Utilitarizm foydalikni aql-odob mezoni deb hisoblaydigan yo’nalish. V
Vaqt borliqning mavjudlik shakllaridan biridir. Vaqt
hodisalarning ketma-ketligi, jarayonlarning davomiyligini, rivojlanishini ifodalaydigan atama.
Vatanparvarlik bir ijtimoiy guruhga mansub bo‘lgan insonlarning o‘z tarixini, tili, madaniyati, urf – odatlarini, milliy obro‘si, qadr – qimmatini bilish, hurmat qilishi, ularga tayanishi, boshqa xalqlarning ham obro‘ – etiborini, manfaatlarini hurmat qila bilishini ifodalovchi manaviy fazilatdir. V. insonning o‘z Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga bo‘lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha.
Veda qadimgi hind yozma yodgorligi.Vedalar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo’lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir.
Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so’zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari
aks etgan. «Veda»lar bizgacha to’rtta to’plam (samxitlar) sh aklida yetib kelgan. Bular — «Rigveda», «Samaveda»,
«Yajurveda», «Adharvaveda»dir.
Dostları ilə paylaş: |