Sunna hadislar majmui bo’lib, Qur’ondan keyin turadi va uni to’ldiradi. Unda Muhammad payg’ambarning so’zlari, xattiharakatlari naqllar va hadis sh aklida jamlangan.
Sxolastika so’zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo’lib, «o’qish joyi»,»maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o’qituvchilik qilganlarni, yoki umuman saroy maktabidagi o’qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni o’rganishda falsafani tatbiq qilgan o’rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma’lum darajada ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo’lgan intilish deb ham baholash mumkin.