Millatparvarlik va masuliyat tuyg‘usi kuchli bo‘lgan insongina millatning ravnaqi va istiqboli yo‘lida olib borayotgan maqsadlariga erishadi. Xalq hayoti turli inqirozlarga, tanazzullarga uchramasligi uchun yoshlarda millatparvarlik va masuliyat tuyg‘usini yanada kamol toptirishga etiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.
Siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka erishgandan so‘ng, mamlakat mustaqilligini himoya qilishda ham milliy birlikning barqarorligi muhim ahamiyatga egadir. Milliy davlat, til, madaniyat, axloq, qadriyatlar, ananalar rivojlanishi, yuk salishi uchun milliy birlik va birdamlikning barqarorligi zarur.
Milliy birlik tuyg‘usi oldin inson qalbida e’tiqod, axloq, mafkura sifatida shakllanadi va shundan keyingina katta tarixiy, ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida ahamiyatga ega bo‘ladi. shuning uchun ham milliy ong zaminida shakllangan milliy birlik-milliy mafkura, milliy vijdon, milliy axloq hamdir. Millatga xos manaviyatning barcha jabhalarini milliy ong o‘z ichiga qamrab oladi. U o‘z mohiyati jihatidan milliy birlik va birdamlik tuyg‘usiga nisbatan kengroq va chuqurroqdir. Millatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida milliy ong ham o‘zgarib, rivojlanib boradi. Ayniqsa, tarixning burilish davrlarida milliy ongda ham qonuniy tarzda tub o‘zgarishlar yuz beradi. Masalan, milliy mustaqillikning mohiyati va ahamiyatini anglab etgan SHaxsda milliy ongning o‘sish suratlari yanada tezlashadi. Milliy qadriyatlarni tiklash, o‘rganish, hayotga keng joriy qilish milliy ong shakllanishi va rivojlanishiga o‘z tasirini
Dostları ilə paylaş: |