P
|
S –
S –
|
S – P S – P
|
Inkor qilish jarayonida (-ma; -siz; -mas) kabi qo‘shimchalar yoki inkor qilinayotgan tushunchaga zid bo‘lgan tushunchalardan foydalaniladi. Oddiy qatiy mulohazalarning hammasidan aylantirish usuli bilan xulosa chiqariladi.
Aylantirishga misol:
A. Hamma shifokorlar oliy tibbiy malumotga ega.
E. SHifokor bo‘lganlarning hech biri oliy tibbiy malumotsiz emas.
E. Hech bir yolg‘onchi rostgo‘y emas.
A. Hamma yolg‘onchi bo‘lmaganlar rostgo‘ydir.
I.Bazi suralar uzundir.
O. Bazi suralar qisqa emas.
O. Bazi jumlalar tushunarli emas.
I. Bazi jumlalar tushunarsizdir.
Almashtirish (lot.–conversio) shunday mantiqiy xulosa chiqarish usuliki, unda xulosa berilgan mulohazadagi subekt va predikatning o‘rnini almashtirish
orqali keltirib chiqariladi:160
Turli mulohazalardan bunday usul vositasida xulosa chiqarish quyidagi tablitsada ko‘rsatilgan:
|
Xulosa asosi
|
Xulosa
|
Almashtirish turi
|
|
A. Hamma S-
|
A. Hamma P-
|
Sof almashtirish
|
|
P
|
S
|
|
|
E. Hech bir SP emas
|
E. Hech bir P- S emas
|
Sof almashtirish
|
|
I.Bazi S-P
|
I.Bazi P – S
|
Sof almashtirish
|
|
A. Hamma S-
P
|
I. Bazi P – S
|
Toraytirilgan almashtirish
|
|
I. Bazi S-P
|
A. Hamma P – S
|
Kengaytirilgan almashtirish
|
Juziy inkor mulohazadan (0) almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Almashtirishga misol:
1 –misol. A. Hamma shifokorlar oliy malumotlidir. I. Bazi oliy malumotlilar shifokorlardir. 2- misol. E. Hech bir inson tosh emas. E. Hech bir tosh inson emas.
3-misol. I. Bazi yoshlar tadbirkordir.
I. Bazi tadbirkorlar yoshlardir.
4- misol. A. Hamma odamlar jonli mavjudotdir.
I. Bazi jonli mavjudotlar odamlardir
5-misol. I. Bazi sanatkorlar qo‘shiqchidir.
A. Hamma qo‘shiqchilar sanatkordir.
Demak, almashtirish usuli qo‘llanganda mulohazadagi subekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu asosda mulohazadagi terminlar o‘rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu usul, ayniqsa, tushunchaga berilgan tariflarning to‘g‘riligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
III. Predikatga qarama-qarshi qo‘yish (lot.– contrapositio) bevosita xulosa chiqarishning mantiqiy usullaridan biri bo‘lib, bu usul qo‘llanganda berilgan mulohaza avval aylantiriladi, so‘ngra almashtiriladi. Natijada hosil bo‘lgan mulohazaning (xulosaning) subekti asos mulohaza predikatiga zid, predikati esa uning subektiga mos bo‘ladi. Bu usul bilan quyidagi ikki formula asosida xulosa chiqarish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |