4. Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har xil bo‘lgan juziy mulohazalar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu mulohazalar bir vaqtda chin bo‘lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda xato bo‘lmaydi. Agar ulardan birining xatoligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi, albatta, chin bo‘ladi. YUqoridagi 1- misolimizda I1- va O1- mulohazalar bir vaqtda chin bo‘lsa, 2-misolimizda O2 – mulohazaning xatoligi aniq bo‘lgani uchun I2 – mulohaza chindir.
Ekvivalentlik munosabatidagi mulohazalar hamma vaqt chin bo‘ladi, chunki ularda aynan bir fikr turli shaklda ifodalanadi. Masalan, “A. Oripov O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasining muallifi” va “A. Oripov – O‘zbekiston Qahramoni” mulohazalari o‘zaro ekvivalentdir, yani ular bir xil subektga, lekin har xil predikatga ega bo‘lgan mulohazalardir.