Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə107/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Qarama-qarshilik deb esa, narsa, voqea-hodisalarning bir birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari, kuchlarining o‘zaro munosabatiga aytiladi.

Qarama-Qarshiliklar o‘rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Ko‘p hollarda ayniyat va tafovutning zidligi va ularning bir maxrajga kelish, me’yoriy o‘zgarishi tufayli rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi. Taraqqiyot shu manoda ayniyat, tafovut va ziddiyatlirning paydo bo‘lishi, rivojlanishini va hal qilinishidan iborat bo‘lgan abadiy va azaliy murakkab jarayondir.

Insoniyat paydo bo‘libdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo‘lib kelmoqda. Odamzod ziddiyatlar kamroq bo‘lgan, kishilarning hilma-xil intilish va maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g‘oyalari uyg‘unlashgan, barqarorlik ustuvor bo‘lgan jamiyatni qurish uchun bosh qotirib kelmoqda.

Anu shunday intilishlar fanda «Konfliktologiya» (konflik — ziddiyat, logos- talimot) deb ataladigan falsafiy ta’limotning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu soha bilan shug‘ullanadigan olim va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular konfliktlarni keltirib chiqarish emas, balki ularning oldini olish va jamiyat uchun foydali tarzda hal qilish yo‘llari va usullari ustida

bosh qotirishadi.

Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o‘zgarishga, yangilanishga, bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga o‘tishga sabab bo‘ladi. Olam turli-tuman bo‘lganligi uchun ziddiyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar, asosiy va asosiy bo‘lmagan ziddiyatlar mavjud. Ular O‘rtasida farq bo‘lgani bilan birga, mutloq chegara ham yo‘q. CHunki amalda, hayotda ular bir-biriga o‘tishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotda turli xil o‘rin tutishlari mumkin.




Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin