8
MQIM (maʻlumotlarni qayta ishlash markazining) ishonchliligi darajasi Uptime
Institute klassifikatsiyasi bo‘yicha Tier III xalqaro tizimiga muvofiq keladi, yaʻni
MQIM infrastrukturasining rezervlanishi «N+1» formulasi bo‘yicha taʻminlanadi,
bunda ishonchlilik koyeffitsiyenti 99.982(%) foizni tashkil etadi. Bu data-markazi
barcha muhandislik tizimostilaridan rezervlanish imkoniyatiga egaligini anglatadi va
MQIM ishlarini to‘xtatmasdan taʻmirlash-profilaktika ishlarini amalga oshirishga
imkon beradi.
Yangi O‘zbektelekom MQIM mijozlariga bulutli servislar orasida VPS “Virtual
server” xizmatini taqdim etishga tayyor. Mijozlar “bulutda” xususiy infrastrukturani
yaratish va tunu kun jaxonning istalgan nuqtasida to‘liq izolyatsiyalangan avtonom
infrastrukturaga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun bulutli platforma yordamida
MQIM hisoblash quvvatini ijaraga olishlari mumkin.
Bundan tashqari, UZCLOUD mijozlari tadbirkorlarga Internet tarmog‘i
vositasida biznesni rivojlantirish imkonini taqdim etadigan veb-hosting xizmatidan
foydalanishlari mumkin.
“O‘ZBEKTELEKOM” AK uchun O‘zbekistonda MQIM qurish loyihasi to‘liq
Huawei kompaniyasi (infrastruktura, server uskunalari, virtualizatsiya tizimi) bilan
hamkorlikda amalga oshirilgan birinchi bulutli data-markaz bo‘lib hisoblanadi.
Loyiha amalga oshirilganidan so‘ng “O‘zbektelekom” AK davlat tashkilotlari va
yirik korporativ mijozlar, shuningdek, xususiy shaxslar uchun xizmatlar, shuningdek,
biznes doirasini kengaytirib, zamonaviy AKT xizmatlarini taqdim etish imkoniyatiga
ega bo‘ladi.
Kerakli fayllarni axborot tashuvchi qurilmalar – disketa, kompakt-disk, fleshka
va tashqi xard-disklardan tashqari, hozirda «bulutli» servislarda saqlash kengroq
tarqalmoqda. Bu turdagi keng tarqalgan xizmatlar – Yandeks.Disk, Google Drive,
Dropbox kabilardan xabaringiz bor. Bu kabi xizmatlarning o‘zbekcha versiyalari ham
mahalliy dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u FileCloud.uz servisidir.
Dostları ilə paylaş: