Verifikatsiya hissiy ma’lumotlar asosida sinab ko’rish, kuzatish
Vijdon manaviyatdagi tasir doirasi nihoyatda keng tushunchalardan biri. V. – Z. Froyd tabiri b-n aytganda, alo men, men ustidan nazorat o‘rnatib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi bir, YUqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, jamiyatga bog‘liqligidan kelib chiqsa, V. uning ichki o‘zo‘ziga bog‘liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog‘liqlik tashqi bog‘liqlikka nisbatan teran va doimiydir: uyat malum bir vaqt ichida odamning o‘z nojo‘ya harakati tufayli yuzaga kelgan o‘ng‘aysizligi bo‘lsa, V. azobi, bu oddiy o‘ng‘aysizlik emas, balki qalbdagi, odamdagi odamiylikka e’tiqodning faryodi, talabi; uni qondirmas ekansiz, hech qachon azob to‘xtamaydi.
Volyuntarizm iroda borliqning eng oliy ko‘rinishi deb qarovchi falsafiy oqim. Iroda volyuntarizmda tarixiy jarayonlarning obektiv qonuniyatlariga rioya qilmasdan, jamoatchilik bilan hisoblashmasdan o‘zboshimchalik bilan o‘z hohish–
irodasini hamma narsadan ustun qo‘yadi.
Voqelik qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon bo’lishidir. Imkoniyat va voqelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko’ra, boshqa kategoriyalar bilan bog’liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.