Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Oddiy qatiy sillogizmning II figurasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə174/341
tarix20.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#158104
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   341
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Oddiy qatiy sillogizmning II figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:

  • Katta asos umumiy mulohaza bo‘lishi kerak.

  • Asoslar bir-biridan sifatiga ko‘ra farqlanishi kerak.

II figuraning to‘rtta to‘g‘ri modusi mavjud:
AEE-Camestres, eAE-Cesare, AOO-Baroko, eIO-Festino.164
Katta asosi umumiy tasdiq, kichik asosi va xulosasi umumiy inkor mulohaza bo‘lgan AEE-Camestres shakli. Misol:
A. Hamma savollar so‘roq gap orqali ifodalanadi.
E. Hech bir farmon so‘roq gap orqali ifodalanmaydi.
E. Hech bir farmon savol emas.
Katta asosi umumiy inkor, kichik asosi umumiy tasdiq, xulosasi umumiy inkor mulohaza bo‘lgan eAE-Cesare shakli. Misol: E. Hech bir daftar kitob emas.
A. Hamma o‘quv qo‘llanmalar kitobdir.
E. Hech bir o‘quv qo‘llanma daftar emas
Katta asosi umumiy tasdiq, kichik asosi va xulosasi juziy inkor mulohaza bo‘lgan AOO-Baroko shakli. Misol:
A. Hamma tarixiy yodgorliklar davlat muhofazasidadir.
O. Bazi turar joylar davlat muhofazasida emas.
O. Bazi turar joylar tarixiy yodgorlik emas.
Katta asosi umumiy inkor, kichik asosi juziy tasdiq, xulosasi juziy inkor mulohaza bo‘lgan eIO-Festino shakli. Misol: E. Hech bir olim shuxratparast emas.
I. Bazi amaldorlar shuxratparastdir.
O. Bazi amaldorlar olim emas.
Sillogizm II figurasidan faqat inkor mulohaza ko‘rinishida xulosa chiqariladi. Oddiy qatiy sillogizm III figurasining maxsus qoidalari:

  • Kichik asos tasdiq mulohaza bo‘lishi kerak.

  • Xulosa juziy mulohaza bo‘lishi kerak.

III figuraning to‘g‘ri moduslari oltita:
AAI-Darapti, AII-Datasi, IAI-Disamis, eAO-Felapton, eIO-Ferision, OAO-

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin