Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə278/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Insonparvarlik. Bu tamoyil – insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g‘oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo‘lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga engilmas ishonchdir. Insonparvarlik – odamiylikdir. Insonparvarlik axloqiy prinsip sifatida kishilarning xulqini bir-biriga hurmat va g‘amxo‘rlik, insonning kuch-qudratiga ishonch ruhida tartibga solib boradigan xatti – harakatlarni bildiradi. Uning tub mohiyati inson zotini hurmat qilish, qadrqimmatini bilish hamda baxt-iqboli yo‘lida doimo fidokorlik bilan kurashish va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdan iboratdir. Insonparvarlik – insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g‘oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo‘lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga engilmas ishonch.

Umuminsoniy axloq prinsiplariga kiruvchi insonparvarlik davlat xizmatchilarining amalda qo‘llash faoliyatida o‘ziga hos tarzda namoyon bo‘ladi. Biz qurayotgan erkin fuqarolik jamiyati nafaqat insonga mehr-muhabbat va izzathurmat ko‘rsatishni asosiy tamoyil qilib olgan, balki SHaxsning har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo‘lgan haqiqiy insoniy shart-sharoitlarini yaratishni ham o‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Barcha fanlarning o‘z kategoriyalar tizimi bo‘lganligi kabi, etika fanining ham o‘z kategoriyalari mavjud. “Kategoriya” so‘zi yunoncha bo‘lib, lug‘aviy manosi “hukm”, “guvoh”, “ifodalash”, “tarif berish” , “fikr aytish” degan manolarni anglatadi. Har bir kategoriyaning o‘ziga xos jihatlari va bajaradigan maxsus vazifalari mavjud.

Etikaning eng asosiy kategoriyasi Muhabbat hisoblanadi. Barcha kategoriyalar, tamoyillar va meyorlar zamira ham muhabbat tushunchasi yotadi. Faylasuf olim Abdulla SHer muhabbat kategoriyasini shunday izohlaydi:

“Muhabbatning obekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U - Allohmi, Vatanmi, yormi - muhabbat egasiga undan-da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir obektni sevgan kishi boshqa obektlarni ham sevishi tabiiy. Deylik, yorga bo‘lgan haqiqiy muhabbat Vatanga, insoniyatga muhabbatni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero, «o‘z-o‘zicha», «yakka», «xudbin» muhabbatning bo‘lishi mumkin emas. Inson o‘zi o‘zgaga aylanganida, o‘zgani o‘ziga aylantira olganida haqiqiy muhabbat egasi hisoblanadi. Mana shu obekt bilan subekt orasidagi farqning «yo‘qolishi» eng buyuk , eng mukammal lazzatdir.”197


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin