Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Mulohazalar o‘rtasidagi munosabatlar



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə160/341
tarix20.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#158104
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   341
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Mulohazalar o‘rtasidagi munosabatlar. Mulohazalar ham tushunchalar kabi taqqoslanuvchi (umumiy subekt va predikatga ega bo‘lgan) va taqqoslanmaydigan turlarga bo‘linadi. Taqqoslanadigan mulohazalar sig‘ishadigan yoki sig‘ishmaydigan bo‘ladi. Mantiqda ikki mulohaza (r va q) dan birining chinligidan ikkinchisining yolg‘onligi zaruriy kelib chiqadigan bo‘lsa, ular o‘zaro sig‘ishmaydigan mulohazalar deyiladi. Sig‘ishmaydigan mulohazalar qaramaqarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatida bo‘ladi. Sig‘ishmaydigan mulohazalar bir vaqtda chin bo‘la olmaydi. Sig‘ishadigan mulohazalar aynan bir fikrni to‘liq yoki qisman ifodalaydi. Sig‘ishadigan mulohazalar o‘zaro ekvivalentlik, mantiqiy bo‘ysunish va qisman mos kelish (subkontrar) munosabatida bo‘ladi. Bu munosabatlarni quyidagi misollarda taxlil qilamiz:
Masalan, 1-misol. A1. “Hamma o‘simliklar shifobaxshdir.”
Bu umumiy tasdiq mulohaza bo‘lib, uni umumiy inkor, juziy tasdiq va juziy inkor mulohaza ko‘rinishlarida quyidagicha ifodalaymiz:
E1. Hech bir o‘simlik shifobaxsh emas.
I1. Bazi o‘simliklar shifobaxshdir.
O1. Bazi o‘simliklar shifobaxsh emas.
Tajribamiz va bilimimizga asoslanib, yuqoridagi mulohazalardan faqat I va O mulohazalarni chin deb baholashimiz mumkin. 2- misol:
A2. Har bir jamiyat o‘z axloqiy normalariga ega.
E2. Hech bir jamiyat o‘z axloqiy normalariga ega emas.
I2. Bazi jamiyatlar o‘z axloqiy normalariga ega.
O2. Bazi jamiyatlar o‘z axloqiy normalariga ega emas.
Mantiq ilmida mulohazalarning chinligini aniqlash uchun ular o‘rtasidagi munosabatlarga asoslaniladi:

  1. Qarama-qarshilik munosabati mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lgan umumiy mulohazalar o‘rtasida mavjud bo‘lib, bu munosabatga ko‘ra ularning har ikkisi bir vaqtda chin bo‘la olmaydi. Bu mulohazalar (A1 va E1) bir vaqtda xato bo‘lishi mumkin; agar ulardan birining chinligi aniq bo‘lsa (A2), unda boshqasi xato bo‘ladi (E2).


  2. Yüklə 1,22 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin