Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


XX-XXI asr G‘arb falsafasining oqimlari. XX-XXI asr G‘arb faylasuflari ijodida fan falsafasining rivoji



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə28/341
tarix20.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#158104
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   341
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

XX-XXI asr G‘arb falsafasining oqimlari. XX-XXI asr G‘arb faylasuflari ijodida fan falsafasining rivoji.
XX asrning yangicha ilmiy tarixiy yondashuvlari asosida materializmning
“ilmiy materializm”, “antropologik materializm” kabi doktrinalari va spekulyativ idealizmning: “neorealizm”, “neotomizm” kabi yo‘nalishlari saqlanib qoldi. Ayniqsa falsafa sohasida ushbu yo‘nalishlarning o‘zaro birlashish jarayoni kuzatilmasada, ularning o‘zaro diologi, sintezi tendensiyasi yuz berdi. XX asrda falsafa ssientizm va antissientizm kabi o‘zaro qarama qarshi yo‘nalishlarning faoliyatida aks etdi. Ssientizm XIX asrda vujudga kelgan pozitivizmning mantiqiy davomi bo‘lib, uning g‘oyalari tabiiy fanlarning taraqqiyotiga qaratilgan. Unga ko‘ra ilmiylikning namunasi, zamonaviy fizika bilan belgilanadi. Biroq, zamonaviy fizika doirasida yuzaga kelgan “Nisbiylik” va “kvantlar” nazariyalari fizik ob’ektlarning ziddiyatli tabiatga ega ekanligini izohlovchi, yangicha ratsionalizmni vujudga kelishiga imkon berdi. Bu ma’noda ssientizm va antissientizmning ilmiylik xaqidagi xulosalari nisbiy ahamiyatga ega, shuningdek, ratsionalizm va empirizm, ratsionalizm va irratsionalizm kabi yo‘nalishlarni o‘zaro qattiy chegaralash o‘zini oqlamadi. Irratsionalizm gumanitar fanlarning o‘ziga xosligiga urg‘u beradi xamda, jamiyat, inson, uning madaniyati tuganmas ob’ekt ekanligini ta’kidlaydi.
XX asr falsafasi o‘zining ko‘p predmetli ekanligi bilan xam ajralib turadi. Undagi maktab va yo‘nalishlarning turfa xilligi zamonaviy fan va madaniyatning ko‘p qatlamliligini ko‘rsatadi. XX asr falsafiy yo‘nalishlarining tasnifiy muammosi batafsil, chuqur tahlil etilmagan, biroq shunga qaramay, tatqiqotchilar quyidagi uchta guruhiy tasnifni keltirishadi: 1) tahliliy pozitivistik yo‘nalish; (mantiqiy pozitivizm, postpozitivizm), 2) ekzistensial fenomenologik yo‘nalish; 3) diniy falsafiy yo‘nalish; (neotomizm, neoprotestantizm, islom va budaviylik falsafasi).
Yuqoridagi tasnifdan ayrim yo‘nalishlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:
Tahliliy pozitivizm - tahliliy pozitivizmning asosiy maqsadi, fanning tili va tamoyillarini ishlab chiqishga qaratilgan. U ilmiy nazariyalarning mantiqiy strukturasi va fanning ahamiyatini tadqiq qiladi. Neopozitivistlar ilmiy mulohazalarning ahamiyatini ko‘rsatish, aniqlash maqsadida verifikatsiya prinsipini taklif qilishdi, keyinchalik mantiqiy pozitivistlar ushbu prinsipni
“tasdiqlash” yoki “sinab ko‘rish” tamoyili sifatida qabul qilishdi. Unga ko‘ra biror bir mulohaza yoki faraz, tajribada sinab ko‘rilgandagina haqiqat sanaladi. Lekin mantiqiy pozitivistlar tajribani o‘ziga xos tor doirada talqin qilganlar. Bu ma’noda mantiq va matematika olimlar o‘rtasidagi o‘zaro konvensiya, ya’ni, kelishuv va hamjihatlikka asoslanadi. Keyinchalik ushbu g‘oyaga tayangan yangicha pozitivizm vakillari, bilimlarni unifikatsiya qilish tamoyilini ilgari surdilar va bu tamoyil bugungi kunda xam o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Ekzistensializm - pessimistik falsafa sifatida vujudga keldi. Ushbu yo‘nalish zamonaviy sivilizatsiya sharoitida, keskin qarama-qarshiliklar ichida inson mavjudligi muammosiga e’tibor qaratadi. Ekzistensializm yo‘nalishi vakillari: Karl Yaspers, Martin Xaydegger, Jan Pol Sartr, Alber Kamyu, Gabriel Marsel va boshqalar. Ekzistensializm XX asr dramatizmining falsafiy ifodasi, borliq va yo‘qlik, o‘lim va hayot o‘rtasidagi insonning qarashlari sifatida maydonga keldi. Uning markaziy muammolaridan biri bu insoning jamiyatdan begonalashuvi. Begonalashuv - ko‘p yoqlama tushuncha bo‘lib, u individning o‘zi ustidan hukmronlik qilayotgan bosimga qarshi faoliyat, davlat, turli mehnat tashkilotlari, ijtimoiy insitutlar, o‘zi kabi boshqa individlarga nisbatan isyon sifatida namoyon bo‘ladi. Ekzistensializm individning tashqi dunyodan begonalashuv holatini: qo‘rquv, befarqlilik, apatiya, yolg‘izlik kabi kechilmalarni chuqur tahlil qiladi. Xaydeggerga ko‘ra, qo‘rquv, bezovtalik, xavotir inson va olamning sub’ektiv borlig‘ini tashkil etadi. Bu sub’ektiv borliq birlamchi bo‘lib, inson xatti-harakatini belgilaydi. Xaydegger “olamdagi borliq”, “boshqalar borlig‘i” kabi tushunchalar tizimini keltiradi. inson qachonki, jamiyat tomonidan o‘rnatilgan ustanovkalardan voz kechgandagina ya’ni, o‘zini mangu emasligini anglagandagina borliq , mavjudlik tushunchasini xis qiladi. Yaspersga ko‘ra bu jarayon insonning o‘z individualligini izlashi bilan bog‘liq. Inson individualligi nafaqat fan, balki falsafaning ham ob’ekti bo‘la olmaydi. Chunki, inson xatti-harakati mohiyatan “oliy iroda” xudo tomonidan xarakatlantiriladi. Inson ushbu individuallikni chegaradosh vaziyat, ya’ni o‘lim bilan yuzma-yuz kelgandagina xis etadi. Fransuz yozuvchisi
Alber Kamyu esa, hayot yashashga arziydimi yo‘qmi degan savol qo‘yadi. Keyinchalik u inson hayoti bema’ni degan xulosaga keladi. Kamyu, Sartr, Marsel chegaradosh vaziyatlarni butun insoniyatga xos deb baholashadi. Bu ma’noda ekzistensionalizm vakilari glabal olamdagi keskinliklarni, individ va jamiyat orasidagi tarangliklarni yumshatish yo‘li bilangina insonga yordam berish mumkin degan xulosani ilgari suradilar.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin