I.SHartli xulosa chiqarish deb har ikki asosi yoki asoslaridan biri shartli mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi. Ular sof shartli va shartli-qatiy turlarga bo‘linadi.
Sof shartli xulosa chiqarish deb, har ikki asosi va xulosasi shartli mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi. Uning formulasi quyidagicha:
1)p→q
q→r p→r
2)p→q
r→q q
yoki [(p → q) (q → r)]
→(p → r)
yoki [(p → q) ( r →
q)] → q
misol:
Agar fikr isbotlangan bo‘lsa, unda u chin bo‘ladi.
Agar fikr chin bo‘lsa, unda uni rad etib bo‘lmaydi. Agar fikr isbotlangan bo‘lsa, unda uni rad etib bo‘lmaydi.
misol:
Agar havo yaxshi bo‘lsa, teatrga boramiz. Agar havo yaxshi bo‘lmasa ham teatrga boramiz. Teatrga boramiz.