Akt sohasining vijudga kelishi va rivojlanishi


- rasm. Axborot mahsulotlari



Yüklə 75,5 Kb.
səhifə5/8
tarix02.01.2022
ölçüsü75,5 Kb.
#37212
1   2   3   4   5   6   7   8
AKT SOHASINING RIVOJIDA FANNING O'RNI

1.3 - rasm. Axborot mahsulotlari

Axborot maxsulotlarini qayta ishlashdagi texnika va aloqa vositalari rivojlanishi axborot industriyasining tarkibiga katta ta'sir etmoqda. Ma'lumotlarniuzatish borasida global va milliy tarmoqda rning shakllangani bois foydalanuvchidan uzoq masofada joylashgan ma'lumotlar bazasiga muloqotli kirishi jaxonda axborot xizmatlarining asosiy turlaridan bo’lib hisoblanadi. "Onlayn" turidagi ma'lumotlar bazasi sonining absolyut o’sishi va ularning tijorat asosidagi sonining ko’payishi kuzatilamoqda.

Shunday axborot maxsulotlari mavjudki, ular bizning kelajagimizni aks ettiradi va uzoq vaqt unga nisbatan talab yuqori bo’lmaydi. Bunday turdagi axborot maxsulotlari yo’qolib ketmasligi kerak, chunki fanning axborot bilan kerakli darajada ta'minlanmasligi jamiyat taraqqiyotini sekinlashtiradi. Bu esa o’z navbatida ilmiy-tadqiqot ishlarini qaytadan olib borishga majbur qiladi. Foydalanuvchilarning axborot resurslariga kira olish imkoniyati mamlakatning axborot kommunikatsiyalar biznesini shakllantirish yo’lida asosiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi ayni shu ko’rsatkich bo’yicha sanoati rivojlangan mamlakatlardan ortda qolmoqda. Buning asosiy sabablarini quyidagicha deb bilamiz:

a) davlat axborot resurslarining ko’p qismini tijorat asosida tarqatib bo’lmaydi;

b) axborot resurslari ommaviy foydalanish uchun anchagana qimmat;

v) ko’pgina kategoriyadagi resurslar ma'lumotnoma va yo’naltiruvchi vositalarga ega emas;

g) elektron axborot resurslarining ayrim qismi o’zaro to’g’ri kelmaydigan kompyuter qobiqlarida joylashgan;

d) resurslarning ko’pgina egalari axborotlarni tarqatishni ta'minlovchi texnologiya va vositalarga ega emas.

Axborot maxsulotlariga kirish foydalanuvchilarning moliyaviy sharoiti bilan bog’lanib qolmoqda, bu esa moliyaviy imkoniyati chegaralangan foydalanuvchilarning faoliyat unumdorligani pasaytiradi. Shuning uchun tijorat ma'lumotlar bazasidan tashqari umumiy foydalanishga mo’ljallangan notijorat ma'lumotlar bazasini xam yaratish maqsadga muvofiqdir. 


Yüklə 75,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin