Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Falsafaning asosiy qonunlari va tamoyillari. Qarama-qarshilik va ziddiyat qonuni. Miqdor va sifat o‘zgarishlari dialektikasi. Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə106/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Falsafaning asosiy qonunlari va tamoyillari. Qarama-qarshilik va ziddiyat qonuni. Miqdor va sifat o‘zgarishlari dialektikasi. Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik.

Falsafa o‘z mohiyati bilan narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi va rivojlanishiga ular o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini o‘rganadi. SHuningdek jamiyat va inson tafakkurining mavjudlik qonuniyatlari ham borliqning ajralmas qismi sifatida umumiy aloqador qonuniyatlarda o‘rganiladi. Albatta, olamdagi har qanday bog‘lanish ham rivojlanishga sabab bo‘lavermaydi. Chunki bu bog‘lanishlarning ko‘lami, mohiyati, ta’sir kuchi va doirasi turlicha. Bog‘lanishlarning ana shu xususiyatlariga qarab, zaruriy va tasodifiy, ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, muhim va muhim bo‘lmagan va hokazo bog‘lanishlarga ajratish mumkin.

SHuningdek, olamda boshqa voqea yoki hodisalardan alohida, ular bilan bog‘liq, o‘zaro aloqadorlikda va ta’sirda bo‘lmagan birorta ham voqea yoki hodisa mavjud emas. Demak, o‘zaro bog‘lanish va ta’sir natijasida narsa-hodisalarda o‘zgarish sodir bo‘ladi. Lekin, barcha o‘zgarishni har doim ham birdaniga, yaqqol sezish mumkin emas. Chunki olamning namoyon bo‘lish turli darajada bo‘lganligi sababli, o‘zgarishlar ham turlichadir.

Tashqi faktorlar (inson faoliyati, yorug‘lik, issiqlik, namlik, atmosfera bosimi) natijasida ro‘y beradi o‘zgarishlarni ko‘z ko‘radi, quloq eshitadi. Xullas, ular oson anglab olinadi, ochiq-oydin namoyon bo‘ladi. ulardagi o‘zaro bog‘liqlikni ham oson ko‘rish, ilg‘ash mumkin. Ana shunday oson ko‘rish va ilg‘ash mumkin bo‘lgan, ochiqoydin ro‘y beradigan voqea, hodisa, natijaga nisbatan «zohiriylik» tushunchasi, mohiyatini ilg‘ash qiyin bo‘lgan va murakkab ichki sabablar natijasida kechadigan jarayonlar o‘zgarishlarga nisbatan «botiniylik» tushunchasi qo‘llaniladi. Falsafada rivojlanish, o‘zgarish, taraqqiyot jarayonlari dialektik nuqtai nazardan qaramaqarshiliklar birligi va ana shu birlik asosida ro‘yo beradigan o‘zgarishlar asosida o‘rganiladi.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin