r → q q ehtimol, r
|
r → q p ehtimol q
|
[(p → q) q] → r
|
[(p → q) p) → q
|
SHartli mulohazadagi natijaning tasdiqlanishidan asosning chinligini mantiqan keltirib chiqarish mumkin emas. CHunki boshqa asos ham shunday natijani keltirib chiqarishi mumkin. Masalan:
Agar bemorning qon bosimi ko‘tarilsa, uning boshi og‘riydi.
Bemorning boshi og‘riyapti.
Ehtimol, uning qon bosimi ko‘tarilgandir.
YUqoridagi misolda shartli mulohazaning asosi xato, noaniq, natijasi chin bo‘lganligi uchun sillogizmning xulosasi noaniq bo‘lgan.
SHartli mulohazada asos qismining inkor qilinishi, natijaning noaniq bo‘lishiga olib keladi.
Agar bemorning qon bosimi ko‘tarilsa, unda uning boshi og‘riydi.
Bemorning qon bosimi ko‘tarilmagan.
Ehtimol, uning boshi og‘rimayotgandir.
Bilamizki, bosh og‘rig‘iga faqat qon bosimining ko‘tarilishi sabab bo‘lmaydi, undan boshqa sabablar ham bo‘lishi mumkin. Bu esa, xulosaning noaniq bo‘lishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |