Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


-mavzu. Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə122/341
tarix20.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#158104
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   341
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

9-mavzu. Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari
Globallashuv – yangi falsafiy mavzu. Ming yilligimizning oxiriga kelib, insoniyat tarixida dunyodagi hayotni umuman boshqa yo‘nalishga burib yuborgan globallashuvni guvohi bo‘ldik. “Globalizatsiya”- “gloub (inglizchadan “globe”, yani Yer shari), “global” (“global”, yani butun dunyoga tegishli) va “globallashuv” (“globalize”, yani butun dunyoga tarqalishi) so‘zlaridan kelib chiqqan. Globallashuv atamasi dastlab XX asrning 80-yillari boshlarida iqtisodiy sohada sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T.Levittning 1983 yilda “Garvard biznes revyu” jurnalida elon qilgan maqolasida qo‘llanilgan edi. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan115.
Globallashuvning ilmiy muammo sifatida o‘rganish jarayoni esa Roland Robertson tomonidan 1985 yili uning jahonni yagona bir butun qilish maqsadiga qaratilgan obektiv jarayonlarning majmuasi sifatida aniqlangan davridan boshlangan.116 Bu tushunchaga ana shu paytdan boshlab to hozirgacha turlicha qarashlar davom etib kelmoqda. Globallashuv jarayoni axborot inqilobi, ayniqsa, internetning rivojlanishi hamda moliyaviy bozorlarning integratsiyalashuvi bilan uzviy bog‘liq. Bugungi kunda globallashuv atamasi shunchalik mashhur bo‘lib ketganganki, uni XXI asr mahsuli desak mubolag‘a bo‘lmaydi. SHu o‘rinda, izohlash uchun xilma-xil yondashuvlar, nazariyalar, paradigmalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning hammasini sharhlab quyidagi xulosaga kelish mumkin: globallashuv halqlar, mamlakatlar transformatsiyasi, insoniyatning bir butunlikka integratsiyasini keltirib chiqaradi. SHu manoda, muayyan jamiyat o‘zidan etuk deb hisoblagan boshqa jamiyatning mafkura, qarashlar, ilmiy-texnikaviy, madaniy yutuqlarni o‘zlashtirishi globallashuv tasiri ostida bo‘ladi. SHu borada, kimdir buni jahonning yangi tarkibi shakllanishida xalqlarning yaqinlashuviga, iqtisodiy farovonlikka ijobiy tasir etadi, deb (K.Omae, P.Draker, T.Piters, S.Reysmit, S.Xantington va b.) hisoblasa, boshqalar (Z.Bauman, N.V.Zagladin, F.Fukuyama, G.P.Martin, X.SHuman, M.G.Delyagin, V.I.Dobrenkov va b.) globallashuv milliylikning yo‘qolishi, bir mamlakatning boshqa yirik ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan davlatlarga qaramligini oshiradi deb qaraydilar.
SHu asnoda nafaqat oddiy o‘quvchi, balki o‘z mustaqil mushohadamulohazasiga ega bo‘lgan odamlarda ham globallashuv jarayoni tasirida jahonning yangi tarkibi yoki bo‘lmasa millatlarning totuvligini taminlovchi madaniyati, manaviyati qanday bo‘lishi to‘g‘risida gumon-shubhalar, ikkilanishlar paydo bo‘lishi tabiiy.
Bir necha yillik tadqiqotlari natijasida A.CHumakov “Globallashuv ijtimoiy hayotning barcha sohalarning, manaviy qadriyatlar, dunyoqarash yo‘nalishlarini universallashuviga olib kelishi bilan birga, ananaviylik, o‘ziga xoslik va madaniy xilma-xillikni saqlashni istisno qilmaydi”3 , - degan xulosaga keladi. Bunday davrda shaxs murakkab ijtimoiy muhit sharoitida faoliyat ko‘rsatishga majburdir.
Bundan tashqari, globallashuv masalasiga oid zamonaviy bahslar ushbu muammoni yanada chigallashtirib yubormoqda hamda yangi muqobil g‘oya, nazariyalarning paydo bo‘lishiga turtki bermoqda. Jumladan, “Fransuz olimi Jak Le Dyumgi quyidagi yondashuvlarni ishlab chiqadi:

  1. Liberal yondashuv. Globallashuv faqatgina obektiv jarayon emas, foydali fenomen sifatida iqtisodiy, ijtimoiy samaradorlikka olib keladi;

  2. Madaniy yondashuv. Milliy madaniyatlar inqirozi tarixiy jamiyatlar to‘qnashuvi, “chatishgan madaniyat” ning paydo bo‘lishi”117. YUqoridagi yondashuvlardan farqli o‘laroq Golland tadqiqotchisi YA.N.Piters globallashuvni izohlashda quyidagi paradigmalar tipologiyasini taklif etadi.

  1. “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi. Turli madaniyatga mansub jamiyat mamlakatlarining konfrontatsiyasi;

  2. “Makdonaldlashuv”. Transmilliy kompaniyalar amalga oshirayotgan moderinizatsiya ostida (vesternizatsiya, evropeizatsiya, amerikanizatsiya) madaniyatlari gegemonlashuvi.

  3. “Gibridlashuv”. Halqaro munosabatlar ostida umumiy, aralash madaniyatning paydo bo‘lishi”118.

SHunday qilib, globallashuv ko‘p qirrali jarayon bo‘lganligi uchun uni sharhlashda ancha muammolarga duch kelamiz. Buni bartaraf etish maqsadida jahonda globallashuv tasiri ostida bo‘layotgan jarayonlarni to‘liq va mukammal tahlil etib ko‘rishga to‘g‘ri keladi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin