Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Inkorni dialektik tushunish



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə87/341
tarix20.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#158104
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   341
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Inkorni dialektik tushunish yangining eski bilan oddiy almashuvi bo‘lmasdan, balki eskining bag‘rida vujudga kelib, undan foydalanib, qaror topishini tan olishdir. Dialektik inkorning muhim ikki jihati mavjud: birinchisi, eskining o‘rniga yangining kelishi tabiiy-tarixiy jarayon bo‘lganligi uchun taraqqiyotning muhim sharti hisoblansa; ikkinchisi, birinchi eski bilan vorisiy bog‘liq ekanligini ham ifodalaydi.
Inkorni inkor qonunini tushunish uchun uni nega shunday atalishini izohlamoq lozim. Falsafaning bu ta’limotini ikki marta takrorlanuvchi inkorda ifodalanishi olamdagi narsa va hodisalarning doimiy ravishda o‘zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib borishi va oqibatda, rivojlanish yo‘lida ekanligidan kelib chiqadi.
Bu qonunga ko‘ra, har bir mavjud bo‘lgan narsa va hodisalargacha bo‘lgan sifat va miqdor inkor etilishining mahsuli, shy bilan birga, ana shu narsa va hodisalarning o‘zi ham sharoitining o‘zgarishi, vaqtining o‘tishi bilan inkor etilishga mahkumdir.
Demak, har bir narsa va hodisaning o‘zgarishi va rivojlanishi hamisha ikki va undan ko‘proq inkor etishlar bilan amalga oshadi. Insoniyat tarixi — avlodlar almashinuvi tarixidir, deyilganida ham ana shunday hol nazarda tutiladi.
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyotdagi davriylikning muayyan halqasida, yani navbatdagi inkor bosqichida uning oldingi bosqichidagi bazi belgilar miqdorlanadi. Masalan, don o‘simliqdan yana donlarga aylanadi, keyinroq yana o‘simlikka va hokazo.
Inkorni inkorning amal qilishi tufayli taraqqiyot to‘g‘ri chiziq shaklida emas, doira shaklida bo‘ladi, uning oxirgi nuqtasi boshlang‘ich nuqtaga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv uning oxirgi nuqta bilan tutashishi bo‘lmasdan, balki yuqori bosqichda sodir bo‘lishi sababli taraqqiyot spiral shaklga ega buladi. Bu spiralning har bir yangi o‘rami oldingi o‘ramiga nisbatan yuqoriroq bosqichda yuzaga keladi.
Dialekgak inkor yangi bilan eski o‘rgasidagi bog‘lanishni Butkul rad qiladi, deb tushunmaslik kerak. YAngi qanchalik ilg‘or bo‘lmasin, u yo‘q joydan paydo bo‘lmaydi, balki eskining qobig‘ida asta-sekin shakllanadi. SHuning uchun ham ko‘p hollarda eskidan yangiga o‘tilayotganda eski butunlay tashlab yuborilmaydi, SHuning ijobiy tomonlari saqlanib qoladi va rivojlanish davom ettiriladi. Demak, yangi bilan eski o‘rtasida vorislik mavjuddir. Inkorni inkor qonuni taraqqiyotda vorislik va o‘zgaruvchanlikning birligini tavsiflaydi. Dialektik inkorning muhim xususiyati ana shundan iborat.
Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jarayonida ro‘y berayotgan hodisalar mohiyatini ilmiy anglashda katta ahamiyat kasb etadi. YAngi jamiyatni barpo etishga qaratilgan o‘zgarishlar hamma narsani butunlay yo‘q qilishni bildirmaydi. Aksincha, bu — xalqimiz taraqqiyoti jarayonida erishilgan ijtimoiyiqtisodiy, madaniy, manaviy yutuqlarni saqlab qolib, ularni yanada boyitib, rivojlantirishdan iboratdir. Mazkur jarayonning asosiy tamoyili yangisini qurmasdan, eskini buzmaslik lozimligi to‘g‘risidagi xulosada yaqqol o‘z asosini topgan.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin