Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə230/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Xulosa chiqarish shakli

Formulasi

Sof ayiruvchi sillogizm

S - a b c a - d f

S - d f b c

Ayiruvchi-qatiy xulosa chiqarish tasdiqlab inkor etuvchi modus modus ponendo tollens

r q r

q



Ayiruvchi-qatiy xulosa chiqarish inkor etib tasdiqlovchi modus modus tollendo ponens

r q

r q

Sof ayiruvchi xulosa chiqarishga misol:

Xulosa chiqarish asoslarining soniga ko‘ra bevosita yoki bavosita bo‘ladi.

Bavosita xulosa chiqarish ikki asosli yoki ikkidan ortiq asosli bo‘ladi.

Demak, xulosa chiqarish asoslarining soniga ko‘ra bevosita yoki ikki asosli yoki ikkidan ortiq asosli bo‘ladi.

Ayiruvchi-qatiy xulosa chiqarishning tasdiqlab inkor etuvchi shakliga misol:



O‘simliklar bir yillik yoki ko‘p yillik bo‘ladi.

Daraxtlar ko‘p yillik o‘simlikdir.

Demak, daraxtlar bir yillik o‘simlik emas.

Ayiruvchi-qatiy xulosa chiqarishning inkor etib, tasdiqlovchi shakliga misol:



Odamlar hayoli yoki hayosiz bo‘ladi.

Mening do‘stlarim hayosiz emas.

Mening do‘stlarim hayoli.

Ayiruvchi sillogizmda to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:

  1. Ayiruvchi mulohaza tarkibidagi oddiy mulohazalar hajmiga ko‘ra kesishmasligi shart, aks holda xulosa xato bo‘ladi. Masalan:

SHirinliklar mazali yoki chiroyli bo‘ladi. Bu shirinlik mazali.

Bu shirinlik chiroyli emas.

SHirinliklar ham mazali, ham chiroyli bo‘lishi mumkin. Bunda ayiruvchi mulohaza tarkibidagi oddiy mulohazalar bir – birini inkor etmaydi va hajmiga ko‘ra, kesishadi. Shuning uchun xulosa xato.



  1. Ayiruvchi mulohazada muqobillar bir-birini inkor etishi va to‘liq ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.

Burchaklar o‘tkir yoki o‘tmas burchakli bo‘ladi.

Bu burchak o‘tkir burchakli emas.

Bu burchak o‘tmas burchaklidir.

Xulosaning xato bo‘lishiga sabab, ayiruvchi mulohazadagi muqobillar to‘liq ko‘rsatilmagan, yani to‘g‘ri burchakning mavjudligi etibordan chetda qolgan.

Ayiruvchi sillogizmlardan ko‘proq bir necha echimga ega bo‘lgan masalalarni echishda, yani muqobil holatlardan birini to‘g‘ri tanlab olishda foydalaniladi.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin