Akusher-ginekologik asboblar



Yüklə 63,2 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü63,2 Kb.
#199255
Akusher-ginekologik asboblar


Akusher-ginekologik asboblar

Homiladorlik va tugMsh jarayoni — organizmning kasallanishi


emas, balki tabiiy fiziologik holat. Shuning uchun mazkur
jarayonlar me’yoriy rivojlanganda ayol davolashga muhtoj
boMmaydi. Shu munosabat bilan akusherlik asboblari ko‘p emas
va asosan tashxislashda foydalaniladi.
Akusherlik asboblari
Akusherlik svetoskopi (53-A rasm) — homilador ayolning
qorindagi homilasining yurak urishini eshitish uchun ishlatiladi.
Akusherlik svetoskopi umumiy vrachlik svetoskopidan farqli oMaroq
eshitish paytida katta sohani qamrab olish imkonini beruvchi ichki
diametri 40 mm va ichki qubbaning 70 mm balandligi bilan ancha
keng tovush olish qismi (eshitish voronkasi)ga egadir. Qattiq navli
daraxtlar — oq qayin, klyon, bukdan tayyorlanadi. Naychaning
keng qismi va tovush o‘tish qismi yaxshilab ishlangan hamda
to‘siqlarsiz ravon o'tish joylariga ega boMishi kerak. Svetoskuu
tashqaridan laklanadi.

Toso'lchagich (tazomer) (53-B rasm) — ayol tosininig sirtdan


o‘lchamlarini aniqlash maqsadida ishlatiladi.
Tosning sirtqi oMchamlari uning ichki o‘lchamlari kattaligi
haqida xulosa chiqarish imkonini beradi, bu esa homila boshchasini
o'tishining muvaffaqiyatiga bogMiqdir. Tos o‘lchagich uzunligi 360
mm qayrilgan oyoqchalarga ega O-simon katta oMchovli sirkuldir.
Oyoqchalar yirik tugmachalar bilan tugaydi. Oyoqchalarni
tutashtiruvchi yoysimon oMchov chizgMchi sharnirdan 100 mm
narida joylashgan va 0 dan 50 gacha (santimetrlarda) boMaklarga
ega shkala mavjud; vint yordamida har bir oMchashda
oyoqchalaming maksimal kengayishi qayd etilishi mumkin. Asbob
galvanik qoplamali poMatdan tayyorlanadi. Uning sharnirdagi
harakati yengil, to'xtamasdan kechishi lozim; oyoqchalari yopilgan
holatda tebratishiga yo‘l qo'yilmaydi.
A B D E
2 - Ш ' Ъ
53-rasm. Akusherlik-ginekologik asboblari.
Kindikka qavslar qo‘yish qisqichlari (53-E rasm) — metall
qavslar bilan kindikni bog‘lashda qoMlaniladi. Qattiq, salmoqdor
(uzunligi 216 mm) bog‘lash bo‘yicha muolajani qulay va oson
bajarishda qo‘l keladi. Zanglamas 30x13 po'latdan tayyorlanadi.
qisqichlami yetkazib berish to‘plamiga 1000 dona qavslar (katta va
kichik 500 donadan) joylashtiriladi. Kindik nayini qirqish uchun
maxsus qaychilar ishlatiladi (53-F rasm), radiusi bo'yicha qayrilgan
bo'ladi.
Yuqorida tasvirlangan asboblar bilan, odatda, me’yoriy
akusherlik amaliyotida chegaralaniladi.
Patalogik holatlarda akusherlardan shoshilinch va tezkor
aralashuv talab etiladi, bunday aralashuv quyida tasvirlangan turli
asboblar yordamida amalga oshiriladi:
Akusherlik qisqichlari (53-D rasm) — tug‘ish jarayonida
homilani chiqarib olish uchun qoMlaniladi. Qisqichlar, asosan,
tug‘ish faoliyatining zaifligi yuzaga kelganda ishlatiladi, shuningdek
tug‘ish murakkab kechganda uni tezroq tugallash zarur boMganda
qisqichlar asqotadi. Akusherlik qisqichlari to ‘g‘ri va qayrilgan boMadi.
Mahalliy sanoatda qisqichlaming 2 ta turi ishlab chiqariladi: Sims
— Braun bo'yicha qayrilgan va Gumilyovskiy bo'yicha to'g'rilari.
qisqichlar o'simtali (4) va o'yiqlarga ega (5) tutqichli, yumaloq
shakldagi ishchi qism yoki qoshiqchalar (3) ga bo'ladigan alohida
konstruksiyali (2) qulf yordamida tutashadigan 2 ta shox (7) ga
ega bo'ladi. Asbobning uzunligi 350 mm ni tashkil etadi.
Qisqichlar zanglamas 30x13 po'latdan tayyorlanadi. Ular qulfda
tiqilmasdan va qisganda qiyshaymasdan oson hamda ravon ochilishi
va silliq, yaxshi ishlangan sathga ega boMishi lozim. Asbob sinovdan
o'tkazilganda uning egiluvchanligi va mustahkamligiga e’tibor
beriladi. Qisqichlar bilan kesigi 50x50 mm yog'och taxtasi bosganda
deformatsiya qoldiqlari va oyoqlari bukilmasligi lozim. To'g'ri
qisqichlar biroz uzun (370 mm) va atravmatik boMishi kerak.
Qorin bukigi ilmog'i — homila dumbaga yaqin yotganda uni
chiqarib olish uchun zarur uchida ravon bukik va diametri 8 mm
yirik tugmasi boMgan naychali po'lat dasta. Ilmoqning bukik joyidagi
mustahkamligi ilmoqqa 10 kg yuk osib tekshiriladi. Yuk olinganidan
so‘ng ilmoqda deformatsiya izlari boMmasligi lozim. Xrom
qoplamali poMatdan tayyorlanadi.
Embriotomiya asboblari
Embriotomiya — homilani boMib tashlash yoMi bilan
bachadondan olish operatsiyasi. Embriotomiya bir necha turlar
bilan farqlanadi: kraniotomiya, dekapitatsiya va hokazolar, ularni
bajarishda maxsus asboblar ishlatiladi.
Perforator — homila oMchovlarini kichraytirisn maqsadida
boshchasini teshishga moMjallangan. Boshcha homilaning eng yirik
qismi hisoblanadi. Uni yorib ochishdan keyin va hatto qisman
bo‘shatilganidan so‘ng boshcha oMchovlari kichrayadi hamda homila
oson (mustaqil) chiqadi yoki perforatsiya qilingan boshcha ortidan
olib chiqish mumkin.
Sanoatda nayzasimon (53-G rasm) perforator ishlab
chiqariladi. U kamonsimon poMat pichoqli (1) va xuddi shunday
nayzasimon pichoq (2) bilan sharnir yordamida shoxga biriktirilgan
va qayrilma tutqichli, to‘g‘ri yoMli naydir. Prujinali tutqich harakati
bilan sanchilgandan keyin ayni paytda to‘qimali chiziqli qirqib,
nayzasimon pichoqlar qo‘zg‘atiladi.
Termik talablarga muvofiq nayza tigMari o‘tkir yoriqsiz,
g‘adir-budirsiz va boshqa nuqsonlarsiz boMishi lozim. Prujina harakati
ostida perforator mustaqil yopilishi kerak. Funksional xususiyatlarini
sinash qalin kartonni teshish yoMi bilan amalga oshiriladi;
ayni paytda nayzaning uchi to‘mtoq boMib qolmasligi lozim.
Kranioklast (53-H rasm) — perforatsiyalangan boshchadan
keyin homilani chiqarib olishga moMjallangan uzun kuchli
qisqichlar. Kranioklastdan foydalanilganda perforatsiya qilingan
boshchaning tuynugidan yopiq qoshiqcha kalla suyagi ichiga
yuboriladi, ikkinchisi, darchaliligi esa boshcha tashqarisiga qo‘yiladi;
shundan keyin shoxlar tutashtiriladi, vint bilan mustahkamlanadi
va traksiva amalga oshiriladi.
Dekapitatsion ilmoq (53-1 rasm) o‘tkir bukikka ega. Uni
homila bo‘yniga qattiq mindirishadi va dastasini burib, umurtqa
pog'onasi bo‘yin qismida burib sindiriladi, so‘ngra homila ilmoq
bilan tortib chiqarib olinadi.
Homilani kesuvchi akusherlik qaychisi (53-J rasm)
dekapitatsiya paytida va homiladan xoli bo‘lish operatsiyalarida
qo'llaniladi. Qaychi S harfi shaklida qayrilgan bo‘ladi, uzunligi
ancha katta. Ayniqsa dastasi bo‘yicha farq qiladi: uzunligi 240
mm, zanglamas 40x13 poMatidan tayyorlanadi.
Ginekologik asboblar
Qin ko‘zgulari devorlarini chetga suradi va shilliq pardani,
shuningdek bachadonning qin qismi-bo‘ynini va uning sirtqi og‘zini
ochadi. Barcha ginekologik ko'zgular yaltiragan holatdagi silliq,
ravon, o‘yiqsiz sathli, chetlari va burchaklari yumaloqlangan
boMishi kerak.
Sanoatda ko‘zgularning quyidagi turlari va oMchovlari ishlab
chiqariladi:
— novsimon, Sims bo‘yicha 2 tomonli — umumiy tutqichli
turli oMchovdagi 2 ta qoshiqdan iborat; zanglamas poMatdan yoki
qoplama jezdan 6 ta oMchov (1—6) li qilib tayyorlanadi, uzunligi
va eni bo'yicha (eni 21—36 mm) qoshiqdan biroz farq qiladi. Hoziigi
vaqtda amaliyotda polivinilxloriddan tayyorlangan steril ko‘zgular
keng ishlatilmoqda;
— Martini bo'yicha, oldingiga o'xshash, lekin tepa ko'zgusi
biroz keng — 2 oMchovli (57 va 67); 12xl8N9T po'latidan
tayyorlanadi;
— Tashxislashda qirtishlab tozalash uchun qopqoqli teshik
to'plami bilan ta ’minlangan; 2 raqamda ko'zguning 127 va 135
mm qulochi bilan ishlab chiqariladi;
— Otto bo'yicha ginekologik ko'targich odatda qinning oldingi
dev o rch ala rin i k o 'ta rish uchun novsimon k o 'zg u la rd an
foydalanilganda qo'llaniladi, eni 25, 30, 38 va 45 mm, ishchi
qismining qalinligi 2 mm 4 ta raqamda tayyorlanadi, shuning
uchun 30x13 po'latdan ishlab chiqariladi;
— Novsimon bir tomonlama, shakliga ko‘ra 12x18N9T
poMatidan tayyorlanadi;
— Kusko bo'yicha 2 tavaqali — o'zini o‘zi ushlaydigan kengaytirgichlar
turi bo'yicha ishlaydigan yarim avtomatdir; 3 ta oMchovda
kattalar uchun, shuningdek bolalarga moMjallab tayyorlanadi.
Gegar bo'yicha bachadon bo'yinchasi kanalini kengaytirgichlar
— bachadon bo'yinchasi kanalini kengaytirish maqsadida
uning bo'shlig'iga turli asboblar va ashyolarni kiritish uchun
uzunligi 190 mm silliq yumaloq ishchi uchli asbob ishlatiladi,
№3 dan №24 gacha to'plam tarzida yarim raqamlar — №3,5 dan
№ 12,5 gacha ishlab chiqariladi.
Bo‘laklarga bo'lingan bachadon zondi — bachadon bo'shlig'i
hajmini tadqiq etish uchun, uzunligi 230 mm, santimetrlarga
bo'lingan. ishchi uchida tugmachali va halqasimon dastali silliq
jez nayidir.
Ayollar kateteri dori purkash va sug'orish uchun — qinni va
bachadon bo'shlig'ini yuvib tozalashga moMjallangan. Kateterdan
foydalanilganda u irrigator krujkadan keladigan rezina naychaga
tutashtiriladi.
Qin operatsiyalari uchun qattiq qisqich soyli, keng jag'li (5
mm) va deyarli 90" bukikli uzun (230 mm) qisqichdir. Zanglamas
po'latdan tayyorlanadi.
Qisqichlar:
— oql i turli aralashuvlar paytida (dori va kontrast
moddalami bachadonga quyishlar, bachadon bo'yinchasi kanalini
zondlash, kengaytirish va hokazolar) bachadon bo'yinchasi va
tanasini ushlash va tutib turish uchun; asosiga ravon o'tadigan
o'tkir tishchasimon jag'li qayrilma ilmoqli uzun (260 mm) qisqich
asbobdir. Zanglamas po'latdan tayyorlanadi; funksional xossalarini
sinash kremalera so'nggi tishiga yopilganda 3 metrli doka bintni
jagMar orasida 3 marta qisish yo'li bilan amalga oshiriladi, ayni
paytda deformatsiya izlari qolmasligi kerak;
— ikki tishli o'tkir o'qli qisqich ishlatiladigan hollarda
qo'llaniladi; ishchi qismida 2 ta o'tkir tishi mavjud, bu esa
mutaxassislar fikricha, a’zoni ishonchli fiksatsiya qilish imkonini
beradi va kamroq japrohat yetkazadi;
— homila tuxumini olib tashlash uchun — jarrohlik ginekologik
aralashuvlar paytida hosila tuxumini ushlash va olib tashlashga
moMjallangan; oynali shaklga ega jagMarida soy mavjud, zanglamas
poMatdan tayyorlanadi.
Qisqichlaming tarangligini tekshirish diametri 6—7 mm rezina
naychani jagMar orasida 10 marta qisish bilan amalga oshiriladi.
Kyuretkalar — tashxis va davolash maqsadida bachadonning
shilliq pardasini qirishga moMjallangan. Olti qirrali dastali, to‘g‘ri
yoMli silliq nay bilan tutashtirilgan, U8 poMatdan tayyorlangan,
uzun (300 mm) halqadir; dastasi olti qirrali va sathi pardozlanmagan,
qolgan qismi — silliq, yaltiroq qilib pardozlangan.
Kyuretkalar 3 turda ishlab chiqariladi: halqaning darchalari
(6—13 mm) va uzunligi (17—30 mm) bilan farqlanadigan o'tkir
va to'mtoq tishli boMadi. O'tkir kyuretkalar g'adir-budirsiz va timalgan
joylarsiz bo'lishi lozim. O'tkir kesuvchi qirraga ega. Qirrasining
o'tkirligi qayin po'stlog'ini qirish bilan tekshiriladi. Sinov vaqtida
qirra o'tmaslanmasligi va sinmasligi kerak. O'tmas kyuretkalarning
kesuvchi qirrasi radius bo'yicha yumaloqlangan bo'lishi kerak.
10.5. Urologik asboblar
Peshob-jinsiy tizim xastaliklari (peshob yo'li, peshob pufagi,
peshob jomi, buyraklar)ni tashxislash va davolashda ishlatiladi.
Erkakning peshob yo'li shakli va uzunligini, uning unchalik katta
bo'lmagan diametri va undagi torayishlarni hisobga olib, erkakning
peshob yo'li orqali peshob pufagiga yuboriladigan asbob yetarlicha
uzunlikka va ishchi uchi (tumshug'i)ning tegishlicha egikligiga ega
bo'lishi kerak. Asbobning sathi tekis va silliq, tumshug'i esa dumaloq
bo'lishi lozim.
Kateterlar peshob-siydik pufagini bo'shatish va yuvish uchun
ishlatiladi. Kateterlash ko'pincha tashxislash, peshob pufagini
yuvish esa davolash maqsadida, turli preparatlar yordamida amalga
oshiriladi. Kateterlar nafaqat maxsus klinikalaryoki bo'linmalarda,
balki tibbiy tez yordam ko'rsatilayotganda umumiy vrachlik
amaliyotida, akusherlikda, travmatologiya va boshqalarda ham
ishlatiladi.
Kateterlar rezinali (yumshoq), egiluvchan (yarim yumshoq)
va metalldan (qattiq) bo'ladi. Qattiq kateterlar, shakli va o‘lchoviga
qarab, erkak, ayol va bolalamikiga bo‘linadi.
Metall kateterlar — bitta uchi (tumshug‘i) dumaloq, egilgan
va markaziy teshigi bo'lmagan to‘g‘ri yo'lli naychalar. Kateteming
ushbu teshiksiz uchidan bir necha millimetrdagi devorida
qavariqsimon 2 ta teshik yasalgan, ular teskari tomonlarda
joylashgan. Tumshuqning dumaloq berk uchi kateterni yuborishni
yengillashtiradi va peshob yo'li shilliq pardasiga kamroq jarohat
yetkazadi. Kateterning ikkinchi uchi gardishli bo'lib, uning yaqinida
kateterga bitta yoki 2 ta quloqcha biriktirilgan. Ular bir necha kunga
kateterlash talab qilingan hollarda kateterni mustahkamlab
qo'yishga xizmat qiladi va yuborilgan kateterning holati, ya’ni
uning tumshug'i yo'nalishi haqida mulohaza yuritish imkonini
beradi. Kateterlar shilimshiq, qon va qon qotishmalarini tozalashga
xizmat qiladigan mandren bilan ta’minlangan.
Nikellashgan jezdan tayyorlanadi. Tashqi sathi yaxshi ishlov
berilgan bo'lishi lozim. To'lqinlar, o'yiqlar, o'tkir chetlar va
himoyalanmagan joylaming mavjudligiga yo‘l qo'yilmaydi.
Sanoatda metall kateterlarning quyidagi turlari va o'lchovlari
ishlab chiqariladi:
— erkaklar uchun: uzunligi 250 mm va ishchi qismining
ancha qiyshiqligi bilan farq qiladi;
— ayollar uchun: erkaklamikiga nisbatan ancha kichikligi bilan
farqlanadi — naycha uzunligi 150 mm va tumshug'i unchalik
bukik emas, quloqchasi (bitta) kateter gardishidan quyiroqda
biriktirilgan va tumshuq bilan bitta tekislikda joylashgan — o'sha
tomonga yo'naltirilgan; 2 ta raqam (14 va 16) da ishlab chiqariladi;
— bolalar uchun: uzunligi 150 mm va erkaklamikidan faqat
o'lchovlari bilan farqlanadi: 4, 6, 8, 10 va 12.
Egiluvchan kateterlar, odatda, peshob pufagini, ayniqsa
keksalarda prostataning gipertrofiyasi bo'yicha shubha paydo
bo'lganda, tekshirish uchun ishlatiladi. Ularni tayyorlashda PVX
yoki boshqa sintetik ashyo olinadi. Kateterlar suvga chidamli va
tegishlicha dezinfeksiyaga bardoshli bo'lishi lozim. Sifati
tekshirilganda uning sathiga e’tibor qaratilishi kerak: silliq, tekis
210
va yaltiroq boMishi zarur, gMjimlar va boshqa nuqsonlar boMmasligi
lozim.
Egiluvchan kateterlarning quyidagi turlari ishlab chiqariladi:
— boshchali: juft 6, 8, 10, 12 va 14 sonlarga ega boMgan PVX
— polivinilxloriddan;
— bukik: juft 6, 8, 10, 12, 14, 16, 18 va 20 sonli PVXdan:
ishchi qismi dumaloq va 35" burchak ostida egilgan boMishi kerak.
yon sathida dumaloq, toza va silliq chetli elliptik teshikka ega;
boshqa uchida kenglik boMadi.
Peshob kateterlari siydik uyalarini kateterlash uchun
ishlatiladi va sistoskop orqali ko'rish uchun peshob pufagiga
yuboriladi. Bu — urologik kateterlar ichida eng nozik kateter
hisoblanadi (diametri 13 mm). Ikkinchi uchida og'izli dumaloq
uchga ega sintetik ashyodan tayyorlangan naychaga o‘xshaydi. Teshik
kateterning dumaloq uchining yaqinidagi yon tomonida joylashgan.
Kateterda uni yuborilish chuqurligini aniqlash imkonini beradigan
halqachalar mavjud.
Kateter ichki yoMini tozalash uchun bronza yoki jezdan
tayyorlangan mandrena bilan ta ’minlangan. Kateterlar egiluvchan
boMishi zarur. Egiluvchanlikni tekshirish xona haroratida, kateterni
diametri 556 mm silindrga o ‘rash yoMi bilan amalga oshiriladi.
Sinovdan keyin kateter sathida yoriqlar paydo boMmasligi kerak.
Ichki yoMining o‘tishini mandren bilan tekshiriladi. Sathining
sifatiga talab kateterning boshqa turlariga talablar bilan mos tushadi.
Peshob yo‘lini tekshirish asbobi (buj) — erkaklarda peshob
yoMining shilliq pardasi jarohat olganda yoki yalligManish natijasida
uchraydigan peshob yoMining torayishi (siydik chiqarish naychasining
me’yoriy yoMi kichrayishi)ni tashxislash va davolashga xizmat
qiladi. Bujlar metall yoki sintetik ashyodan tayyorlangan turli
kalibrli naylardir.
Sanoatda bujlaming quyidagi turlari ishlab chiqariladi:
— egiluvchan qubbasimon: striktur (peshob yoMining qisqarishi)
larining mavjudligi va joylashgan o ‘rnini hamda torayish
darajasini aniqlash uchun ishlatiladi; ayniqsa, tor strikturalarda
qulay; plastikatdan 5 dan 14 raqamgacha tayyorlanadi; suvda qaynatish
yoMi bilan 20 marta dezinfeksiya turkumiga bardosh beradi;
— buj-cho‘p: oldingi peshob yo'lini tadqiq etish uchun;
uzunligi 200 mm va diametri 3 mm yumaloq uchli naydir; nikel
qoplamali jezdan tayyorlanadi; yaxshi egilishi kerak;
— metall bujlar: peshob yo‘lini izchil yuborish yo'li bilan
peshob yo‘li strikturalarini mexanik kengaytirish uchun; dumaloq
ishchi uchli silindrik shakldagi butun metall naydir; ikkinchi uchi
asbob raqami belgilangan dasta o ‘rnini bosuvchi plastikaga ega;
jezdan tayyorlanadi; nikellanadi va sayqallanadi; sathi toza, silliq,
to ‘lqinlarsiz bo'lishi lozim.
To‘rtta turda to‘la jamlama yoki bitta turdagi to‘plam qilib
tayyorlanadi:
— qayrilgan — oldingi va orqa peshob yo‘lini bujlash uchun;
shuning uchun ko‘pincha davolash muassasalarida qoMlaniladi;
awalgilariga qaraganda uzunroq va o‘ziga xos bukikka ega; raqamlari
16 dan 27 gacha qilib to'plam holida tayyorlanadi;
— peshob yo'lini tonnellashtirish uchun — uzunligi bo'yicha
qisqa torayish sodir bo'lganda shunday qilinadi; tugmali bujlarga
o ‘xshaydi, lekin ancha uzunroq (300 mm) va tugmada (olivasida)
yon teshik mavjud; ikkita — 12 va 20 raqamda ishlab chiqariladi;
— egiluvchan o‘tkazgichli: peshob yo'li keskin torayganda
ishlatiladi; kapron elastik o'tkazuvchi egilgan bujga o'raladi va
peshob yo'liga kiritiladi; muntazam bujlash bilan buj kalibri
oshirilib, uning kengayishiga erishiladi; uchta 12, 14 va 16
raqamlarda to'plam holida chiqariladi.
Yüklə 63,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin