Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə105/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari.

Qonun tushunchasi dunyoning mavjudligi ana shunday botiniy va zohiriy o‘zgarishlarning abadiy takrorlanib turishidan iboratdir. Bu takrorlanishlar esa o‘z mohiyati va xususiyatlarini saqlab qolganliklaridan qonun va qonuniyat tusini olgan.

Masalan, biz Nyuton tomonidan kashf etilgan butun olam tortishish qonunini o‘rganganimizda ana shunday holni idrok etamiz. Bu qonunning asosiy mohiyati butun olamdagi narsalarning bir-biri bilan alokadorligi tamoyilining doimiy takrorlanishi, har soniya va har daqikada bu holatning sodir bo‘lib turishini isbotlaydi.

Xo‘sh qonun o‘zi nima? U kishi va umuman, jamiyat hayotida qanday ahamiyatga ega? Qonunni bilmasdan, o‘rganmasdan turib yashash mumkinmi? Qonun tushunchasi kundalik hayotimizda nisbatan tez-tez ishlatib turiladigan tushunchadir. Xususan, fizika yoki ximiya qonunlari deymiz, tabiat qonuni yoki bo‘lmasa, iqtisodiy qonunlar, yuridik qonunlar va h.k. YUqoridagilarni birlashtirib turadigan, barchasi uchun ham umumiy bulgan xossa, xususiyatlar bormi? Eng avvalo, shuni aytish kerakki, olamdagi barcha narsa — tabiat, jamiyat va inson taraqqiyoti ma’lum qonunlar asosida amalga oshadi. Fanlarning (ijtimoiy, gumanitar, tabiiy va h. k,) asosiy vazifasi har bir soha bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, qonunlarni kashf qilish yoki ularning amal qilish xususiyatlarini o‘rganish, ochib berishdan iborat.

Qancha ko‘p qonun kashf qilinsa, taraqqiyot shuncha tez buladi. Taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, rivojlanishga erishish qiyin. Hozir mustaqil O‘zbekiston barcha rivojlangan mamlakat singari ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqgisodiyotiga asoslangan demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo qilish yo‘lidan bormoqsa.

Bunda umumbashariy qonunlar va mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingan.

Inson qonunlarni bilishi, ularga amal qilishi doirasida erkindir. Erkinlik nima? Erkinlik anglab olingan zaruriyatdir. Har qanday qonunga xos belgilardan biri zaruriyligi yani ob’ektiv tarzda amalga oshish, o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lishdir. Erkinlik esa ana shu zaruriylikni anglab olish mazmuniga amal qilishdan iborat faoliyatni anglatadi.

Yuristlarda shunday ibora bor: «Qonunni bilmaslik javobgarlikdan xolos qilmaydi». Ana shu tufayli siz yuridik qonunlarni kancha yaxshi bilsangiz, o‘zingizning faoliyatingni!» shunga moslab olib borasiz. Demak, shuncha erkin bo‘lasiz. SHu holda siz nima qonuniy, nima esa qonuniy emasligini yaxshi bilasiz, qonunga xilof qadamlar qo‘ymaysiz.

YUqoridagi fikrlarni xulosa qilib, qonunga qo‘yidagicha tarif berish mumkin: Qonun olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bog‘lanishlari, aloqalari va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir. Endi qonunning belgilariga to‘xtalamiz:


  1. Qonun turli-tuman aloqadorliklar, bog‘lanishlardan faqat muhimlarini, yani bunday bog‘lanishlarni ifodalaydiki, bu «olamning mavjudligi, o‘zgarishlari va undagi narsa hamda hodisalarning mohiyatidan kelib chiqqan bo‘ladi;

  2. Qonun zaruriy bog‘lanishlarni ifodalashi, ya’ni tasodifiy bog‘lanishlar, goh paydo bo‘lib, goh yo‘qolib ketadigan bog‘lanishlarga asoslanmaydi; 3) qonun narsa va hodisalarning umumiy bog‘lanishlarini ifodalaydi.

Qonun nisbatan barqaror, takrorlanib turuvchi rivojlanishlarni (munosabatlarni) ifodalaydi, yani bir safar berib, ikkinchi safar yuz bermaydigan bog‘lanishlarni butunlay qamrab olmaydi.

Tabiat qonunlariniig yana bir eng muhim xususiyati — bu ob’ektiv xarakterga ega, yani u insonga ham, insoniyatga ham bog‘liq emas. Biror kishi, hatto millatning irodasi bilan ham, tabiat qonuniga tub o‘zgartirish kiritish yoki uni butunlay yo‘q qilish mumkin emas. Chunki bu qonunlarning asosini tashkil qilgan bog‘lanishlar, munosabatlar ob’ektiv xususiyatga ega.

Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak, voqe’lik va o‘zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning bo‘lishi ham odatiy hol. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, kecha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va jaholat va h. k. Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqozo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi bo‘lmasa, u holda ushbu narsa magnit bo‘lolmaydi.

Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat. Lekin narsalar qanchalik hilma-xil, turli-tuman bo‘lmasin, ular o‘rtasida yaqinlik, aynanlik mavjuddir. Masalan, stol va stul sifat jihatidan turli narsalardir. Lekin baribir ular o‘rtasida o‘xshash tomonlar, belgilar bor. aytaylik ularning yo rangi yoki bir turli materialdan yasalganligi yoki bo‘lmasa, vazni o‘xshash bo‘lishi mumkin va h.k.

Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshash tomonlarni ifodalaydi. Shu bilan birga narsa-hodisalar bir biridan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham egadir. Aynan bir xil bo‘lgan narsaning o‘zi yo‘q. Hatto daraxtning bir shoxida yonma-yon turgan 2 barg ham bir-biridan farq qiluvchi bazi jihatlarga ega. Hech bo‘lmaganda, ular bir biridan makondagi o‘rni bilan farq qiladi.

Hayotdan misol keltiradigan bo‘lsak, bir-biriga tashqi tomondan tamomila o‘xshash bo‘lgan Hasan va Husanlarda ham huddi kun farq qiluvchi xususiyatlar bor. Masalan, ularda fel-atvor, qiziqish turi, dunyoqarashlar har xil bo‘lishi, ularning ichki dunyolari farq qilishi mumkin. Demak, tarif narsa — hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifodalovchi tushunchadir.

Xo‘sh, qonuniyatli aloqalarning muhim belgilari va asosiy xususiyatlari qanday? Qonun, bu – muhim xarakterga ega bo‘lgan aloqadir. Qonun va mohiyat tushunchalari bir xil toifadagi tushunchalardir. Qonuniyatli aloqalarning muhimlik va zarurlik xossalari ularning yana bir xususiyatini – umumiyligini keltirib chiqaradi.

Umumiylik qonunning tegishli sharoit bo‘lgan hamma erda amal qilishini bildiradi.

Qonunlar kamroq umumiy bo‘lib, faqat moddiy jarayonlarning cheklangan sohalaridagina amal qilishi, ayrim konkret fanlar tomonidangina o‘rganilishi (masalan, energiyaning saqlanishi va aylanishi qonuni) mumkin; shuningdek qonunlar falsafa tomonidan o‘rganiladigan umumiy, universal bo‘lishi mumkin (dialektika qonunlari).

Qonunlar o‘zining ifodalash shakllari bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Bir xil qonunlar hodisalar o‘rtasidagi qat’iy miqdoriy bog‘liqlikni aks ettiradi va fanda matematik formulalar bilan qayd etiladi (masalan, butun jahon tortilish qonuni).

Boshqa xil qonunlarni esa qat’iy matematik formulalar bilan ifodalab bo‘lmaydi (masalan, tabiiy tanlanish qonuni). Qonunlarni sinflarga bo‘lish g‘oyat muhim ahamiyatga ega: dinamik qonunlar (qattiq determinatsiya), statistik (ehtimoliy) qonunlar, simmetrik qonunlar, boshqaruv qonunlari. Qonunlarning turli sinflari mavjudligi dunyoda sifat jihatdan turli tuman muhim aloqalar mavjudligini aks ettiradi, bu esa ilmiy bilim tuzilmasida, uning tuzilish mantiqida o‘z ifodasini topadi.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin