Umumiy tasdiq mulohazalar. Ular bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, “Hamma talabalar mantiq ilmini o‘rganadilar.” Bu mulohaza lotin alifbosidagi Aharfi bilan belgilanadi va “Hamma S – P dir” formulasi orqali ifodalanadi..
Umumiy inkor mulohazalar bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, “Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi.” Bu mulohaza “Hech bir S – P emas” formulasi orqali ifodalanadi va lotincha e harfi bilan belgilanadi.
Juziy tasdiq mulohazalar bir vaqtning o‘zida ham juziy, ham tasdiq fikrni ifodalaydi. Masalan, “Bazi talabalar masuliyatli.”U lotincha I harfi bilan belgilanadi va “Bazi S–Pdir” formulasi orqali ifodalanadi.
Juziy inkor mulohaza bir vaqtning o‘zida ham juziy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, “Bazi talabalar tartibli emas.”Uning formulasi “Bazi S–P emas” bo‘lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi. Ajratib ko‘rsatuvchi va istisno qiluvchi mulohazalar.
SHunday mulohazalar borki ularda nimadir ajratib ko‘rsatiladi yoki istisno qilinadi. “Guruhimiz talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada qatnashadi.” Bu ajratib ko‘rsatuvchi mulohazadir. “Davrada yaqinlarimdan boshqa boshqa hamma bor edi” Bu istisno qiluvchi mulohazadir. Ajratib ko‘rsatuvchi va istisno qiluvchi mulohazalarni qatiy mulohaza shaklida ifodalash mumkin. “Birinchi kurs talabalaridan boshqa hamma talabalar majlisda qatnashdi” mulohazasi “majlisda talabalardan birinchi kursda o‘qiyotganlar qatnashmadi” deb aytilishi mumkin. SHunday qilib, yuqoridagi istisno qiluvchi mulohazani “Majlisda qatnashgan talabalarning hech biri birinchi kurs talabasi emas” deb o‘zgartirib, uni qatiy mulohaza ko‘rinishida ifodalash mumkin.