SHartli-qatiy xulosa chiqarish deb, katta asosi shartli mulohaza, kichik asosi oddiy qatiy mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi. Bunday xulosa chiqarishning ikkita to‘g‘ri (aniq xulosa beradigan) shakli mavjud. Uning formulasi quyidagicha:
Tasdiqlovchi modus – modus ponens
|
Inkor etuvchi
modus – modus tollens
|
r → q
r q
|
r → q
q
p
|
1. SHartli mulohazaning natijasini tasdiqlovchi xulosa chiqarish:
Agar aqlli bo‘lsa, o‘ylab gapiradi.
U o‘ylab gapiradi. Demak, u aqlli.
2. SHartli mulohazaning natijasini inkor etib, xulosa chiqarish:
Agar meyor buzilsa, unda miqdor o‘zgarishlari sifat o‘zgarishlariga olib keladi.
Miqdor o‘zgarishlari sifat o‘zgarishlariga olib kelmadi. Demak, meyor buzilmagan.
SHartli – qatiy sillogizmning xulosasi aniq, chin bo‘lishi uchun quyidagi holatlarga etibor berish zarur:
SHartli mulohazadagi asosning chinligidan natijaning chinligi, natijaning xatoligidan asosning xatoligi mantiqan kelib chiqadi.
SHartli mulohazadagi natijaning chinligi asosning chinligini, asosning xatoligi esa natijaning ham xatoligini isbotlamaydi.
Bu qoidalar buzilganda shartli-qatiy sillogizmning xulosasi noaniq bo‘ladi. Xulosa chiqarishning bu shakli formulalarda quyidagicha ifodalanadi:
Dostları ilə paylaş: |