Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Oddiy mulohazalar ikki tamoyilga, yani miqdori va sifatiga ko‘ra tasniflanadi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə197/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Oddiy mulohazalar ikki tamoyilga, yani miqdori va sifatiga ko‘ra tasniflanadi. 1- tamoyil. Miqdoriga ko‘ra oddiy mulohazalar yakka, umumiy va juziy bo‘ladi.

YAkka mulohazalarda birorta belgining bir predmetga xosligi yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Malum manoda yakka mulohazalarni umumiy mulohazalar bilan tenglashtirish mumkin. CHunki har ikki mulohazada ham to‘plamdagi predmetlarning har biriga nimadir taalluqli yoki taalluqli emas, deb ko‘rsatiladi. YAkka mulohazalarda esa bu to‘plam birgina predmetdan iborat bo‘ladi. Masalan: “O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlatdir”, “Ahmedov tarixchi emas”.

Umumiy mulohazalarda birorta belgining yakka predmetlar sinfining hammasiga yoki undagi har bir predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida fikr bayon qilinadi. Masalan, “Har bir inson baxtli bo‘lishni xohlaydi” va “Hech bir aqlli odam vaqtini behuda sarflamaydi”.

Umumiy mulohazalar biron-bir konkret xolatning mavjudligini shartlamaydi, juziy mulohazalar esa shartlaydi, chunki ularda predmetlar sinfining bir qismi haqida fikr bildiriladi. Masalan, “Bazi yoshlar tadbirkordir”.

“Ko‘pchilik”,”ozchilik”,”bir qismi” kabi so‘zlar ham miqdoriy ko‘rsatkich sifatida juziy mulohazalarda qo‘llaniladi.

Oddiy mulohazalarni tasniflashning ikkinchi tamoyili bu ularning sifatidir, yani tasdiq yoki inkor mazmunga ega bo‘lishidir. Mulohazaning sifatini mantiqiy bog‘lama belgilaydi. “Hamma ilonlar zaxarlidir” mulohazasining predikatida subekt haqidagi fikr tasdiqlanadi. Bunday mulohaza tasdiqlovchi deyiladi. “Hech bir riyo amal maqbul emas” mulohazasida subekt haqida nimadir inkor qilinadi. Bu inkor mulohaza deyiladi. Agar biz qatiy mulohazalarni individlar sinfi o‘rtasidagi munosabat sifatida olib qarasak, unda tasdiqlovchi mulohazada sinfning, sinf bir qismining boshqa sinfga kirishi tasdiqlanadi. Inkor mulohazada esa bir sinf yoki sinf qismining boshqasidan ajratib olinishi tasdiqlanadi. “Bazi fuqarolar masuliyatsiz” mulohazasida tasdiq yoki inkorni ajratish qiyin. Bunday xolatlarda nima nazarda tutilayotganligi aniqlanib, so‘ng mulohazaning sifati belgilanadi.

Mulohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashda va ularni mantiqiy taxlil qilishda oddiy mulohazalarning miqdor va sifati bo‘yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari)dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat:



  1. Yüklə 1,22 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin