Ilovalar sathi
API API
API
Boshqarish sathi
Boshqarish va maʻlumot
uzatish sathlari oasidagi
interfeys
Tarmoq infrastrukturasi sathi
Ilovalar
DKT ning dasturiy
таъминоти
Таrif.xizmtlari
Kommutator
Kommutator
Kommutator
Kommutator
Kommutator
122
5. Tarmoq uskunalari va tuzilmasi soddalashadi – ular ko‘p standart va
protokollarni bajarishlari o‘rniga bitta kontrollerdan kelgan buyruqni bajaradi;
6. Kommutator va tarmoq infrastrukturasining xotira va boshqaruv qismlari bitta
kontrollerga ko‘chirilishi hisobiga ularning narxi qisqaradi.
DKT tarmog‘i komponentalarining ishlash prinsiplari OpenFlow meʻyoriy
hujjatlarida (spesifikatsiyalarida) yoritiladi.
Meʻyoriy hujjatlarga asosan OpenFlow (yoki DKT) tarmog‘ining asosiy
komponentalariga quyidagilar kiradi (3.4 – rasm): Kontroller, tarkibida: tarmoq
operatsion tizimi; tarmoq ilovalari; OpenFlow kommutatori; Kon-troller va
kommutator oralig‘dagi himoyalangn aloqa kanali; OpenFlow protokoli. DKTning
asosiy protokoli OpenFlow nomli protokol hisoblanadi.
3.4 – rasm. DKT tarmog‘ining asosiy komponentalarini
ko‘rsatuvchi sxema.
OpenFlow-tarmog‘ining umumiy ishlash prinsipi quyidagicha izohlanadi:
tarmoqdagi har bir OpenFlow-kommutator kontroller bilan himoyalangan kanal
o‘rnatadi (rasmda shtrix chiziqlar)., ushdu kanal yordamida kontroller kommutator
ishini boshqaradi. Kommutator bilan kontroller orasidagi o‘zaro munosabatlar Open
Flow protokolining maʻlumotlari yordamida amalga oshiriladi. Kontroller tarmoq
elementlarining holati o‘zgarganligi to‘g‘risida maʻlumot qabul qiladi va uning asosida
123
yangi tarmoq uskunalarini konfiguratsiyalaydi, tarmoq infrastrukturasini va axborot
oqimini boshqaradi. Keng maʻnoda kontroller - bu maxsus dasturiy taʻminot
o‘rnatilgan jismoniy server.
Tarmoqdagi hamma marshrutizator va kommutatorlar tarmoq operatsion tizimi
(TOT)ning boshqaruvi asosida birlashtiriladi. TOT muntazam ravishda tarmoq
vositalarining konfiguratsiyasini nazorat qilib boradi va ilovalarga tarmoqni
boshqarishga imkon yaratib beradi.
OpenFlow – kommutatorining asosiy funksiyalari:
1. Kontroller bilan himoyalangan kanal o‘rnatish va u orqali bog‘lanishni tashkil
qilish;
2. Kontrollerni portlar holati o‘zgarganligi to‘g‘risidagi maʻlumotlar bilan
taʻminlash;
3. Kontrollerni oqim to‘g‘risidagi yozuvlarni o‘chirilganligi to‘g‘risidagi
maʻlumotlar bilan taʻminlash;
4. Kontrollerga statusi o‘zgarganligi to‘g‘risida xabar berish;
5. Kontrollerga xatolik borligi to‘g‘risida xabar berish;
6. Yangi maʻlumot oqimi uchun qoida o‘rnatish kerakligi to‘g‘risidagi so‘rov
bilan kontrollerga murojaat qilish.
Himoyalangan aloqa kanali – kommutator va kontroller o‘rtasida maʻlumot
uzatish uchun ishlatiladi. Har bir OpenFlow kommutator uchun alohida kanal bo‘lishi
shart, shu sababli kontroller bir nechta OpenFlow himoyalangan kanallarini boshqaradi
OpenFlow kommutatori bitta kontroller bilan bitta kanalga yoki ishonchlilikni
oshirish maqsadida bir nechta kontrollerlar bilan bir nechta kanalga ega bo‘lishi
mumkin.
OpenFlow kontrolleri OpenFlow kommutatorlarini masofadan turib boshqaradi.
Himoyalangan kanal odatda TSR protokoli asosida o‘rnatiladi. Bunday kanallar bir
nechta bo‘lishi mumkin.
124
OpenFlow protokoli DKT boshqaruv pog‘rnasining pastki sath protokoli
hisoblanib, kommutatorlarning faoliyatini tashkillashtirish vazifasini bajaradi.
OpenFlow protokoli tarmoq interfeysining ikki tarafida joriy etiladi, yaʻni
kommutator va kontroller taraflarida. U oqim konsepsiyasi negizida ishlaydi.
Maʻlumotlarni boshqarish bitta paket darajasida emas, balki paketlar oqimi
darajasida amalga oshiriladi. OpenFlow kommutatorida qoida kontroller ishtirokida
birinchi paket uchun o‘rnatiladi, oqimning qolgan hamma paketlari ushbu qoida asosida
yo‘naltiriladi.
Kommutatsiya operatsiyasi paketning foydali yuklamasini o‘zgar-tirmaydi, lekin
sarlavhani o‘zgartirish imkoniga ega, uzatish operatsiyasi sarlavha va foydali
yuklamani o‘zgartirmaydi.
Paket sarlavhasi bir nechta maydondan (fields) iborat. Maydonlarda paketlarni
qayta ishlashni amalga oshiradigan tarmoq protokollarining identifikatorlari va ular
tomonidan ishlatiladigan maxsus axborotlar ko‘rsatiladi. Masalan, sarlavha
maydonlarida , IP, TCP, UDP protokollari uchun maʻlumot uzatuvchi va qabul
qiluvchilarninig manzillari va boshqa maʻlumotlar keltiriladi.
Kommutatorga kommutatsiya jadvallari (flow tables) to‘plami o‘rnatiladi, ular
kommutatsiya konveyerini (pipeline) tashkil etadi.
Maʻlum bir kirish porti buferiga kelib tushgan paket (ingress port), kommutatsiya
konveyeriga uzatiladi, shu konveyerda qayta ishlanib, chiqishdagi maʻlum bir port
buferiga (egress port) yoki boshqarish porti buferiga (control port), jo‘natiladi. Ushbu
operatsiya paket kommutatsiyasi deb nomlanadi.
Kommutatsiyalash jarayonida sarlavhaga kommutator konveyeri ichida maxsus
maʻlumotni uzatish uchun qo‘shimcha maydon qo‘shilishi mumkin, bu maydon paket
kommutatorning chiqish buferiga kelib tushganida yo‘qotiladi.
Maxsus maydonlarning hajmi va ularda shakllantiriladigan maʻlumotlarning turi
konkret OpenFlow kommutatorining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
125
Joriy kommutatorning chiqish portiga kelib tushgan paketlar, kom-mutatorga
ulangan maʻlumot uzatish kanala yordamida keyingi kommutatorning kirish porti
buferiga uzatiladi.
Kommutatorning boshqarish portiga kelib tushgan paketlar, himoya-langan
kanal yordamida kontrollerga uzatiladi.
Kommutatorning har bir porti unikal tartib raqamiga ega, ular port nomi deb
yuritiladi. Bundan tashqari, paketlar ustida ayrim amallar bajarilishida port nomlari
sifatida maxsus nomlar ishlatilishi mumkin.
OpenFlow protokoli interfeyslari orqali paketlarni DKT kon-trolleri boshqaruvi
ostida tarmoq kommutatorlari orasida harakat-lanishining sxemasi 3.5 – rasmda
keltirilgan.
3.5- rasm. DKT kontrolleri boshqaruvi ostida infrastruktura
sathida kommutatorlar orasida aniqlangan marshrut bo‘yicha
paketlar harakatlanishining sxemasi.
Rasmda X terminal paketini Y terminalga kontroller boshqaruvi negizida DKT
kommutatorlari orasida uzatish jarayoni tasvirlangan.
MQIM ga virtuallashtirish texnologiyasini joriy etilishi oqibatida tarmoqda
virtual kommutatorlar paydo bo‘ldi. Bu tarmoq sathiga yangi talablar qo‘yilishiga olib
Boshqaruv sathi
DKT
Контроллери
Infrastruktura sathi
Open Flow interfeysi
X terminal
Y terminal
126
keldi, masalan, virtual mashinalar orasida sifatli maʻlumot uzatish jarayonlarini tashkil
etish bo‘yicha talablar.
Bunday tarmoq sifatida dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoq qabul qilinishi
katta imkoniyatlarni yaratadi.
Bulutli maʻlumot qayta ishlash markazlarida virtual va jismoniy serverlar hamda
maʻlumot saqlash omborlari orasida muntazam ravishda axborot almashish jarayonlari
amalga oshiriladi. Shu bilan birga foydalanuvchi kompyuterlari bilan maʻlumot qayta
ishlash markazi vositalari orasida ham axborot almashinadi. Buning uchun transport
tarmog‘i sifatida bugunda IP texnologiyaga asolangan tarmoq ishlatiladi. Transport
tarmog‘i keskin o‘zgaruvchan katta hajmdagi trafikni juda qisqa vaqt oralig‘ida xatosiz
uzatib berishi talab etiladi. Buni amalga oshirish uchun tobora katta mablag‘ talab
etilayapti.
Transport tarmog‘i sifatida DKT g‘oyasini qo‘llanilishi maxsus dasturiy
taʻminotlar asosida katta hajmdagi axborotlarni operativ uzatish imkoni yaratiladi.
OpenFlow protokoli amaliyotda bulut muhitida katta hajmdagi yuklamalarni virtual
hamda jismoniy tarmoqlarda boshqarilishini taʻminlaydi. Chunki dasturiy –
konfiguratsiyalanadigan tarmoq texnologiyasida tarmoqni boshqarish uchun alohida
server ishlatiladi, u o‘z faoliyatini marshrutizator va kommutatorlarga bog‘liq
bo‘lmagan holda alohida olib boradi. Open Flow protokolida maʻlumotlarni
marshrutlash va adreslarini o‘zgartirish funksiyalari bo‘lingan, bu ikki protseduralar IP
marshrutizatorlarida bitta qurilmada bajariladi.
Yuqoridagi fikrlar negizida xulosa qilib shuni taʻkidlash joizki, bulutli maʻlumot
qayta ishlash mrkazi transport tarmog‘ida dkasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoq
texnologiyasini qo‘llash IP texnologiyasida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf
etadi va markaz samaradorligini oshishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |