5
soddalashtirish va qulaylashtirish, tizim konsepsiyasini zaxira tarzda saqlash va virtual
mashinani migratsiyalash; AT infratuzilma chiqimini kamaytirish, xisoblash
resurslarini, elektr quvvatlarini tejash haqida axborot berish, elektron ko‘rinishdagi
ma’lumotlarni saqlash va kerak bo‘lganda ulardan har qanday sharoitda foydalanish
evaziga ta’lim berishning sifat darajasini oshirish mumkinligi kabi masalalarni qamrab
olgan.
“Bulitli texnologiyalar” fani ixtisoslik fanlar turkumiga kirib, bu Muhammad al-
Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti AKT sohasida
kasb ta’limi fakultetining 3-kurs bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladi.
“Bulutli texnologiyalari” fanidan tayorlangan o‘quv qo‘llanma ma'ruza
mashg‘ulotlarni o‘tkazish, dars samaradorligini oshirish, ixtisoslik bo‘yicha bilimlarni
egallash, muxandis-pedagoglarni bulutli xisoblash dasturiy vositalari bilan tanishtirish,
ularni
o‘quv-tarbiya jarayoniga tadbiq etish yo‘llarini qo‘rsatib berish,
telekommunikatsiya, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi fanlarini
o‘qitishda bulutli texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini egallash,
telekommunikatsiya, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi fanlarida bulutli
texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar oshirishga xizmat
qiladi.
O‘quv qo‘llanmada keltirilgan mavzular ta'lim va tarbiya usullarining joriy
qilinishi va bo‘lajak kadrlarning internet va bulutli texnologiyalaridan samarali
foydalanish ko‘nikmasi berish va malakalarni tarkib toptirish, talabalarga oliy va o‘rta
maxsus ta'lim muassasalarida telekommunikatsiya, informatika va axborot
texnologiyalari yo‘nalishi fanlarini zamonaviy o‘quv texnik vositalar yordamida
o‘qitishga o‘rgatish, masofaviy ta'limning o‘ziga xos xususiyatlarini bilan
tanishtirishtiradi. Talabalarni malakasi va mahoratini oshishiga xissa qo‘shadi hamda
amaliy foydalanishda samara beradi.
Dostları ilə paylaş: