Masofaviy ta’limda internet texnologiyasi Masofaviy ta’limning ushbu turi global va lokal kompyuter tarmoqlaridan
samarali foydalanishga asoslangan. O‘quvchilar ushbu tarmoq orqali axborot-ta’lim
resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ta’limda Internet texnologiyalarni joriy etishda bir qator tashkiliy, texnik,
metodik va dasturiy xamda o‘quv jarayonini boshqarish masalalarini xal etish talab
etiladi. Internet-texnologiyalar asosida o‘qitishda sub’ektlarning yashash joyi, o‘qitish
vaqti hech qanday ro‘l o‘ynamaydi.
O‘qitish avtonom ravishda olib borilishi mumkin. Ushbu o‘qitish
texnologiyasida o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida elektron pochta orqali interfaol
masloxatlarni tashkil etish va o‘quv jarayoniga tegishli boshqa ma’lumotlar bilan
axborot ayirboshlash mumkin. Internet- texnologiyalar ta’limda elektron darsliklardan,
virtual
stendlardan,
elektron
ensiklopediyalardan,
annimatsion
multimedia
majmualaridan foydalanishga, shuningdek sub’ektlarni bilimini nazorat qilishning test
usulini joriy etishga asoslangan. Telekommunikatsion texnologiyalar - o‘quv jarayonida
telekom-munikatsiyaning zamonaviy texnik va axborot vasitalaridan foydalanishga
asoslanadi. Telekommunikatsion texnologiyalar asosida o‘qitish nisbattan qimmat
texnik va dasturiy vositalardan foydalanishni talab etadi. Jumladan, sun’iy yo‘ldosh
aloqa vositasi yoki telekommunikatsiya tizimi orqali bir vaqtining o‘zida turli auditoriya
yoki kompyuterlarga ovozli videomaruzalarni translyasiya qilish xamda ikki tomonlama
real muloqot o‘rnatish imkoniyatlarini yaratadi
188
3.2- jadval
Axborot uzatish usuli
Qayta tiklash qobiliyati
3 soatdan keyin
3 kundan keyin
Og‘zaki
25 %
10-20 %
Vizual
72 %
10 %
Vizual + og‘zaki
80 %
65 %
Faollashtirish
90 %
70 %