2. BOSHQARUV FAOLIYATIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING HOZIRGI HOLATI
2.1. O'zbekiston Respublikasida elektron boshqaruv usullari va elektron hokimiyat modelining rivojlanish bosqichlari
Davlat sektorida boshqarishning elektron usulini qonunchilik asosida rivojlantirish. Xozirgi davrda axborot kommunikatsion texnologiyalarni (AKT) jaxon miqyosida hayotga keng qo’llanishi industrial jamiyatdan axborot jamiyatga o’tishi bilan tavsiflanadi. AKT rivojlanishi umuman iqtisodiy sohalarning raqobatbardoshligini va davlat boshqaruv samaradorligini oshiradi.
O’zbekiston Respublikasida AKT keng joriy etilishi uchun zaruriy shartlari bo’lib xuquqiy va uyushtirish shartlari hisoblanadi, bu esa o’z navbatida jamiyatni demokratik o’zgarishlariga olib kelib aholini axborot resurslarni erkin olishiga, uzatishiga va tarqatishga xuquq beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 2007 yil 23 avgustdagi Vazirlar Mahkamasida o’tkazilgan yig’ilishda o’zining ma’ruzasida ma’muriy isloxotning asosiy bir yo’nalishi bo’lgan “progressiv axborot kommunikatsion texnologiyalarni davlat boshqarish tizimiga bosqichma-bosqich joriy qilib, uni mukammallashtirib borib keraksiz hisobotlarni va qog’ozli xujjat almashuvini qisqartirish”ini ta’kidlagan.
Davlat organlari va boshqaruvida AKTdan foydalanish quyidagilarga yordam beradi:
- ochiq turdagi fuqarolar jamoasini yaratishga;
- davlat boshqaruv samaradorligini ko’tarishga;
- davlat sektori xarajatlarini qisqartirishga;
- davlat organlari va boshqaruvi bilan fuqarolar xamda xo’jalik sub’ektlari orasidagi o’zaro munosabatlarni yuksalishiga.
Davlat sektoriga AKT joriy qilinishi iqtisodiyotni rivojlanishini tezlatadi, ish samaradorligini oshiradi, davlat muassasalarining ishlab chiqarish quvvatini ko’taradi.
Davlat sektorida elektron boshqaruv usulining maqsadi va masalasi quyidagilardan iborat:
- aholi, shaxsiy sektor va nodavlat jamiyatni davlat organlari va o’z-o’zini boshqaruv organlari xizmatlaridan maksimal darajada foydalana olish;
- AKTdan foydalanish yordamida davlat va o’z-o’zini boshqarish korxonalarida eng yuqori ish samaradorligiga erishish;
- biznes iqlimini yaxshilash natijasida chet el investitsiyasini kiritish;
- shaxsiy, jamiyatni va davlatni axborot xavfsizligini ta’minlash va demokratik rivojlanishini sharti bo’lgan erkin va teng xuquqlilik ravishda informatsiyani olish, tarqatish va foydalanishning samarali tizimini yaratish.
O’zbekiston Respublikasi davlat sektoriga elektron texnologiyaning qo’llanishi va rivolanishining asosiy yo’nalishi bo’lib xuquqiy-normativ bazani mukammallashtirish hisoblanadi.
Shu yo’nalishdagi asosiy masalalardan biri bu elektron xujjatlarni yaratish va qo’llash borasida qonunchilik bazasini shunday yaratish lozimki, u umumiy axborot resurslar va tizimlardan foydalanish imkoniyatini, informatsiyaning konfeditsionalligini, shuningdek, oddiy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlashga qaratilgan bo’lmog’i lozim.
Davlat sektoriga AKT joriy qilishda xuquqlarni qayta ko’rishda asosiy savollar bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- davlat organlari va boshqaruv axborot resurslari va axborot tizimlaridan erkin xolatda foydalanish xuquqini xar bir fuqaroga joriy qilish;
- internet tarmog’idan foydalanib davlat iqtisodiy ishlarini olib borish xuquqini ta’minlash (elektron tijorat, elektron xujjat almashuv, axborot xizmatlar);
- davlat tomonidan AKTdan foydalanilganda uning axborot xavfsizligini ta’minlash;
- axborot kommunikatsion tizimlarda yuritiladigan elektron xujjatlarning xaqiqiyligini aniqlash qoidalarini urnatish;
- axborot jamoaning xuquqlarini mukammallashtirish, chunki xar bir axborot
fuqaro elektron texnologiyani davlat sektoriga joriy qilganidan so’ng yangilikni sezmog’i lozim.
Davlat sektorida AKTdan foydalanish uchun xuquqiy-normativ bazaning quyidagi yo’nalishlarini mukammallashtirish lozim:
- AKT sohasi bo’yicha umumiy qonnunchilikni kompleks ravishda mukamallashtirib, xalqaro qonunchilik bilan muvofiqlashtirish;
- informatsiyaning ochiqligini saqlagan holda, lekin konfidentsional informatsiyalardan foydalanishga chegara qo’yilgan holda informatsiya xuquqiy tartibini aniqlash;
- kompyuter jinoyati haqida qonun loyixasini tayyorlash;
- konfidentsial informatsiya haqida qonun loyixasini (ishdagi sir, tijorat siri, bank siri va x.k.) tayyorlash;
- axborot xizmatlarni ko’rsatish qoidalarining normativ aktlarini ishlab chiqarish (elektron xujjat ayirbolash, axborot resurslaridan foydalanish va x.k);
- elektron xujjat ayirboshlash jarayonida axborot tizimini yaratish, ularning o’zaro munosabati, informatsiya xavfsizligi va muxofazasi uchun standartlar ishlab chiqish.
Boshqarishning elektron usuli deganda avvalambor xamma xujjatlarni elektron ko’rinishga o’tkazish va davlat elektron oldi-sotdi jarayonini rivojlantirish demakdir. Shu bilan birgalikda davlat biznes sohasida ish olib borayotgan fuqarolarga zamonaviy AKT qo’llash bo’yicha o’rnak bo’lmog’i lozim.
XULOSA
Demak, elektron xujjatlarni (EX) davlat boshqaruviga qo’llash ma’muriy isloxotning asosiy vazifalarini ham yechib beradi. EX tushunchasi asosan 1990 yillarda kelib chiqqan bo’lsada, asosan xozirgi vaqtlarda ko’p e’tibor berilmoqda. Birinchilar qatorida EX yaratishda AQSH, Angliya va shuningdek Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya, Fransiya kabi davlatlar hisoblanadi. Sovet Ittifoqi davrida Pribaltika davlatlari bo’lmish Estoniya va Latviya respublikalarida boshlangan. Bu borada O’zbekistonda ilk qadamlar qo’yilgan desak yanglishmaymiz. Ayniqsa, oxirgi yillarda bu sohada ancha ishlar qilindi.
Prezidentning 2002 yilning 30 may oyda № PF-3080 sonli “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” buyrug’ining ijrosi sifatida O’zbekiston xukumati tomonidan AKT rivojlantirish va EX qo’llash natijasida bir nechta ma’muriy xujjatlar qabul qilindi. Natijada yangi vertikal ijroiy xokimiyati barpo qilinib korxonalararo yaratilayotgan informatizatsiya jarayonini boshqaruv dasturini bajarilishini nazorat qilish markazi yaratildi. Bu dasturni anchagina markaziy va maxalliy boshqaruv organlari ma’qullab, ko’pchiligi dasturning mustaqil strukturasiga ega bo’lib, ularga korxonalararo informatizatsiya jarayonini joriy qilishga javobgarligi yuklatildi.
Natijada davlat boshqaruv organlariga yangi texnologik boshqaruv usullari kirib keldi. O’zbekiston Respublikasining Hukumat Portalining axborot resursi bo’lib Internet tizimida o’rnatilgan www.gov.uz portaldan iborat. U o’zbek, rus va ingliz tilida yozilgan. O‘zbekiston RespublikasiningHukumat portali dаvlаt hоkimiyati оrgаnlаri fаоliyatining funktsiоnаl jаrаyon vа tаrtibini qo`llаb-quvvаtlоvchi, dаvlаt hоkimiyati vа bоshqаruviоrgаnlаrining elеktrоn hаmjihаtlik infrаtuzilmаsining tizimini tаshkil etuvchi qism hisоblаnаdi. Portalning asosiy maqsadlari:
- fuqаrоlаr vа хo`jаlik sub’еktlаrigа hоkimiyat vа bоshqаruvi оrgаnlаri tоmоnidаn tаqdim etilаdigаn ахbоrоt rеsurslаri vа хizmаtlаrining hаjmini оshirishgа mo`ljаllаngаn iхtisоslаshtirilgаn ахbоrоt tizimini yarаtish;
- O`zbеkistоn Rеspublikаsi Hоkimiyatining fаоliyati to`g`risidаgi mа’lumоtlаr bilаn tа’minlаsh, O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali mаqsаdli аuditоriyasini zаrur muаssаsаlаr bilаn o`zаrо аlоqа qilish jаrаyonlаri vа imkоniyatlаri to`g`risidа, fuqаrоlаrning mаjburiyatlаri vа huquqlаrining kеlib chiqishi to`g`risidа, dаvlаt hоkimiyati оrgаnlаrining fаоliyati to`g`risidаgi ахbоrоtlаrdаn to`liq, tеzkоr vа fоydаlаnishdа qulаyligi, dаvlаt hоkimiyati оrgаnlаri vа bоshqаruvining rаsmiy pоzitsiyasini аks ettiruvchi kеng ko`lаmdаgi ахbоrоtlаr bilаn tа’minlаsh;
- chеklаngаn хizmаtlаnishgа mo`ljаllаngаn ахbоrоtgа kiritilgаn mа’lumоtlаrdаn tаshqаri, tеgishli ахbоrоt rеsurslаrini jоylаshtirish vа tаshkil etish yo`li bilаn fuqаrо vа tаshkilоtlаrni dаvlаt ijrо hоkimiyati оrgаnlаrining fаоliyati to`g`risidаgi rаsmiy ахbоrоtgа kirishini tа’minlаsh;
- O`zbеkistоn Rеspublikаsining хаlqаrо nufuzini оshirish vа milliy iqtisоdiyotimizgа invеstitsiyalаrni jаlb etish uchun shаrt-shаrоitlаrni yarаtish.
Dostları ilə paylaş: |