Qarama-qarshilik munosabati mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lgan umumiy mulohazalar o‘rtasida mavjud bo‘lib, bu munosabatga ko‘ra ularning har ikkisi bir vaqtda chin bo‘la olmaydi. Bu mulohazalar (A1 va E1) bir vaqtda xato bo‘lishi mumkin; agar ulardan birining chinligi aniq bo‘lsa (A2), unda boshqasi xato bo‘ladi (E2).
Zidlik (kontradiktor) munosabati mazmuni va hajmiga ko‘ra turlicha bo‘lgan mulohazalar (1- misolda: A1 va O1, E1 va I1; 2-misolda: A2 va O2, E2 va I2.) o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu mulohazalarning har ikkisi bir vaqtda chin ham, xato ham bo‘lmaydi. Ulardan biri hamma vaqt chin, boshqasi esa xato bo‘ladi. 1-misolda
A1 – yolg‘on, O1- chin va E1– yolg‘on, I1 - chin mulohazalardir;
2-misolda A2- chin, O2 – yolg‘on va E2 – yolg‘on, I2 - chin mulohazalardir.
Dostları ilə paylaş: |