Xushmuomalalik. Muomalaning asosiy manbaini so‘z tashkil etishi barchamizga malum. SHuningdek, so‘z insonning botinidan chiqishi, inson botinidan chiqadigan so‘zga egalik qila olishini ham bilamiz. Biroq, tashqariga chiqqan so‘z insonning o‘zini qulga aylantirib qo‘yishini doim ham bilavermaymiz.
YAni og‘izdan chiqqan yaxshi -yomon so‘z bevosita insonning ruhiyatiga o‘rnashadi: yaxshi so‘z bilan muomala qilinsa – yaxshilik topiladi, yomon so‘z bilan muomala qilinsa – yomonlik.
Xushmuomalalik ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra xushfellikka nisbatan keng qamrovlidir. U insonning ham xatti-harakati, ham muloqoti natijasida vujudga keladi. Xushmuomalalik o‘z ichiga muloyimlik, murosai madora, ohistalik, tagdorlik kabi sifatlarni qamrab oladi.
SHuningdek, xushmuomalalik qatiy tartibga asoslagan axloqiy meyor hisoblanadi: u o‘zgani ranjitmaslik, birovga yomon so‘z aytmaslik, bahsmunozaraga kirishganda muholifni hurmat qilish, qo‘rslik va chapanilikdan holi bo‘lish hamda suhbatlashganda ehtiroslarga berilmaslikni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |