Sillogizmning tarkibi xulosa asoslari (praemissae) va xulosa (conslusio)dan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tushunchalar terminlar deb ataladi. Xulosaning mantiqiy egasi – S – kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi – R – katta termin (terminus major), deb ataladi. Xulosa asoslari uchun umumiy bo‘lgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha – M – (terminus medius) o‘rta termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni o‘z ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni o‘z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi. Demak, asoslarning katta yoki kichik asos deb ajratilishi ularning qanday ketma-ketlikda kelishiga bog‘liq emas.
S – kichik termin;
M – o‘rta termin; R – katta termin.
O‘rta termin katta va kichik terminni bog‘lovchi mantiqiy element hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |