Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Entimema (qisqartirilgan qatiy sillogizm)



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə224/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Entimema (qisqartirilgan qatiy sillogizm)

Insonning fikr yuritish jarayoni ko‘proq entimema ko‘rinishida amalga oshadi. Masalan, “U talaba bo‘lgani uchun, stipendiya oladi”, “Birodarim e’tiqodda sobit, Shuning uchun unga ishonsa bo‘ladi.” Entimema deb, asoslaridan biri yoki xulosasi tushirib qoldirilgan sillogizmga aytiladi. Entimema so‘zi – aqlda, fikrda degan manoni anglatadi. Entimemada sillogizmning tushirib qoldirilgan qismi yodda saqlanadi. Zarur bo‘lganda uni topib, o‘rniga qo‘ygan holda entimemadan to‘la sillogizmni tiklash mumkin.



Entimemalar uch turli bo‘ladi:

  1. tartibli, yani katta asosi tushirib qoldirilgan.

  2. tartibli, yani kichik asosi tushirib qoldirilgan. 3- tartibli yani, xulosasi tushirib qoldirilgan.166

Bizga quyidagi sillogizm berilgan bo‘lsin:

Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topadi.

Bu o‘quvchi matematikani biladi. Bu o‘quvchi masalaning javobini to‘g‘ri topadi.

Endi bu sillogizmni entimema ko‘rinishiga keltiramiz:



  1. Bu o‘quvchi matematikani bilgani uchun, masalaning javobini to‘g‘ri topadi (katta asos tushirib qoldirildi).

  2. Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topadi, Shuning uchun bu o‘quvchi masalaning javobini to‘g‘ri topadi (kichik asos tushirib qoldirildi).

  3. Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topadi, jumladan bu o‘quvchi ham (xulosa tushirib qoldirildi).

Entimemalar bahs-munozara yuritish jarayoni va notiqlik sanatida keng qo‘llaniladi.


  1. Yüklə 1,22 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin