Akt sohasida kasb taʻlimi bakalavriat taʻlimi yo‘nalishi talabalari uchun oʻquv qoʻllanma sifatida tavsiya etilgan



Yüklə 3,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/58
tarix20.11.2023
ölçüsü3,33 Mb.
#166392
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
BULITLI TEXNOLOGIYALAR.Delov

3.5. Mobil o‘qitish. M-learning 
M-learning da mustaqil taʻlimini samarali tashkil qilish 
Mustaqil taʻlimini samarali tashkil qilish uchun axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining turli vositalaridan foydalanish mumkin. Jumladan, elektron 
kurslar, elektron taʻlim tizimlari, video maʻruzalar, veb- seminarlar, elektron testlar va 
boshqalar. Bu vositalardan tashqari, hozirgi vaqtda zamonaviy va ixcham mobil 
texnologiyalar xam mavjud. O‘quvchilarning mustaqil taʻlimini mobil texnologiyalar 
asosida tashkil etishda birinchi navbatda muayyan vaqt va joyga bog‘liq bo‘lmagan 
holda taʻlim materiallari o‘rganiladi. Bu sizni o‘rganishingiz kerak bo‘lgan 
maʻlumotlarni olishga imkon beradi. 
Mobil texnologiya asosida taʻlim bugungi kunda xorijiy mamlakatlarning taʻlim 
tizimlarida keng qo‘llanilmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Evropa 
mamlakatlarida mobil taʻlim resurslari va ularning rivojlanish usullarini birlashtiruvchi 
yagona platformadan foydalanish orqali turli fanlarni o‘qitishda mobil taʻlim 
texnologiyalari joriy etilganligini taʻkidlash mumkin. 


172 
Bugungi kunda ko‘plab kompyuter, aloqa va hisoblash texnikasi ishlab 
chiqarayotgan 
firmalar 
yangi 
platformadagi 
ixcham 
sensorli 
zamonaviy 
kompyuterlarni ishlab chiqarmoqdalar. Bularga planshet, smartfon va mobil 
qurilmalarni keltirish mumkin. Rivojlangan mamlakatlarning statistik maʻlumotlariga 
ko‘ra, mobil qurilmalar aksariyat hollarda intellektual tizim tashkil etuvchisi smartfon 
yoki planshetlar hisoblanadi. 
Planshetni boshqarish uchun sensorli ekrandan foydalaniladi. U bilan ishlash 
fizik klaviatura va sichqoncha qurilmasidan foydalanmasdan, barmoqlar yordamida 
amalga oshiriladi. Sensorli ekranda matnni kiritish umuman olganda, klaviaturada 
terish tezligidan qolishmaydi. 
XX asrning 70yillarida hisoblash tizimlari nazariyasi sohasidagi amerikalik olim 
Alan Key «kitob o‘lchamidagi kompyuter» g‘oyasini taklif qilgan3. 90-yillarda 
cho‘ntak kompyuterlarining paydo bo‘lishi bilan mobil vositalarni o‘rganish loyihalari 
va o‘quvchilar uchun mobil taʻlimdan foydalanish kuzatilgan. Tarmoqdan mobil 
texnologiya asosida bilim olish V.A.Kuklevning ilmiy tadqiqot ishlarida atroflicha 
o‘rganilgan. Tadqiqot ishida mobil jihozlari asosida WiMAX simsiz tarmog‘ida 
masofali taʻlimdan foydalanish va bolalar uchun Intel Classmate turidagi 
kompyuterlarda ishlash bo‘yicha maʻlumotlar o‘z aksini topgan. Shuningdek, 
M.A.Grigorevaning ilmiy tadqiqot ishlarida mobil kompyuter tizimlarida informatika 
fanini o‘qitish5, Savill-Smit, G.Stead va G.Colley loyihalarida mobil tizimlar asosida 
matematika va lingvistika fanlarini o‘qitishni tashkil etish masalalari o‘rganilgan6. 
Avstraliya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, Kipr, Meksika, Yangi Zelandiya, Polsha, 
AQSh, Turkiya, Chili, Shvesiya va JAR davlatlarida ichki axborot va 
telekommunikatsion vositalar (mobil kompyuter tizimlari: telefon, planshet va 
smartfon) asosida taʻlim olish texnologiyalari keng qo‘llanilmoqda. 
M-learning imkoniyatlari haqida 
Mobil qurilmalarning imkoniyati tobora taraqqiy etib borayotganligi sababli ular 
taʻlim vositasi sifatida keng qo‘llanilishi anʻanaviy va noanʻanaviy taʻlimda asosiy 


173 
o‘rinni egallab bormoqda. Taʻlim olishning zamonaviy usullaridan biri, bu mobil 
texnologiya asosida taʻlim olish bo‘lib, u kun sayin rivojlanib bormoqda. «Infonetics 
Research» kompaniyasining analitik basharotiga ko‘ra jahon bo‘yicha so‘ngi besh yilda 
mobil aloqa asosida global tarmoqdan foydalanish 6 millionga yaqin ekanligini 
keltirgan1. Hozirda mobil taʻlim atamasidan uch ko‘rinishda foydalanish mumkin: 
M-learning
 
– bu mobil jihozlar (telefon yoki cho‘ntak kompyuter)ni WAP, 
GPRS yoki 3G texnologiyalar (asosiysi internet tarmog‘iga kirish mumkinligi) bilan 
bilim olish va almashish texnologiyasi; 
3.21- raasm Bulutli M-learningni ko‘rinishi 
M-learning

bu mobil aloqa vositalari (mobil telefon va kommunikatorlar) 
yordamida o‘quv jarayonini tashkil etishda foydalaniladigan texnologiya; 
M-learning
 - 
bu taʻlim shunday jarayonki, masofaviy taʻlimda shaxsiy o‘qitish 
jihoz (noutbuk, cho‘ntak kompyuteri yoki mobil telefon)laridan foydalanish 
tushuniladi. 
Mobil taʻlim bo‘yicha ko‘plab konferensiyalar va ko‘rgazmalar o‘tkazilmoqdi. 
Bular jumlasiga mLearn, WMUTE va IADIS Mobile, Iordaniyada ISML, Malayziyada 
mobil taʻlim, Londonda portativ qurilmalar bilan ishlash, AQShda mobil taʻlim kabi bir 
qator xalqaro anjumanlar o‘tkazildi. Anjumanlarda ko‘tariladigan asosiy masala: mobil 
taʻlim o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga qanday darajada taʻsir ko‘rsatayotganligi. Mobil 
taʻlimning ahamiyati quyidagicha: 
– taʻlimga yangi texnologiyalarni jalb qilish imkonini beradi; 


174 
– mobil qurilmalar kitoblar, kompyuterlar va boshqa vositalarga nisbatan ihcham 
va kichikroq hajmga ega; 
-
taʻlim olishda ishtirok etayotgan o‘quvchilar tomonidan foydalanishini baholash 
mumkin. 
Mobil qurilmalarning imkoniyati nafaqat qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar almashish 
uchun, balki undan kengroq vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. Bugungi kunda bu 
qurilmalar ko‘pgina foydalanuvchilar uchun axborot olish, bilimlarni shakllantirish, 
fikr almashish imkoniyatlarini taqdim etmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda mobil 
taʻlim yoki m-learning haqida taʻriflar ko‘p keltirilgan. Bu vositalar o‘quvchilarning 
maʻlumotlar olishida asosiy vositalardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘quvchilar smartfon 
yoki planshetlarlarda taʻlim resurslariga doimo ega bo‘lishni xohlashadi. 
Bugungi kunda o‘quvchilarning ko‘pchiligi internetga ulanishda shaxsiy va 
portativ kompyuterlarga nisbatan mobil texnologiyalarda ulanishlar soni bir necha 
barobarga oshib ketdi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, mobil aloqa kompaniyalari 
ko‘rsatadigan xizmatlar tahlil qilinganda avval mobil aloqa faqat aloqa uchun 
ishlatilgan bo‘lsa, hozir borgan sayin gaplashish o‘rniga internet aloqasidan 
foydalanishga talab ko‘payayotgani taʻkidlanmoqda. O‘quvchilar darsdan tashqari 
vaqtlarida mustaqil taʻlim olishda mobil vositalar, internetdan foydalanishga harakat 
qilishlari bilimlarini oshirishlariga ijobiy taʻsir ko‘rsatishi amaliyotlarda 
isbotlanmoqda. Ular taʻlim resurslariga doimo ega bo‘lishni xohlashadi.
Mobil taʻlim ko‘p afzalliklarga ega: o‘quvchilar taʻlim maʻlumotlari va 
tizimlariga mobil aloqadan foydalanishga harakat qilsalar, bu texnologiya o‘quv 
jarayonining o‘zini ancha yaxshilashi va boyitishi mumkin. 
Mobil 
vositalardan 
foydalanuvchilar 
axborotga 
bo‘lgan 
ehtiyojlarini 
taʻminlashda turli mavzulardagi yangiliklarni o‘qish, videolarni tomosha qilish, jonli 
efir va eksklyuziv ko‘rsatuvlar va tijorat sohalari bo‘yicha axborotlardan mobil 
ilovalarni qurilmaga o‘rnatish orqali foydalanadilar. Buning uchun avvalo internet 
tarmog‘i orqali mobil ilovalarni qurilmaga o‘rnatish lozim. 


175 
Hozirgi vaqtda o‘quv jarayonini tashkil etishni anʻanaviy, texnologik, 
multimediaviy darajalarga ajratishimiz mumkin. Anʻanaviy darajada o‘qituvchi va 
o‘quvchi aloqasi doimo taʻminlanadi. Shuning uchun bilimlarni egallash darajasini 
doimiy ravishda nazorat qilish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, xatolarni darhol 
aniqlash va to‘g‘rilash kerak bo‘ladi. Taʻlim sifatining texnologik darajasi taʻlimda 
axborotning ko‘p kanallari mavjudligini aniqlaydi, bu uning rivojlanishi va 
mustahkamlanishini sezilarli darajada tezlashtiradi. O‘quv jarayonida o‘qitishga 
ko‘proq eʻtibor qaratiladi. Bunda og‘zaki taʻlimdan va televizor, shaxsiy kompyuter, 
texnik vositalar, o‘qitishning butun majmuasidan foydalanishni nazarda tutadi. So‘nggi 
bir necha yillar mobaynida Qarshi davlat universiteti «Amaliy matematika va 
informatika» kafedrasi kasb-hunar taʻlim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik 
integratsiyasi asosida LMS Moodle tizimida o‘quvchilar mustaqil taʻlimini tashkil etish 
bo‘yicha uslubiy ishlar amalga oshirildi. 
Moodle - ingliz tilida Modular Object - Oriented Dynamic Learning 
Environment (obʻektga yo‘naltirilgan modulli dinamik o‘qitish muhiti) so‘zlarining 
qisqartmasi bo‘lib, web muhitda o‘qitish va onlayn rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi 
kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. «Moodle» elektron kurslarni 
boshqarish tizimining asoschisi va ishlab chiqaruvchisi Martin Dugiamas bo‘lib, 1999 
yildan beri tizimni rivojlantirish bo‘yicha bir qator loyihalarni bajardi. Tizimning 1.0 
versiyasi 2002 yil 20 avgustda ishlab chiqilgan. Bugungi kunda tizimning 3.0 versiyasi 
keng tarqalgan. 
Bugungi kunda «Moodle» tizimidan nafaqat universitetlarda, balki kollejlar, 
maktablar, notijorat tashkilotlar va turli firmalarda ham foydalaniladi. «Moodle» 
tizimiga o‘quvchilarning bilimini rivojlantirishga yordam beradigan maxsus tashkil 
etilgan taʻlim faoliyati sifatida qaraladi. Moodle tizimi o‘quvchilar mustaqil ravishda 
uzluksiz taʻlim olishi va ijodkorligini rivojlantirish imkoniyatini yaratadi. Bu tizim 
o‘quvchilar bir- birlari bilan yozishmalar orqali xabar almashinuvi, o‘quvchilarning 


176 
mustaqil ishlashini taʻminlashi, zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etishi va turli taʻlim 
xizmatlarini taqdim qilish bilan belgilanadi. 
O‘quvchilar o‘rtasida mobil texnologiyalarning mashhurligini hisobga olib, biz 
ushbu muloqot turlarini intellektual bilimlarni oshirishga xizmat qilish uchun mustaqil 
taʻlimda foydalanishga qanday hissa qo‘shishini tahlil qilishimiz kerak. Mustaqil 
taʻlimda mobil qurilmalardan foydalanishning bir qator usullari mavjud: 
– multimediali o‘qitish veb-resurslari (audio fayllar, videofilmlar, podkastlar, 
grafikalar, xaritalar, rasmlar) ishlab chiqish uchun; 
– o‘quv saytlari, resurslar, kataloglar, lug‘atlarga tezkor kirishni taʻminlash; 
– haqiqiy taʻlim vositasi sifatida mobil aloqa platformalari uchun moslashtirilgan 
o‘quv materiallarini ishlab chiqishni taʻminlash (SMS-testlar, o‘quv qo‘llanmalari va 
mobil ilovalarga asoslangan yo‘riqnomalar). 
Bugungi kunda mobil taʻlim o‘quvchilarga yangi aloqa va hamkorlik vositalarini 
taqdim etmoqda. Pedagogik nuqtai nazardan, bilimlarni o‘zlashtirishda o‘quvchilar 
o‘z-o‘zini o‘qitish vositasi sifatida mobil taʻlimdan foydalanadilar. 
Shuning uchun mobil taʻlimni rivojlantirish uchun bir qator qadamlar qo‘yilishi 
kerak. Bular quyidagicha: 
● taʻlimni noanʻanaviy tarzda tashkil etish, norasmiy yoki kundalik muhitda 
mobil o‘quv vositalaridan foydalanib o‘quvchilar o‘zini o‘zi anglashga intilishlarini 
rag‘batlantirish; 
3.22- rasm. Mobil qurilma orqali «Moodle» tizimiga kirish va o‘quv resurslardan 
foydalanish jarayoni. 


177 
● o‘quvchilar bilim va tajriba almashishlari uchun mobil texnologiyalardan 
foydalanish; 
● mobil taʻlimni joriy etish uchun taʻlim muassasalari bilan birga maʻmuriy va 
huquqiy standartlarni yaratish; 
● shaxsiy mobil qurilmalar bilan o‘z o‘quv uslublarini muntazam 
takomillashtiradigan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish; 
● telekommunikatsion kompaniyalar bilan mobil taʻlim uchun mobil 
internetning narxini pasaytirish imkoniyatini muhokama qilish. 
Mobil taʻlimdan foydalanish uchun o‘quvchilarning mustaqil faoliyati uchun 
motivatsiyasini oshirish kerak. Buning uchun virtual muhitda o‘qituvchi, masalan, 
LMS Moodle platformasidan foydalangan holda «Informatika va axborot 
texnologiyalari» kursida mavzuga oid o‘quv resurslarni yaratib, o‘quvchilarga mustaqil 
ishlash uchun taqdim etadi.
Uning afzalliklari shundaki, mobil qurilmalar orqali o‘quvchi darsda o‘tilgan 
mavzuni bo‘sh vaqtlarida chuqurroq o‘rganishi mumkin. 
O‘quvchi o‘zining smartfon yoki plansheti yordamida taʻlim muassasasi 
hududidagi «WiFi» simsiz tarmoq yordamida «Moodle» tizimiga brauzer dasturi yoki 
Moodle Mobile apk mobil ilova yordamida kiradi. O‘quvchi «Moodle» tizimiga login 
va parol kiritish bilan «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan tegishli o‘quv 
resurslar ekranga chiqadi (3.23-rasm). 
«Moodle» tizimida «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha 
o‘qituvchi. 


178 
3.23- rasm. Mobil qurilma ekranidagi savol-javob ko‘rinishidagi resurs. 
tomonidan berilgan tegishli mavzular asosida o‘quvchilar elektron o‘quv resurslardan 
foydalanadilar. Ushbu tizimda «Informatika va AT» kursidagi «Excelda sodda 
ifodalarni hisoblash» mavzusi bo‘yicha berilgan o‘quv reruslar bilan tanishib chiqiladi. 
Bu o‘quv resurslarida anketa, chat, forum, glossariy, maʻlumotlar ombori, savol-javob, 
test va topshiriqlar kabi element yoki resurslar bilan ishlashi ko‘rsatiladi. 
Masalan, o‘quvchi mobil texnologiya yordamida «Excelda sodda ifodalarni 
hisoblash» mavzusi bo‘yicha berilgan savol-javob tarzidagi yaratilgan resursdan 
foydalanadi. Buning uchun o‘quvchi o‘quv resursni tanlab, o‘z bilimini quyidagicha 
sinab ko‘radi. 
1) Excel jadvallari qanday qismlardan iborat? 
– MS Excel 2010 ning standart varag‘ida harflar orqali belgilanuvchi 16348 ta 
ustun va raqamlar orqali ifodalanuvchi 1048576 ta satr mavjud bo‘lib, ustunlar A 
harfdan boshlanib XFD bilan tugallanadi. Varaqdagi alohida olingan har bir katakni 
faollashtirish uning ustida sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga 
oshiriladi. 
2) A2D yozuvida qanday xatolik mavjud? 
– Bu yozuvda A2D katakcha manzili noto‘g‘ri ko‘rsatilgan. 
3) Berilgan uchta sonning yig‘indisini hisoblang. 
– Buning uchun dastur ish oynasidan uchta ixtiyoriy katakcha tanlanib, qiymat 
kiritiladi. Misol uchun: A1=10, B1=20 va C1=30. Yig‘indini hisoblash uchun ixtiyoriy 


179 
katakchaga tenglik belgisi qo‘yilib quyidagicha yoziladi: =A1+B1+C1 yoki 
=10+20+30 kabi klaviatura tugmalari yordamida kiritiladi va Enter tugmasi bosiladi. 
Shuningdek, mobil taʻlim asosida o‘quvchilar «Informatika va axborot texnologiyalari» 
fanidan mustaqil taʻlim olishda «Dialog» ko‘rinishdagi nashrlardan ham samarali 
foydalanishlari mumkin. Buning uchun «Excelda sodda ifodalarni hisoblash» mavzusi 
bo‘yicha «Moodle» tizimiga kiritilgan dialogni yuklash orqali o‘rganish mumkin. 
Dialog interfaol ko‘rinishda bo‘lib, o‘quvchiga mavzu yuzasidan tegishli savol beriladi 
va javob berilishi bilan personaj orqali uning emotsiyasida o‘zgarish bo‘ladi. Dialog 
yakunida o‘quvchining javobi hisobga olinib, bilim bahosi maʻlum qilinadi. 
Taklif etilayotgan mobil texnologiya asosida kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilar 
mustaqil taʻlim olishini joriy qilish taʻlim jarayonida «Informatika va axborot 
texnologiyalari» fanining to‘liq o‘zlashtirilishi va taʻlimda turli tashkiliy shakllarini 
integratsiya qilish asosida taʻlim sifatining oshishini, uzluksiz bilim olishni taʻminlaydi. 

Yüklə 3,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin