjud barcha resurslardan eng optimalini tanlaydi; 
maʻlumotlarni izlash va qayta ishlash tezligi yuqori, chunki hamma narsa bitta 
platformada joylashgan; Bulut tizimlarida protsessorlar soni, operativ xotira hajmi va 
disk maydoni nazariy jixatdan cheksizdir; foydalanuvchilarga dasturiy taʻminotni 
o‘rnatish va sozlash kerak emas; bulut xizmatlariga kirish uchun oddiy veb brauzer 
yetarli; tizimni tarqatish vaqtini hisobga olgan holda, tashkilotlarga texnik yordam 
ko‘rsatish va tanlangan tizimlarni modernizatsiya qilish harajatlari, shuningdek, yuqori 
tezlikda amalga oshirish; treningga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli - foydalanuvchilarning 
ko‘pchiligi allaqachon veb-brauzer va Internet xizmatlaridan xizmat sinflari sifatida 
foydalanishni bilishadi; odatda bulutli tizimlar yuqori malakali mutaxassislar 
tomonidan taʻminlanadi, bu esa dasturiy taʻminotni saqlashning yuqori sifatini 
taʻminlaydi. Va eng muhimi, provayder qo‘lida mavjud bo‘lgan barcha maʻlumotlarni 
g‘arazli maqsadlarda o‘chirib tashlab bo‘lmaydi. 
Yuqoridagilardan maʻlumki, bulutli hisoblash texnologiyasini qo‘llagan holda 
hisoblash tizimlarini o‘rganish ilmiy va texnologik faoliyatni rivojlantirish va bulutga 
yaqinlashuvida katta ahamiyat kasb etadi. Yuqorida aytilgan barcha maʻlumotlardan 
kelib chiqib, ushbu yo‘nalish eng dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi, demak, 
bulutli texnologiyalarning o‘sish surʻati faqatgina oshadi. 

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin