Mulohazalar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo‘ladi.
CHinligi isbotlangan fikrni chin deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo‘ladi. YOlg‘onligi isbotlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo‘ladi.
CHinligi isbotlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza yolg‘on bo‘ladi. YOlg‘onligi isbotlangan fikrni chin deb tasdiqlovchi mulohaza yolg‘on bo‘ladi.
Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo‘lmaydigan mulohazalar – noaniq bo‘ladi.
Mulohazalar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Mulohaza mantiqiy kategoriya bo‘lsa, gap grammatik kategoriyadir. Mulohazalar, asosan, darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor shaklda bo‘ladi va ular chin yoki yolg‘on qiymatlari bo‘yicha aniqlanadi.
Masalan, “Til insonlar o‘rtasidagi muloqot vositasidir”, “Hiyonatkorlarning hech biri vijdonli emas” kabi gaplar mulohazani ifoda qiladi. Demak, mulohaza – predmetga malum bir belgining (xossaning, munosabatning) xos yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.
Mulohaza tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko‘rsatish mumkin. Mantiqiy ega –fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi va fanda subekt degan termin bilan ifodalanadi (simvolik belgisi - S). Mantiqiy kesim predmet xususiyatini, munosabatini bildiradi va fanda predikat degan termin bilan ifodalanadi (simvolik belgisi - P). Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga subekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Mulohazaning subekt va predikati uning terminlari deb ataladi. Mulohazaning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lamadir. U subekt va predikatni bir-biri bilan bog‘laydi, natijada mulohaza hosil bo‘ladi. Mulohazaning simvolik ifodalanishi:
Dostları ilə paylaş: |