Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Argumentlashning taktikasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə256/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Argumentlashning taktikasi deb, argumentlarni eng unumli qo‘llash usuli; raqibning qarshi argumentlariga munosabat shakli; argumentlashning strategik maqsadlariga erishish uchun qo‘llaniladigan usul va vositalar majmuiga aytiladi. Argumentlashning taktikasi turli usullarni o‘z ichiga oladi:

    • argumentlarni tanqid qilish. ( opponentnig yolg‘on tezisini

ishonchli faktlar bilan rad etish);

    • dushmanning qurolini o‘ziga qarshi qo‘llash prinsipi

(opponentning fikrlarini o‘ziga qarshi ishlatish);

    • isbotlash yukini raqibiga ag‘darish (haqiqat sukut saqlashdadir);

    • pala-partish so‘zlash;

    • hamma narsani rad etib, o‘zini aqlli ko‘rsatish;

    • “bemanilikkka olib kelish” usuli ( opponentning fikri bemani ekanligini istehzo va kinoya bilan isbotlash);

    • “shaxsga murojat qilish” (tezisni almashtirish);

    • bumerang usuli (qarshi tomonning argumentini o‘ziga qaytarib

qo‘llash);

    • isbotlash usulini rad etish;.

    • savollar xujumini uyushtirish va b. Bahsda qo‘llaniladigan hiylalar:

    • yolg‘on uyatga qo‘yish (opponentning atrofdagilar oldida obro‘si to‘kilishdan xavotirlanishni bilib, undan foydalanish);

    • argumentlarni “yog‘lash” (opponentga oshkora xushomadgo‘ylik

qilish);

yosh, malumot va mavqeni pesh qilish (masalan, avval diplom oling, keyin

gapiring);


    • gapni boshqa tomonga burish;

    • qatiy oxangda so‘zlash;

    • ataylab bahsni to‘xtatish va b..

Fikrni asoslashda uchraydigan xatolar turli-tuman bo‘lib, ulardan bazilarini ko‘rib chiqamiz. Cofizm so‘zi “ayyorlik”,“soxta donolik” degan manolarni bildiradi. Bunday ishlar bilan shug‘ullanuvchilar, yani rostni yolg‘on, yolg‘onni rost deb tasdiqlovchi, o‘zini dono, boshqalarni esa nodon qilib ko‘rsatuvchi kishilar sofistlar-safsatabozlar deb ataladi. Sofistlar chin fikrni xato, xato fikrni esa chin deb isbotlovchi kishilar bo‘lib, o‘z maqsadlarini amalga oshirishda o‘ziga xos isbotlash usullaridan foydalanadilar.

Farobiy “Falsafatu Aristutolis” nomli risolasida safsatabozlar qo‘llaydigan quyidagi olti usulni ko‘rsatadi: “1) tanbeh berish; 2) dovdiratish; 3) tuxmat qilish; 4) nutqda duduqlanishga majbur qilish; 5) bemani narsalardan foydalanish, safsata; 6) suhbatdoshga so‘z bermaslik”.Sofistik muhokamalarga chalkashtirish, yanglishtirish, aldash, noto‘g‘rini to‘g‘ri, to‘g‘rini noto‘g‘ri deb bilish xosdir.

Sofistik muhokamalar so‘zlovchi va tinglovchi orasidagi fikr almashinish jarayonida, suhbat va bahs yuritishda qo‘llaniladi. Bunday muhokamalardan maqsad suhbatdoshining yolg‘on gapirayotganligini ko‘rsatish, uning fikrini yuzaki rad etgan holda, hamma tomonidan qabul qilingan fikrlarga nisbatan zid fikrga olib kelish, fikrini chalkash bayon qilishga va (suhbatdoshini) xadeb bir fikrni qayta takrorlashga (ezmalik qilishga) majbur etishdir. Sofistlar o‘z maqsadlarini amalga oshirishda insonning ruhiy holatidan, tafakkurida o‘rnashib qolgan fikrlaridan, odatlaridan, shuningdek biror g‘oyaning tarafdori ekanligidan ustalik bilan foydalanadilar. Masalan, . “Kal” sofizmi:

-Agar odamning boshidan bir dona soch tolasi to‘kilsa, u kal bo‘ladimi?

-Yo‘q.

-O‘n dona to‘kilsa-chi?

- Kal bo‘lmaydi.

-Bittadan boshdagi hamma sochlar to‘kilgandachi?

-Unda kal bo‘ladi.

-Sen o‘z so‘zingga o‘zing qarshi chiqayapsan. Hozirgina bitta sochi to‘kilsa kal bo‘lmaydi degan eding. Bu sofizmda bir dona soch tolasining to‘kilishi bilan bittadan hamma soch tolasining to‘kilishi bir xodisa deb ko‘rsatiladi.




Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin