1.3 Korxona boshqaruv faoliyatida axborot kommunikastiya texnologiyalaridan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari
Axborot inqilobi, nafaqat yangi echimlar va yangi imkoniyatlarni, balki yangi muammolarni ham keltirib chiqaradiki, ular vaqt o’tishi bilan tobora yaqqolroq namoyon bo’ladi va o’z echimini talab qiladi. Yangi texnologiyalarning joriy qilinishi katta moddiy va ishchi kuchi sarflarini talab etadi, shuning uchun hamma mamlakatlar ham bu yo’lda birdek say-harakatlarni amalga oshira olmaydi. XXI asr boshida yer kurrasida yashovchi 6.1 mlrd kishidan 80% o’z hayotida biron marta ham telefondan, 93% kompyuterdan foydalanmagan. Bunday holat kelgusi jahon siyosiy-iqtisodiy taraqqiyotiga jiddiy to’sqinlik qilishi mumkin. AKTning rivojlanish darajasiga ko’ra mamlakatlarni bir necha guruhga bo’lish mumkin:
- yuqori darajada rivojlangan ITP ga ega bo’lgan taraqqiy etgan mamlakatlar: shu jumladan a) AKTning tezkor rivojlanish davlat dasturlarini qabul qilganlari (Yaponiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Shvestiya, Finlyandiya, Franstiya); b) hozircha bu sohada maxsus davlat dasturlariga ega bo’lmaganlari (Germaniya, Norvegiya, Islandiya, Italiya, Avstraliya);
- o’rtacha darajadagi ITP ga ega mamlakatlar (Grestiya, Portugaliya, Sharqiy Evropa mamlakatlari);
- AKTni tezkor rivojlantirish bo’yicha maxsus dasturlar qabul qilgan mamlakatlar (Hindiston, Rossiya, Estoniya, Malayziya, Singapur, Meksika, Qozog`iston, Qirg`iziston);
- AKTni tezkor rivojlantirish bo’yicha maxsus dasturlarga ega bo’lmagan, o’rtacha darajadagi ITP ga ega mamlakatlar (ko’pchilik Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlari), O’zbekistonni ham shu guruhga kiritish mumkin;
- AKTni joriy qilish uchun mablag`i bo’lmagan juda past darajadagi ITPga ega mamlakatlar;
- Afrika mamlakatlari (JAR bundan mustasno), Osiyoning ayrim mamlakatlari (Afg`oniston).
Bugungi kunda G`arbiy Evropadagi AKT bozorlari eng faol rivojlanayotgan, Sharqiy Osiyo, Sharqiy Evropa va Janubiy Amerika bozorlari esa sust rivojlanayotgan bozorlar qatoriga kiradi. AQSh va Yaponiyaning AKT bozorlari mo’’tadil sur’atlarda rivojlanayotgani ko’zga tashlanadi. Jahon AKT bozori bugungi kunda atigi ikki-uch yil avvalgidagiga nisbatan ancha murakkab tuzilish kasb etdi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bozori tarkibiga mikroelektronika, asbob-uskunalar va dasturiy ta’minotni ishlash va ishlab chiqarish, telekommunikatsiyalar, mobil servislar, Internetga kirish huquqini ta’minlash, Internet axborot resurslari va elektron biznes kiradi. Evropa axborot texnologiyalari observatoriyasi (www.eito.com) mutaxassislarining e’tirof etishlaricha, butun AKT bozori telekommunikatsiyalar bozori va axborot texnologiyalari bozoriga bo’linadi. (4‑rasm)
Dostları ilə paylaş: |