Sillogizm aksiomasi
Aksiomalar isbot talab qilmaydigan, isbotsiz chin deb qabul qilingan nazariy mulohazalar bo‘lib, ular vositasida boshqa fikr va mulohazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi xulosalashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi.
Sillogizm xulosasining asoslardan zaruriy keltirib chiqarilishi quyidagi qoidaga asoslanadi: «Agar bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumning ichida bo‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumning ichida joylashgan bo‘ladi» yoki «Bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumdan tashqarida bo‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumdan tashqarida joylashgan bo‘ladi». Bu qoidani quyidagi shakllar yordamida ifodalash mumkin.
Bu qoida sillogizm aksiomasi mohiyatini terminlarning hajmi munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Demak, sillogizm aksiomasining mohiyati quyidagicha:
buyum va hodisalarning sinfi to‘g‘risida bildirilgan tasdiq yoki inkor fikr shu sinf tarkibidagi barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrimlar ham taalluqli fikr hisoblanadi.
Masalan:
Hamma odamlar tirik mavjudotdir.
Hamma talabalar odamlardir.
Hamma talabalar tirik mavjudotdir.
Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan uning belgisi o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum, hodisa belgisining belgisi, shu buyum, hodisaning belgisidir; buyum, hodisa belgisiga zid bo‘lgan narsalar buyum, hodisaning o‘ziga ham ziddir.
Dostları ilə paylaş: |