2. Murakkab mulohazalar, ularning turlari
va chin bo‘lish shartlari. Mulohazalarni inkor qilish.
Mulohaza tarkibidagi mantiqiy ega va/yoki mantiqiy kesimni ifodalovchi terminlar soni birdan ortiq bo‘lsa, murakkab mulohaza deb ataladi. Murakkab mulohazalar «va», «yoki», «agar... unda» kabi mantiqiy bog‘lamalar, inkor qilish va modal terminlarni qo‘llash orqali ikki va undan ortiq oddiy mulohazalarning o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi. Mantiqiy bog‘lovchisining mazmuniga ko‘ra murakkab mulohazalar quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi: birlashtiruvchi (konyunktiv), ayiruvchi (dizyunktiv), shartli (implikativ), ekvivalent.
Dostları ilə paylaş: |